243
ko‘nikmalarining mahsulidir. Mutaxassis psixologik
yordam berish jarayonida u
muammoli deb hisoblagan vaziyatdagi shaxsning xulq-atvori haqidagi
malumotlarga asoslanadi, chunki xulq- atvor kuzatuv natijasida ham o‘zgarishi
mumkin deb hisoblanadi.
Kognitiv xulq-atvor yo‘nalishida quyidagi metodlar qo‘llanadi:
1.
O‘z-o‘zini nazorat qilish (chuqur relaksatsiyaga o‘rgatish, qo‘rquv
bosqichlarini
aniqlash, relaksatsiya mashqlari yordamida xavotirlik va qo‘rquv
orasidagi bog‘liqliklarni aniqlash, xulq-atvorni modellashtirish va istalgan xatti-
harakatlarni qo‘llab-quvvatlash);
2.
O‘z-o‘zini kuzatish (kundalik tutish);
3.
Shartnomalar tuzish (mijoz-mutaxassis, mijoz-yaqinlari, mijoz-o‘z-o‘zi
bilan);
4.
Uyga vazifalar (uyda bajarish uchun berilgan topshiriqlar).
Psixologik yordamning samaradorligi mijoz nuqtai nazarini faollashtirishga
asoslanadi. Kognitiv xulq-atvor yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan psixologning
asosiy vazifasi diagnostik-o‘qituv hisoblanadi.
1.Kognitiv balans nazariyasi doirasida o’tkazilgan ko’plab eksperimentlar
ko’rsatishicha, qachonki biz o’zimizga o’xshash kimdir bilan suhbatlashar ekanmiz,
biz katta ehtimol bilan qarashlar va baholarda bir - birimizga o’xshab boramiz.
Bundan tashqari, biz qanchalik boshqa inson qarashlarini o’zimiznikiga o’xshash
deya idrok etar ekanmiz, biz uni yoqtirish ehtimolimiz shunchalik oshadi. Ammo,
eslatib o’tishimiz joizki, bizning idrokimiz ko’pincha kutishlarimizga o’z ta’sirini
o’tkazadi. Biz bizga yoqadigan insonlar ko’plab masalalar bo’yicha
bizga
o’xshashbo’lishiniz kutishimiz, bu esa ularning bizga moslik darajasini bo’rttirib
yuborishi mumkin. Xuddi shu tarzda bizga yoqmaydigan inson bilan farqlar ham
bo’rttirilishi mumkin.
Garchi o’xshash maqsadlar insonlarni yaqinlashtirsa ham, ba’zida
aynan
o’xshashliok shaxslararo attraksiyani keskin pasaytirib yuboruvchi omilga aylanishi
mumkin. Bir xil maqsadga ega ikki insonning raqobati vaziyatida ko’pincha ular bir
- birini yoqtirmaslikni boshlashadi. Bir ayolga erishishga intilayotgan ikki erkak
244
yaxshi do’stlarga aylanmaydi. Bir ish o’rniga da’vogarlik qilayotgan ikki ayol bir -
biriga yoqishi qiyin. Mana nima uchun ikki insonda nimadir masalada o’xshash
qarashlar mavjudligi ularning o’zaro bir - biriga yoqishini bashorat qilish uchun
yetarli bo’lmaydi. Ba’zi omillar o’xshashlikning attraksiyaga ta’sirni kuchaytiradi.
Ular quyidagilar:
1)
insonlar mos tushadigan masalalar miqdori;
2)
u yoki bu qarashlarning ahamiyati, muhimligi;
3)
o’zarolik (ikki tomonlamalik).
Hatto eng yaqin do’stimiz bilan ham biz barcha masalalarda o’xshash
bo’lmaymiz. Va aynan yoqtirmaydigan insonlarimizdan ko’ra do’stlarimiz orasida
mos tushadigan insonlar soni ko’proq. Biz o’z do’stlarimizni qisman ko’plab
qarashlarimiz umumiyligi sababli tanlaymiz va biz biz ular bilan ko’plab miqdordagi
masalalar bo’yicha moslikka moyillmiz, chunki - biz do’stlarmiz. Bundan tashqari,
biz masala do’stlik munosabatlarini shakllantirishi yoki buzib yuborishi mumkin
emas, ammo biz mos tushadigan masalalar soni bizning munosabatlarimiz
davomiy
bo’lishi yoki bo’lmasligining yaxshi ko’rsatkichi bo’lishi mumkin.Ba’zi qarashlar
bizning dunyoqarashimizda markaziy o’rin egallaydi, ular barqarorroq bo’lib, ularni
o’zgartirish qiyin, hatto bu simmetrik munosabatlarga erishish uchun ham talab
etilsa ham. Shu sababli muhim dunyoqarash masalasi bo’yicha moslik bizning
boshqalar bilan do’stona munosabatlar o’rnatishimizda qisman hal etuvchi o’rin
tutadi. Agar birga yig’ilgan insonlar uchun jiddiy ahamiyat kasb etmaydigan
masalalar bo’yicha turli xil qarashlar paydo bo’lsa, hatto ularning
mavjudligi ham
do’stona xarakterdagi munosabatlarning o’rnatilishi uchun ta’sirko’rsatmaydi. Agar
muhokama qilinayotgan masala suhbatdoshlardan biri uchun katta ahamiyat kasb
etsa, unda ularning baholaridagi nomuvofiqlik tezda ular orasidagi munosabatlarga
o’z ta’sirini o’tkazadi. Modomiki, insonning hayotiy ustanovkalar muayyan ijtimoiy
- madaniy muhitda shakllanar ekan, ma’lumot olganlik, o’tmish
tajribasi, ayrim
ma’naviy qadriyatlar va h.k.lar boshqa inson uning uchun yoqimli bo’lishi yoki
bo’lmasligiga o’z ta’sirini o’tkazishi mumkin. Turli xil irq, diniy qarashlar, ijtimoiy
- iqtisodiy guruhlar, turli darajadagi ma’lumot darajasi namoyondalari orasidagi
245
turmush ushbu ko’rsatkichlar bo’yicha o’xshash bo’lgan
insonlar turmushiga
nisbatan katta ehtimol bilan ajralish bilan tugashi mumkin.
O’zarolik (ikki tomonlamalik). - o’xshashlik tamoyilining shaxslararo
attraksiyaga ta’sirini kuchaytiruvchi yana bir o’zgartiruvchidir. Biz bizning
yoqtirishimiz kuchayishi ko’p jihatdan bizga yoqayotgan inson bizga ham shunday
tuyg’uni his qilayotganligini, bu inson bizga befarq
emasligini his qilishimizga
bog’liq bo’ladi. Biz boshqa insonga yoqishimizni bilishimiz o’ziga xos mukofot
bo’ladi va o’zimiga bahomizni oshiradi. Agar bizning tuyg’umiz o’zarolikka ega
bo’lmas, unda biz ushbu insonga qiziqishni pasaytirgan yoki yo’qotgan holda ushbu
tuyg’uni eplashtirishga harakat qilamiz.
Dostları ilə paylaş: