Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari


Kompyuter grafikasining texnik-dasturiy va informatsion



Yüklə 10,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/149
tarix23.07.2023
ölçüsü10,08 Mb.
#137234
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   149
Axborot texnologiyalari

Kompyuter grafikasining texnik-dasturiy va informatsion 
asoslari. 
Umumiy holda grafikadagi tasvirlar ikki xil koʻrinishda: 
ikki oʻlchovli yoki uch oʻlchovli shaklda boʻladi. Ikki oʻlchovli 
grafikaning dasturiy ta’minoti (DT) X, Y koordinatalari tizimida 
yuza tasvirini hosil qilish imkoniyatini beradi. Bu 2D 
koʻrinishidagi tasvirdir. 
Uch oʻlchovli grafikaning dasturiy ta’minoti tekis ekranda X, 
Y, Z (3D) koordinatalari tizimida tasvirlarni hosil qilish imkonini 
beradi. 
Shuningdek 2,5 D turidagi tasvir ham mavjuddir. Bu 2D 
koʻrinishli tasvir boʻlib 3D tasvirining ba’zi bir xususiyatlari bilan 
toʻldirilgan. (masalan, ustunli diagrammada har bir ustun 
yoʻgʻonligi ham koʻrinib turadi). 
Grafik vositalarning asosiy xususiyatlarini (dasturiy, texnik, 
informatsion) kompyuter grafikasini har bir sinfiga tegishli boʻlgan 
xossalarini ma’lum bazaviy funksiyalar toʻplamini ajratib olishga 
moʻljallangan dasturiy ta’minotlarining alohida belgilari bilan 
tanishib chiqamiz. 
Berilgan ikki oʻlchovli koordinat yuzasida X va Y oʻqlari bilan 
bogʻlangan holda yoki uch oʻlchovli X, Y, Z fazoviy 
koordinatlarda beriladi. 
2D turidagi grafiklarning xillari: 

aylanma diagramma – Pie 

chiziqli grafik – Line 

ustunli gistogramma – Bar 

ustunli boʻlakli gistogramma – Stacred Bar 

min va max qiymatli diagramma – HI-LO 

zonali diagramma – Arca 
166



X va Y li diagramma – X-Y 
Mukammallashtirilgan grafik imkoniyatlarga ega boʻlgan 
dasturiy vositalar nafaqat ekranda berilganlarni aks ettirish usulini 
tanlashga, 
shuningdek 
tasvirni 
ekrandagi 
elementlarini 
oʻlchamlarini, xolatini oʻzgartiradi, bir joydan ikkinchi joyga 
koʻchiradi va shunga oʻxshash ishlarni ham bajaradi. 
Lekin 
bu 
qoʻshimcha 
imkoniyatlar, 
foydalanuvchiga 
qoʻshimcha qiyinchiliklar tugʻdiradi, hamda grafika tuzish vaqtini 
uzaytirib yuboradi. 
Kompyuter grafikasi qoʻllaniladigan asosiy sohalarni koʻrsatib 
oʻtamiz: 

grafiklarni chizish; 

kartografiya-geografik, tabiiy yoki iqtisodiy xodisalarni 
oʻzaro chegaradosh mamlakatlar, viloyatlar, oʻlkalar va sh.u.larni 
aniq tasviri; 

konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirish; 

modellashtirish va multiplikatsiya

turli texnologik jarayonlarni boshqarish-real dunyo 
masshtabida interaktiv rejimda ishlash. Texnologik jarayonni eng 
kerakli nuqtalariga oʻrnatilgan dastlabki axborot manbai boʻlgan 
datchiklardan kelayotgan axborotlar qiymatini vizual idrok qilish

kantselyariya ishlarini avtomatlashtirish va chop etishni 
elektron usuli; 

reklama va san’atda tasvirlarni ifodalash va estetik yoqimli 
tasvirlar orqali jamoani diqqatini tortish; 

ifodalashni grafik usuli yoki grafik til – bu fikrni 
ifodalashni fazoviy tasvirlashni shartli qiymatlari va qandaydir 
yuzada ifodalashni usullari toʻplamidan iborat; 

grafik simvolik obrazi – bu chizmalardan (shartli 
belgilardan) iborat boʻlgan obraz boʻlib, uning qiymatlari ularni 
geometrik shakllari bilan bogʻlanmagan boʻlib, ular sharoitga 
bogʻliq holda qiymatlarga ega boʻladi; 

grafik geometrik obraz – bu izchil geometrik ma’noga ega 
boʻlgan obraz boʻlib, mantiqan tenglamani yoki qandaydir 
mushoxadani ifodalaydi; 
167



grafikani texnologik asoslari – ikki oʻlchovli (yoki uch 
oʻlchovli) grafik obraz orqali maxsus va hayolan tugal koʻrilgan 
grafik obrazlar va ularni natijasi hisoblanadi; 

interaktiv mashina grafikasi – oʻzaro ta’sirda boʻlgan 
interaktiv qurilmalar yordamida grafik tasvirning turi, ularni shakli, 
oʻlchamlari va rangini boshqarish. 

Yüklə 10,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin