«Insert» metodi Sinf oʻquvchilari guruhlarga boʻlinadilar, guruhlar nomlanadi. Oʻqituvchi yangi mavzuni eʼlon qiladi va har bir guruhdan yangi mavzuga oid ikkitadan fikr bildirishlarini soʻraydi. Guruhlar navbati bilan (ushbu jarayonda guruhning barcha aʼzolari faol ishtirok etishlarini taʼminlash maqsadga muvofiq) fikr bildiradilar. Bayon etilgan fikrlar yozuv taxtasiga yozib boriladi. Faoliyat yakunlangach, oʻqituvchi yangi mavzu mazmuni yoritilgan matnni oʻquvchilarga tarqatadi. Soʻngra shunday topshiriq beriladi.
Topshiriq. a) Matn bilan tanishib chiqing; b) Matnning har bir qatoriga quyidagi belgilarni qoʻyib chiqing:
Z - matnda guruhlar tomonidan bildirilgan fikr oʻz aksini topgan boʻlsa; S - matnda guruxlar tomonidan bildirilmagan fikr yuritilgan boʻlsa; D - matnda bildirilgan fikrlarga zid fikrlar mavjud boʻlsa; ? - matn bilan tanishish jarayonida tushunmovchiliklar yuzaga kelsa.
Soʻngra guruh aʼzolari shaxsiy qarashlarini oʻzaro oʻrtoqlashadilar, guruh boʻyicha belgilar soni umumlashtiriladi. Liderlar vositasida har bir belgining miqdori bayon etiladi va izohlanadi. Oʻqituvchi guruhlar tomonidan qayd etilgan sonlarni ularning nomlari yozilgan ustunga yozib boradi.
Oʻqituvchi har bir guruh lideri fikrini tugatgach, yuzaga kelgan qarama qarshilik va tushunmovchiliklarni oʻquvchilar toʻgʻri xal etishlariga va tushunib olishlariga yordam beradi.
Shundan soʻng guruhlar darslikda berilgan matn bilan tanishib chiqib, asosiy tushunchalarni ajratidalar ular oʻrtasidagi mantiqiy munosabatlarni ochib berishga harakat qiladilar (modellashtiradilar). Guruhlar tomonidan ilgari surilgan fikrlar umumlashtirilib, liderlar tomonidan sinf jamoasida yetkaziladi.
Yangilik kashf etish orqali oʻrganish (evristik) usuli Bu yondoshuv oʻquvchilarning egallagan nazariy bilimlarini tadbiq etish bilan bir qatorda ularning oʻz-oʻzlarini ragʻbatlantirish orqali bilim va koʻnikmalar toʻplashlariga sharoit yaratadi.
Metodning asosiy tamoyillari quyidagicha:
1. Oʻrganishdan maqsadni avvaldan aniqlab olish talab qilinadi.
2. Oʻrganish jarayoni maʼlum bir topshiriqqa yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak.
3. Topshiriq quyidagilarni taʼminlaydi:
guruh ichida ikki tomonlama fikr-mulohazalar bilan taʼminlaydi.
6. Shaxs yoki guruhning ehtiyojidan kelib chiqqan holda oʻqituvchining
qoʻshajak hissasiga ajratilgan vaqt chegaralangan.
7. Oʻqituvchi asosan oʻqish jarayonini yengillashtiruvchi va ikki tomonlama fikr-mulohazalar bilan taʼminlovchi shaxs vazifasini oʻtaydi. Kamdan-kam hollarda oʻqituvchi maʼlumot bilan taʼminlaydi.