SWOD-TAHLIL
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYASI
Strong-kuchli
|
Opportunity-imkoniyat
|
Weak-kuchsiz
|
Drawback-kamchilik, nuqson
|
Express-testlar
Exspress-testlar ma'lum tushunchalar ketma-ketligidan so'ng (1-2 mavzu) shu mavzularda o'quvchilarning o'rgangan bilimlarini nazorat qilish va uni mustahkamlash uchun o'tkazish maqsadga muvofiq. Exspress-testlar adatda shu mavzularga oid 3-4 ta kichik va yengil mashg'ulot topshiriqlardan yoki testlardan iborat bo'ladi. Exspress-testlarni darsnung ichida qisqa vaqtlarda (5-10 min) o'tkazish mumkin. Topshiriqlar ko'p variantli tizimda kartochkalarda tarqatiladi. Bu testni o'tkazishdan asosiy maqsad o'quvchilar DTS minimal talablarini o'zlashtirganliklari tezkor ravishda aniqlab olishdan iborat.
O‘quvchilarning o‘zlashtirganlik darajalarini nazorat qilish va baholash topshiriqlarining namunalari turli xil manbalardan yig‘ilgan bo‘lib, ular haqida ma’lumotga ega bo‘lish va amaliyotda qo‘llash o‘qituvchilar uchun foydadan holi bo‘lmaydi.
Topshiriqlar quyidagi bandlardan iborat bo‘lishi mumkin:
1. Bo‘sh qoldirilgan joylarni zarur so‘zlar bilan to‘ldiring
2. Jumlaning ma’nosidan kelib chiqib, qavslar ichida keltirilgan so‘zlardan mosini tanlang va tagiga chizing
3. To‘g‘ri javobni toping
4. Ikki tasdiqdan to‘g‘risini ajrating
5. Ta’rifdagi (jumladagi) xatoni toping
6. Quyida keltirilgan so‘zlarning ma’nosidan kelib chiqib, mantiqiy juftliklarni tuzing
7. Matematik tushuncha va atamalar talqiniga ko‘ra jumlani davom ettiring
8. Quyida keltirilgan formulalar qaysi matematik tushuncha xossalariga tegishli ekanligiga qarab, jufti-jufti bilan mos guruhlarga ajrating
9. A ustunda berilgan atamaga B ustundagi tegishli talqinni mos qo‘ying
10. Andazaga ko‘ra masala tuzing va uni yeching
11. Sonli yozma ish (diktant)
O‘qituvchi o‘quv taxtasiga bir nechta atamaning nomlarini yozib nomerlab chiqadi. So‘ng esa, bu atamalarning (tushunchalarning) nomini aytmasdan ta’rifini ixtiyoriy tartibda o‘qiydi. O‘quvchilar esa bu atama (tushuncha) qaysi raqam ostida yozilganligini topishlari so‘raladi. Natijada 5, 6, 10, 1, 7, 2, 3, 12, 4, 9, 8 ko‘rinishdagi sonli satrdan iborat javob hosil bo‘ladi. .
12. Biror mavzuga oid masala yoki savol tuzish
“Kunga boqar”.
Talabalar 4-5 kishidan iborat guruhlarga boʻlinadi. Oʻqituvchi fanning mavzusidan kelib chiqib, oʻrtaga bitta muammoni tashlaydi. Har bir guruh kungaboqar yasab, uning markaziga doira joylashtirib, barglar yopishtiradi. Mavzuga qarab, doiraga har bir guruhga yoki umumiy bitta muammo yozilib, doskaga yopishtiriladi Ajratilgan vaqt ichida guruhlar birgalikda fikrlarini bargga yozib, uni oʻsha guruh muammosi yozilgan gulga joylashtirib qoʻyadilar. Bu uslubdan oʻtilgan mavzuni tushuntirish, uni mustahkamlash va takrorlash hamda talabalar egallagan bilimlarni aniqlashda foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |