O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/187
tarix05.09.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#141595
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   187
yuqоri ifоdаlаngаn
”. 
Bu tipdаgilаr оngli tаrzdа rеаl vоqеlikni buzib, bаrchа mе`yorlаrgа zid hаrаkаt 
qilib, hоdisаlаrni tаlqin etаdilаr. 
Mаnbа: Sаmаrоv R. Хаvfsizlikning mеtоdоlоgik аsоslаri. - Tоshkеnt: 
Akademiya, 2010. – B. 62-67. 
Sotsial –adaptatsiyani o’rganish so’rovnomasi. 
Yo’riqnoma.
So’rovnomada inson, uning turmush tarzi-kechinmalari
fikrlari, odatlari va xulq-atvori haqidagi mulohazalar mavjud. Ular doimo bizning 
shaxsiy hayotimizga ham tegishli bo’lishi mumkin. 
So’rovnomadagi mulohazalarni o’qib chiqib, o’zingizni odatlaringiz, 
turumush tarzingizga solishtirib, ular sizga qanchalik taalluqli ekanligini baholang. 


281 
Buning uchun javoblaringiz blanka qayd etish uchun quyida keltirilgan yetti balli 
tizim bilan tanishib, ulardan fikringizga mosligiga qarab ulardan birini tanlang. 
“0”-bu menga mutlaqo to’g’ri kelmaydi; 
“1”-ko’pincha bu menga xos emas; 
“2”-buni menga mos kelishiga shubham bor; 
“3”-o’zimga tegishli ekanligini hal eta olmayman
“4”-bu menga o’xshash, ammo ishonch yo’q; 
“5”-bu menga o’xshash; 
“6”-bu aynan mening o’zim. 
Tanlagan javobingizni javoblar varaqasiga savolnoma mulohazalari raqami 
ketma-ketligida mos tarzda belgilab boring.
1. Kim bilandir suhbatga kirishayotib, o’zini noqulay his etadi. 
2. Boshqalar yonida ochilib- sochilishga xohish yo’q. 
3. Har ishda bellashuv, musobaqa, kurashni yoqtiradi. 
4. O’ziga nisbatan yuqori talablar qo’yadi. 
5. Ko’pincha qilib qo’ygan ishi uchun o’zini koyidi. 
6. Ko’pincha o’zini kamsitilgandek sezadi. 
7. Qarama qarshi jins vakillaridagi nimadir yoqib qolishi mumkinligiga 
shubha bilan qaraydi. 
8. Doim va’dasini ustidan chiqadi. 
9. Atrofdagilar bilan, iliq samimiy munosabatda. 
10. Bosiq, “ichimdagini top” deydigan inson. 
11. Omadsizliklarida o’zini ayblaydi. 
12. Mas’uliyatli odam: unga ishonsa bo’ladi. 
13. Nimanidir o’zgartirish qo’lidan kelmasligi barcha urinishlar foydasiz 
ekanligini biladi. 
14.Ko’p narsalarga tengdoshlari nigohi bilan qaraydi. 
15. Umuman amal qilish lozim bo’lgan qoida va talablarni qabul qiladi. 
16. O’z fikr va qoidalari yetishmaydi. 
17. Hayol surishni ba’zan kuppa kunduzi yaxshi ko’radi. Hayollaridan 
haqiqatga qiyinchilik bilan qaraydi. 
18. Hamma vaqt himoya va hatto hujumga tayor: hafagarchuliklariga 
“asir” bo’lib qasos olish yo’llarini tanlab yuradi. 


282 
19. O’zini va xatti-harakatlarini boshqara oladi, o’zini majbur qila oladi, 
ruhsat eta oladi: o’z -o’zini nazorat qilish uning uchun muammo emas. 
20. Tez -tez kayfiyati buziladi: dangasaligi tutadi. 
21. Atrofidagilar uni qiziqtirmaydi, butun hayoli o’zida o’zi bilan ovora. 
22. Odamlar, odatda unga yoqadi. 
23. O’z hissiyotlarini uyalmasdan ochiq ifoda etadi. 
24. Odamlar ko’p bo’lsa biroz yolg’izlikni his etadi. 
25. Hozir o’zida emas, hammasini yig’ishtirib biron joyga berkinib olgisi 
kelyapti. 
26. Odatda, atrofdagilar bilan munosabatlari yaxshi. 
27. O’z -o’zi bilan kurash tobora qiyin bo’lyapti. 
28. Atrofdagilarning o’z -o’zidan yaxshi munosabatda bo’lishi 
shubhalantiradi. 
29.Yaxhilikka ishonadi optimist. 
30. Qaysar odam, bundaylar bilan murosa qilish qiyin. 
31. Odamlarga nisbatan tanqidiy qaraydi. 
32 Ular shunga loyiq deb bilsa tanqid qiladi: hamma vaqt ham mustaqil 
fikrlamaydi va harakat qila olmaydi. 
33.Uni taniganlarning ko’pchiligi unga yaxshi munosabatda bo’lishadi, 
yaxshi ko’rishadi. 
34.Ba’zan shunday fikrlar keladiki birovga aytging kelmaydi. 
35.Tashqi ko’rinishi dilni tortadi. 
36. O’zini ojiz biladi kimdir yonida bo’lishiga muhtoj. 
37. Qaror qilgach unga amal qiladi. 
38. Ko’rinishidan mustaqil qaror qilganday, lekin birovlarning ta’siridan
qutula olmaydi. 
39.O’zini ayblashga sabab yo’qday bo’lsada aybdor his qiladi. 
40.O’zini o’rab turgan narsalarni yoqtirmaydi. 
41.Hamma narsadan mamnun. 
42. O’zini yo’qotib qo’ygan: o’zini qo’lga ololmaydi kuchlarini jamlay 
olmagan. 
43. Horg’in: avval qiziqtirgan narsalarining barisiga behosdan befarq
bo’lib qolgan. 
44.Hotirjam, bosiq. 
45.Jahli chiqqanda tez- tez o’zini yo’qotib qo’yadi. 
46. Ko’pincha o’zini ho’rlangan deb biladi. 
47.Betoqat shoshma shoshar odam, bosiqlik yetishmaydi. 
48. G’iybat ham qilib turadi. 
49.Hissiyotlariga ko’p ham ishonavermaydi, ular ba’zida a ldamchi bo’lib 
chiqadi. 


283 
50.O’zligicha qolish ancha qiyin. 
51.Hissiyot emas aql birinchi o’rinda, avval o’ylab olib ish ko’radi. 
52.O’zi bilan bog’liq hodisalarni o’z bilganicha talqin qiladi, bir 
narsalarni o’ylabopishi mumkin. 
53.Insonlarga nisbatan bosiq, har kimni boricha qabul qiladi. 
54. Muammolari haqida o’ylamaslikka harakat qiladi. 
55. O’zini qiziqarli odam, shaxs sifatida sezilarli deb biladi. 
56. Tortinchoq, osongina hovliqib qoladi. 
57. Ishini ohiriga yetkazish uchun albatta uni turtkilab turish kerak. 
58. Ko’nglida o’zgalardan ustun ekanligini his qiladi. 
59.Biron narsada o’zini o’z “men” ini ko’rsata olmaydi. 
60. Boshqalarning o’zi haqidagi fikridan cho’chiydi. 
61. Shuhratparast, omadga, maqtovga befarq emas. o’zi uchun muhim 
narsalarda eng yaxshi qatorda bo’lishga intiladi. 
62. Hozirgi kunda ko’p jihatdan nafratga loyiq odam. 
63. Faol tashaabbuskor g’ayratli odam. 
64. Qiyinchiliklar, murakkab vaziyatlardan qo’rqadi. 
65. Shunchaki o’zini yetarlicha qadirlamaydi. 
66. Tabiatan yetakchi va boshqalarga tasir qila oladi. 
67. Umuman o’ziga yaxshi munsabatda. 
68.Qatiyatli odam, o’zinikida qatiy turish uning uchun muhim. 
69. Kim bilandir munosabatlari buzilishini, ayniqsa bu yaqqol ko’rinish
hosil qilishini yoqtirmaydi. 
70. Uzoq vaqt qaror qila olmaydi, keyin uning to’g’riligiga ikkilanib
yuradi. 
71. Hammasi qorishib aralashib ketgan o’zini yo’qotib qo’ygan. 
72.O’zidan mamnun. 
73.Omadsiz. 
74. Yoqimtoy o’ziga tortadigan odam. 
75.Balki tashqi ko’rinishi unchalik emasdir, lekin inson, shaxs sifatida 
yoqishi mumkin. 
76. Qarama qarshi jins vakillarini yomon ko’radi va ular bilan adi- badi
aytishib yurmaydi. 
77. Nimadir qilish kerak bo’lsa qo’rquv egallab oladi, eplay olmasamchi 
chiqmasachi? Deb o’ylaydi 
78.Ko’ngli hotirjam, tinch, alohida havotirli narsa yo’q. 
79. Qatiyat bilan ishlay oladi. 
80. O’sayotgani, ulg’ayayotganini his etadi, o’zi ham va atrofga
munosabati ham o’zgarayapti. 


284 
81. Ba’zida o’zi mutlaqo tushunmaydigan narsalar haqida ham 
gapiraveradi. 
82. Hamma vaqt ham faqat haqiqatni gapiradi. 
83. Havotirda. Notinch. Asabiylashgan. 
84. Nimanidir bajarishga majbur qilish uchun yaxshigina qatiyatli bo’lish
kerak shunda u yo’n bosadi. 
85. O’ziga ishonmaydi. 
86.Ko’pincha sharoit uni o’zini oqlashga , harakatlarini asoslab berishga 
majbur qiladi. 
87.Yo’n bosuvchan, yumshoq odam. 
88. Aqlli inson, fikrlashni yaxshi ko’radi. 
89. Ba’zan maqtashni yaxshi ko’radi. 
90.Qaror qabul qiladi-yu shu zaxoti o’zgartiradi buning uchun o’zini
yomon ko’radi, biroq hech narsa qilolmaydi. 
91. O’z kuchiga ishonishga harakat qiladi, birovning yordamiga ko’z
tikmaydi. 
92.Sira kechikmaydi. 
93. Qandaydir siqiqlik, ichki bog’liqlikni his etadi. 
94. Boshqalar ichida ajralib turadi. 
95. Unchalik ham ishonchli o’rtoq emas, hamma narsada unga
suyanaverish yarashmaydi. 
96. O’zini o’zi yaxshi tushunadi, o’ziga hamma narsa ayon. 
97. Kirishuvchan ochiq odam, boshqalar bilan tez chiqishib ketadi. 
98. Kuch va qobiliyatlari hal qilinishi lozim bo’lgan vazifalar to’la mos 
keladi hammasini uddalay oladi. 
99. O’zini qadirlamaydi: hech kim unga jiddiy qaramaydi, nari borsa unga 
achinishadi, toqat qilishadi. 
100. Qarama qarshi jinsdagilar hayolini ko’p band qilishidan havotirda. 
101. O’zining barcha odatlarini yaxshi deb biladi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin