Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari



Yüklə 10,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/149
tarix23.07.2023
ölçüsü10,08 Mb.
#137234
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   149
Axborot texnologiyalari

Vektorli grafika – 
bu turdagi grafikada tasvirlar matematik 
egri chiziqlarni rangi va boʻyalish rangini koʻrsatish orqali hosil 
qiladi. Masalan oq fondagi qizil ellips bor yoʻg‘i ikki formula – 
toʻg‘ri toʻrtburchak va ellipsning ranglari, oʻlchamlari va 
joylashuvini aniqlovchi formulalari orqali tasvirlanadi. Demak, 
bunday tasvirlash kompyuter xotirasida rastrli rasmdan koʻra 
kamroq joy egallaydi.
Vektorli tasvirlarning yana bir afzalligi – ularning sifatini 
yoʻqotmagan 
holda 
kattalashtirish 
yoki 
kichiklashtirish 
imkoniyatidir. Obyektlarni masshtablash matematik formulalardagi 
mos koeffisientlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish orqali 
amalga oshiriladi. 
Fraktal grafika – 
matematik tenglamalar asosida yaratilib, 
oʻzidan oldingi obyektning xossalari tuzilmasini meros sifatida 
oladi. Fraktallar butun tasvirlar sinflarini aks ettirish imkonini 
beradi.
Shunday qilib, rastrli, vektorli yoki fraktal formatni tanlash 
tasvir bilan ishlashning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan 
holda amalga oshiriladi. Rasmlarni qayta ishlashda rastli 
grafikadan keng foydalaniladi. Logotip, sxemalar va chizmalarni 
tasvirlashda vektorli formatdan foydalanish maqsadga muvofiq. 
Shuni ta’kidlash lozimki, rastrli va vektorli tasvirlashda (matn 
ham) grafika ekranga yoki chop etish qurilmasiga nuqtalar 
jamlanmasi sifatida uzatiladi. Qaytalaniladigan tasvirlarni (barglar, 
qor parchalari) chizishda fractal grafikadan keng foydalaniladi. 
Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari. 
Hozirgi 
kunga kelib kompyuter grafikasi va animatsiyasi vositalari kirib 
bormagan sohani topish qiyin. 
Кompyuter grafikasi va animatsiyasi vositalarini qoʻllanish 
sohasiga koʻra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 

poligrafiya ishlari uchun moʻljallangan kompyuter grafikasi 
dasturlari; 

ikki oʻlchamli rang tasvir kompyuter grafikasi; 

taqdimot ishlari uchun moʻljallangan dasturlar; 

ikki oʻlchamli animatsiya dasturlari; 

uch oʻlchamli animatsiya dasturlari; 
165



ikki oʻlchamli va uch oʻlchamli animatsiya dasturlari; 

videotasvirlarni qayta ishlovchi komplekslar; 

ilmiy vizuallashtirish ishlarini bajaruvchi dasturlar. 
Kompyuter grafikasi dasturlari rassom va dizaynerlar, 
poligrafchi va kinematografchilar, kompyuter oʻyinlari va oʻqitish 
dasturlari yaratuvchilari, klipmeyker va olimlar, shuningdek oʻz 
faoliyatida turli formatdagi tasvirlardan foydalanuvchi barcha 
mutaxassislarda ham katta qiziqish uygʻotadi. 

Yüklə 10,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin