Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari


 Adobe Photoshop dasturi va uning imkoniyatlar



Yüklə 10,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/149
tarix23.07.2023
ölçüsü10,08 Mb.
#137234
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   149
Axborot texnologiyalari

6.2. Adobe Photoshop dasturi va uning imkoniyatlar 
Bugungi kunda tayyor tasvirlar bilan ishlashga moʻljallangan 
dasturlar ichida eng asosiysi Adobe Photoshop grafik muharriri 
hisoblanadi. Adobe Photoshop grafik muharriri birinchi navbatda 
grafikli tasvirlarni tashkil qilish emas, balki ularni qayta ishlash 
uchun moʻljallangan. Dasturning asosiy boshqarish elementlari 
menyu qatori va uskunalar majmuasida joylashgan. Hozirgi kunda 
bu dasturning bir qancha versiyalari mavjud: Adobe Photoshop 
4.0,...7.0, CS, CS2,…CS6. Dasturning bu versiyalari bir-biridan 
imkoniyatlari bilan farq qiladi. Photoshop dasturi bilan ishlashda 
asosiy vosita boʻlib sichqoncha ishlatiladi. 
Adobe Photoshop dasturi yordamida fotosuratlarga qoʻshimcha 
kiritish, fotosuratdagi dogʻlarni oʻchirish va eski rasmlarni qayta 
ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qoʻshimcha maxsus 
effektlar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni oʻzgartirish, 
almashtirish mumkin. Adobe Photoshop imkoniyatlari keng 
qamrovli boʻlib, kitoblar, gazeta va jurnallarni turli-tuman rasmlar 
bilan boyitishda katta qulayliklar yaratadi. 
Adobe Photoshop dasturini yuklash uchun “Пуск” tugmachasi 
yordamida “Приложения” bandiga kiriladi va dasturlar 
roʻyxatidan Adobe Photoshop dasturi tanlanadi.
6.2-rasm. Adobe Photoshop dasturing umumiy koʻrinishi 
171


Adobe Photoshop oynasining yuqori qismida sarlavha qatori va 
Windowsga xos elementlar joylashadi. Sarlavha satridan soʻng 
menyu qatori joylashadi.
Grafikli 
tasvirlar 
formatlari. 
Photoshop 
dasturida 
tayyorlangan grafikli tasvirlarni turli xil formatlarda saqlash 
mumkin. Buning uchun BMP, PCX, JPEG, GIF, PCD, TIFF, PSD, 
FLM, PXR, PNG, SCT, TGA va boshqa formatlar ishlatiladi.

Yüklə 10,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin