4.100-rasm. Kataklarni oylar bilan avtotoʻldirish
Endi Excelda sana boʻyicha ma’lumotlar roʻyxatini hosil
qilishni koʻramiz.
B1
katakka 12.01.2012 sanani yozamiz va sichqoncha kursorini
toʻldirish
markeriga olib kelib
B1:B12
kataklar diapazonini
belgilaymiz. Avtomatik ravishda sanalar ketma –
ketligi hosil
boʻladi.
4.101-rasm. Kataklarni sana bilan avtotoʻldirish
Formulalarni kiritish.
Agar formulalar boʻlganida edi elektron
jadvallarni matn muharrirlari yordamida tuzish mumkin boʻlardi.
Formula bu arifmetik ifoda boʻlib, unda raqamlar, kataklarning
manzillari, funksiyalar, arifmetik amallarning belgilari +, -, * va /.
Formula „=“ belgisidan boshlanadi. By belgini dastur koʻrganda
katakda avtomatik hisoblashni boshlaydi
42
.
42
Beth Melton. Microsoft Office Professional 2013. Step by Step. USA 2013. P
454-455.
122
Bu borada amaliy koʻnikmalar hosil qilish uchun boʻsh katakni
ajrating va unga =10+5
ni kiriting, Enter tugmachasini bosing.
Katakda 15 ifodasi (raqami), formulalar qatorida esa formulaning
oʻzi paydo boʻladi. Formulalarda sonlar
bilan birga kataklarning
ishoralar deb ataluvchi manzillarni ham ishlatish mumkin.
Kataklarga ishoralarni oʻz ichiga olgan formulalarni tuzar ekansiz,
siz formulani kitobning kataklari bilan bogʻlaysiz. Formulaning
ifodasi katakning ichida mavjud boʻlgan ma’lumotlarga bogʻliq
boʻladi va u katakning ichidagi ma’lumotlar oʻzgarishiga
qarab
oʻzgaradi.
Misol: =A1*2
Arifmetik amallar:
+ – qoʻshish.
– – ayirish.
* – koʻpaytirish.
/ – boʻlish.
^ – darajaga oshirish.
Dostları ilə paylaş: