O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi


Psixoprofilaktik ishning ikkilamchi shakli



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/187
tarix05.09.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#141595
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   187
Psixoprofilaktik ishning ikkilamchi shakli
– xabardor qilishdir. Bu biz 
uchun bir muncha odatiy psixoprofilaktik ishni olib borishning ma'ruza, suhbat, 
adabiyotlar yoki video va telefil`mlarni tarqatish shaklidagi ko`rinishi. Yondoshuv 
mohiyati konstruktiv qarorlar qabul qilishga uning layoqatini ko`tarish maqsadida 
shaxsning kognitiv jarayonlarida ta'sir ko`rsatishga urinishdir. Buning uchun
odatda, statistik ma'lumotlar bilan tasdiqlangan, masalan, giyohvand moddalarning 
salomatlik va shaxsga halokatli ta'siri haqidagi axborotlardan keng foydalaniladi.
Ko`pincha axborot qo`rqituvchi xarakterga ega. Bunda giyohvand moddalarni 
iste'mol qilishning salbiy oqibatlari sanab o`tiladi yoki deviantlarning dramatik 
taqdiri, ularning shaxsiy degradatsiyasi yoritib beriladi.
Usul haqiqatan bilimni kuchaytiradi, biroq axloqni o`zgartirishga yomon ta'sir 
ko`rsatadi. O`z-o`zidan xabardor qilish deviatsiya darajasini pasaytirmaydi. Ba'zi 
holatlarda, aksincha, deviatsiya bilan erta tanishuv unga qiziqishni kuchaytiradi. 
Cho`chitish ham axloqning ushbu turini motivatsiyalovchi kognitiv-hissiy dis-
sonansni uyg’otishi mumkin.
Qator holatlarda axborot o`z vaqtida berilmaydi: o`ta kech yoki o`ta erta.
Masalan, o`smirlar bilan ishlash tajribasining ko`rsatishicha, giyohvand moddalarga 
tobe bo`luvchi axloqni ogohlantirish bo`yicha suhbatlar 14 yoshdan kech 
bo`lmaganda olib borilishi lozim. Ular giyohvand moddalar va ular keltirib 
chiqaruvchi kuchli ta'sirni batafsil yoritishdan iborat bo`lmasligi darkor. Bunday 
suhbatlar deviant axloq va undan saqlanish usullarining oqibatlarini muhokama 
qilishga, faol shaxsiy nuqtai nazarni ishlab chiqishga yo`naltirilgan. Ushbu 
yondoshuvning istiqbolli rivojlanishiga cho`chituvchi axborotlarning ustunlik 
qilishidan, shuningdek, jins, yosh, ijtimoiy-iqtisodiy tavsifnomasi bo`yicha 
axborotlarni differentsiatsiyalashdan voz kechish yordamlashishi mumkin.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin