Axborot xavfsizligiga tahdid– axborot xavfsizligi buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan real yoki potensial xatarlarni ifodalovchi sharoit yoki omillar yig‘indisidir. Anashunday xatarlarni amalga oshirish – hujum deyilib, ushbu vazifani bajaruvchi – g‘arazgo‘y kimsa deb ataladi.
Axborot xavfsizligiga tahdid manbai– bu axborot xavfsizligiga bevosita tahdidni yuzaga keltirishga sabab bo‘luvchi sub’yekt (jismoniy shaxs, moddiy ob’yekt yoki fizik hodisa). Tashkilotichidagi texnik vositalar, tashkilot xodimlari, g‘arazgo‘y kimsalar, axborot tizimidagi yondosh fizik hodisalar tahdid manbai bo‘lishi mumkin. Axborot himoya tizimining kattaliklariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Tizimning kirish va chiqishinio‘zgartiruvchi, tizimdagi ichki jarayonlar.
Maqsad– bu tizim himoyasini hosil qilishda kutilgan natija, vazifa esa – anashu maqsadga erishish uchun qilinishi kerak bo‘lgan ishlar. Axborot himoyasining maqsadi axborot xavfsizligini ta’minlash hisoblanadi. Axborot xavfsizligi deganda nafaqat axborotning, balki uni qo‘llovchi infratuzilmaning xavfsizligini ham tushunish lozim. Agar axborotning o‘zini alohida olib qaralsa, u holda axborot xavfsizligi tushunchasi – axborotning himoyalanganlik holatini bildirib, bunda uning konfidensialligi, butunligi va ruxsat etilganligi ta’minlanadi.