227
xabardor qilish, guruhli munozaralar, trening mashqlari, rolli o`yinlar, samarador
ijtimoiy axloqni modellashtirish, psixoterapevtik uslublar bor.
Foydalanilgan usullarga bog’liq ravishda psixoprofilaktik ish trening, ta'lim
dasturlari (masalan, maktabdagi maxsus kurslar), psixologik maslahatlar, krizis
yordami (ishonch telefonlari), shuningdek, chegara holati va asabiy-psixik buzilish
psixoterapiyasi shaklida amalga oshirilishi mumkin.
Deviant axloqning o`ziga xosligiga muvofiq ravishda psixoprofilaktika
ishlarining quyidagi tamoyillarini ajratish mumkin:
– majmuaviylik (oila va shaxs, ijtimoiy borliqning turli darajasiga ta'sirni
uyushtirish);
– manzillilik (yosh, jinsiy va ijtimoiy tavsifnomalarni hisobga olish);
– ommaviylik (ishning guruhli shakli birlamchiligi);
– axborotning ijobiyligi;
– salbiy oqibatlarni eng kam darajaga tushirish;
– ishtirokchilarning shaxsiy manfaatdorligi va mas'uliyati;
– shaxsning eng yuqori darajadagi faolligi;
– kelajakka intiluvchanlik (axloq oqibatlarini baholash, ijodiy qadriyatlar va
maqsadlarni dolzarblashtirish, deviant axloqsiz kelajakni rejalashirish).
Dostları ilə paylaş: