Mavzu yuzasidan nazorat savollari va topshiriqlar.
1.
Shaxs og`ishgan xulqiga ijtimoiy-psixologik ta'sir ko`rsatishda
komplekslilik tamoyilini ochib bering.
2.
Og`ishgan xulq psixoprofilaktikasining maqsadlari, tamoyillari va
shakllari qanday?
3.
Psixoprofilaktikaning asosiy konseptual` modelini sanab bering.
4.
Shaxs og`ishgan xulqining psixologik interventsiyasi nima degani?
Uning vazifalari, shakl va usullari qanday?
5.
Og’ishgan hulqning turli shakllarida ijtimoiy psixologik aralashuv
strategiyalari haqida ma`lumot bering.
10-MAVZU: SHAXS OG`ISHGAN XULQINING PSIXOLOGIK
KORREKSIYASI.
Reja:
1.Ijobiy sababalarni rag`batlantirish.
2. Xissiy holatlarni korreksiyalash usullari.
3. O’z-o’zini boshqarish usullari. Kognitiv usul.
4.Istalmagan axloqni so’ndirish usuli.
5. Ijobiy axloqni shakllantirish usullari.
234
Tayanch tushunchalar:
rag‘batlantirish, xissiy holatlarni korrektsiyalash
usullari, o‘z-o‘zini boshqarish, kognitiv usul.
1.Ijobiy sababalarni rag`batlantirish
. Psixolog tadqiqotchilarning ishlari
bilan tanishish shuni ko’rsatadiki, potoxarakterologik xususiyatlarni bartaraf qilish
uchun maxsus psixokorreksion ishlar rejasini tuzib chiqish lozim. Bunda,
aksentuatsiyaning har bir tipi uchun eng kuchli shikastlovchi psixogen ta’siri
ajratiladi. O’smir shu turdagi ta’sirni nazarda tutuvchi vaziyatlarga tashlanadi.
Aksentuatsiyalashgan o’smir bilan olib boriluvchi ushbu yunalishdagi
psixokorreksion tadbirni analiz qilgan E.G.Eydemiller va V.V.Yustiskiy 3 ta asosiy
maqsadni ajratgan.
1.O’smir uchun murakkab, qiyin bo’lgan vaziyatni tanishga o’rgatish.
Masalan, gipertim tip uchun bunday vaziyat, o’zining energiyasini ushlab turish,
lobillatib-emosional ahamiyatli shaxslar tomonidan inkor etilishi istiroid tip shaxs
sifatida yaqinlariga nisbatan e’tiborni yetishmasligi va hokazo.
2.
O’smir uchun qiyin bo’lgan vaziyatlarni obektivlashtirishi ularni xuddi
tashqaridan kuzatayotgandek qarashga o’rgatish, o’smirni bunday vaziyatlarni
analiz qilishni shaxsiy xatolar asosidagi tajribadan maxsuldor foydalanishni
o’rgatish.
3.
O’smir uchun murakkab bo’lgan vaziyatlarda xulqning mumkin qismlarni
diapazonini kengaytirish, avtorlarni aniqlashiga, xulq-atvorni standartligi,
steriotipligi shaxsga mos kelmaydigan talablar quyilayotganligida yorqin ko’zga
tashlanadi. Bu maqsadlarni faqat oddiy verbal darajada emas, balki real xulq-atvor
darajasida amalga oshirish lozim. Misol qilib guruhiy o’yinlardan ayrim syujetlarni
keltiramiz. O’smirlarga qiyin bo’lgan bir qancha vaziyatlar taklif etiladi. Masalan:
Sen biror o’tirishga tayyorgarlik ko’rmoqdasan. Shimingni dazmollading, biror
narsa yeb olmoqchisan. Ichishga hech qanday-xohishing yo’qligi, shu vaqt
tanishging kelib qoladi uni cho’ntagida shisha bor. Uni juda ichkisi kelayapdi va
faqat sen bilan, u seni sabab va bahonalarni ishga solib ichishga rozi qilmoqchi.
235
«Tanishing» rolini psixoterapevt o’ynaydi. U «kayfiyatini ko’tarishi uchun
ichishni taklif qiladi, o’smir bosh tortsa, u «hayron» bo’lib, yana ichishga taklif
qiladi. Eng kuchli argumentlar «Qiz bolamisan?», «Oddiy narsadan muammo
qilma», «Qo’rqma», «Vaqtimni olma», «Do’stmisan oldingi safar nimagadir
ichganding», «Meni kayfiyatim yomon, do’stlik qil!». Bosh qahramon o’yinini bir
qancha o’smirlar o’ynagandan so’ng, o’yin natijasi muhokama qilinadi. Doskaga
yoki katta qog’oz varag’iga «Tanishing» barcha argumentlarni yozib chiqilib, kimga
qaysi argument eng ta’sirchan bo’lganligi muhokama qilinadi.
Bizning fikrimizcha bunday psixokorreksion tadbir metodikasi maxsus tashkil
qilingan psixoterapiya guruhlarida ham qiyin vaziyat kundalik maktab hayotidan
olinganda ham qo’llanishi mumkin. Bu metodikaning kuchi o’smir xulq-atvorini
o’zi o’zgartirmoqchi bo’lgandagina mas’uldordir.
Aksentuatsiyali o’smirlar bilan ishlashning yana biri yo’li uning
aksentuusiyasi tipiga bog’liq xolatlar u uchun eng optimal sharoitlarni yaratish. Ular
uchun chuqur individual mashg’ulotlar talab etuvchi, intellektual yoki jismoniy
ishlarining ma’lum tipiga jalb etish foydali (matematik to’garak, kompyuterga
programma va o’yin tuzish va hokazo).
Me`yoridan og’gan xulq-atvor profilaktikasi psixolog, - o’qituvchi ota-
onaning birgalikdagi ishidir. Profilaktikaning asosiy maqsadi potoxarakterologik
sharoitlarga nisbatan nerv sistemasi tizimi chidamliligini tarbiyalashdir. Bunga bir
qator tadbirlar sistemasi orqali erishish mumkin. Bularga to’g’ri tashkil etilgan aqliy
mehnat va dam olish, nerv sistemasi tizimining asosiy jarayonlarini mashqlantirish
kiradi. Aksentuatsiyasi bor o’smirlar bilan ishlashda o’quvchiga shaxsiy yondoshish
zarur. Uni psixikasini himoya qilish asrash prinsiplariga asoslanishi lozim. Bu
borada istiqbol maqsadini nazarda tutish lozim, ya’ni o’smirni shaxsiy
xususiyatlarini mukamallashtirish yo’llarini belgilash hamda bunda eng sodda
vazifalardan boshlab, sekin- asta murakkablariga undash kerak.
Me`yordan og’gan xulq-atvorni bartaraf etishni o’smirni o’ziga,
tengdoshlariga, ota-onasiga, o’qituvchilariga bo’lgan munosabatlar sistemasini -
tizimni qayta ko’rmasdan amalga oshirib bo’lmaydi. Bola hamda ota-ona bilan
236
suhbatlashib, munosabatlardagi diformatsiya sabablarini aniqlash mumkin.
Ko’pincha bu silab-siypalab, erkalab tarbiyalash oqibati bo’lib, boladagi egoistik
belgilarni korreksiyasini taqozo etadi.
O’smirlarga jinsiy tarbiya berish psixologiyasi o’ta murakkab va mas’uliyatli
hamdir. 10-11 yoshdan boshlab to 17-18 yoshga qadar bolalarni ko’pincha pubertat
(lotincha pubertos so’zi - yetuklik, voyaga yetish, tayyor, degan ma’noni anglatadi
va voyaga yetgan yoshdagi bolalar deb atashadi). Bu yoshda o’smirning xulq-atvori
ham muayyan darajada ta’sir ko’rsatadigan jinsiy rivojlanish boshlanadi. Intensiv
ravishda davom etadi va poyoniga yetadi. Bola organizmining qayta tuzilishida
jinsiy sohadagi hamda endokrin apparatida sodir bo’ladigan o’zgarishlar yetakchi
rol o’ynaydi. Biroq, ushbu o’zgarishlarning ahamiyatini, ba’zi bir mutaxassislar
aytgani singari, o’sish yoshining asosiy jarayoni sifatida qarab uning ahamiyatini
haddan tashqari oshirib yubormaslik kerak. Bu yoshdagi bolaga bo’lgan eng asosiy
munosabat o’sib kelayotgan kishining sotsializatsiya qilinishi, ya’ni uni ijtimoiy
hayotda faol ravishda jalb etilishi hisoblanadi. Chunki bu yoshda bola tevarak-
atrofda sodir bo’layotgan voqea-hodisalarga va o’z-o’ziga nisbatan, o’zida ijtimoiy
xulq-atvor ko’nikmalarini shaklana borishiga nisbatan go’daklarga qaraganda ancha
yengilroq munosabatda bo’ladi.
Jinsiy voyaga yetish jarayoniga kelganda shuni aytish kerakki, u
organizmning butun bir yaxlit tipdagi o’zgarishi, uning organlari va tizimlari
anchagina qismining qayta tuzilishi bilan hamda, eng muhimi, bolaning nerv
sistemasi va psixikasi bilan bog’liq bo’ladi. Jinsiy rivojlanish turli o’smirlarda
turlicha sodir bo’ladi, bu jihatdan o’smirlar bir-birlaridan ancha sezilarli darajada
farq qiladilar. Masalan, ba’zi bir bolalarda pubertat deb atalmish o’sish davri 10-11
yoshidan boshlanadi va 13-14 yoshda yakunlanadi, boshqa bir xil bolalarda esa
bunday xolat 16 va 18 yoshlar orasida sodir bo’ladi. Ayrim holatlarda o’g’il
bolalarning sezilarli darajada jinsiy organlarining o’sishi 9,5 yoshdan 14,5
yoshgacha kuzatilsa, boshqa bir xil bolalarda bunday jarayon 1 yoshdan 17
yoshgacha davom etadi.
237
L.Aynimaning bu borada o’tkazgan tadqiqotlarida farqlari ko’pincha
bolalarning xulq-atvorida ham o’z aksini topadi. Shu narsaga sira shubxa qilmasa
bo’ladiki, bolalarning erta yoki kech voyaga yetishi ularning xulq-atvorida ham o’z
ifodasini topadi. Xatto ayrim bolalarda bu ularning xulq-atvoriga ancha sezilarli
darajada ta’sir ko’rsatadi. Ayni mana shu farqlar ko’pincha bolalarning xulq-
atvorida ham o’z aksini topadi. Shu narsaga sira shubha qilmasa bo’ladiki,
bolalarning erta yoki kech voyaga yetishi ularning xulq-atvorida ham o’z ifodasini
topadi, xatto ayrim bolalarda bu xol ularning xulq-atvoriga ancha sezilarli darajada
ta’sir ko’rsatadi.
Kichik yoshdagi o’g’il bolalarning o’z olami bo’lib, uning nazarida obru bilan
muvaffaqiyat unga har doim hamroh bo’ladi. Uningcha hayotida eng asosiy
instrumentiga ko’ra uning sermahsul gavdasi hisoblanadi. Bunday bolalar o’z
tengdoshlaridan faqat pubertat davridagina emas, umuman barcha sohalarda
ulg’ayib ketgan o’g’il bolalar o’z tengdoshlari ichida ajralib turadilar va ularga
yetakchilik qiladilar. (Aslida ham muskullari rivojlangan o’g’il bolalar o’rta hisobda
olganda boshqa bolalardan oldin yetiladilar va ularda pubertat o’sish ham
boshqalardan ilgari boshlanadi). Aksincha, jismoniy jihatdan sekin rivojlangan
ozg’in bolalarda pubertat davr o’rta hisobda olganda bir oz kechroq boshlanadi.
O’z atrofidagi tengdoshlari muvaffaqiyatli ravishda rivojlanayotganligini
ko’rgan bunday sekin o’sayotgan bola gohida ich-ichidan kuyinib jismoniy jihatdan
o’ta o’z tengdoshlariga yetib olishiga ishonmay gumonsiray boshlaydi va men ham
chinakkam erkak kishi bo’lib yetisharmikanman, deb o’ylay boshlaydi. Jinsiy
masalalar bilan bog’liq bo’lgan bunday tashvish va bezovtalik ko’p holatlarda faqat
beihtiyor ravishda namoyon bo’ladi hamda ancha murakkab va chuqur sabablar
orqali zuxur etiladi
Vrachlar ishtiroki bilan 10-17 yoshdagi o’g’il bolalarning jinsiy rivojlanishi
darajasi o’rganib chiqilgan. Jinsiy rivojlanishga baho quyish vaqtida bu sohada keng
tarqatgan metodikadan foydalanilgan. Ushbu metodikaga binoan katta yoshli erkak
kishining jinsiy rivojlanishi 18 balli tizim sistema bilan baholanadi. Quyida mazkur
238
yosh guruhda bo’lgan bolalar va o’smirlarni tadqiq etib o’rganishning foizlar bilan
ifoda etilgan natijalari keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |