To’ldiruvchanlik.
Bizning barchamiz, xarakterlari va qarashlarida sezilib
turuvchi farqlarga qaramay, ajoyib tarzda chiqishib ketgan juftliklarni uchratganmiz.
Insonlar o’rtasigi shaxslararo attraksiyaning asosi sifatida o’xshashlikni emas, balki
farq qilishni ta’kidlovchi nazariyani amerikalik psixolog R.Vinch taklif etgan bo’lib,
u ushbu nazariyani to’ldiruvchi ehtiyojlar nazariyasi deya nomlagan (TSit. po:
Gozman, 1987). Uning asosiy qoidasini quyidagicha tarzda ifodalash mumkin: biz
turmush o’rtoq va hatto do’stlarimizni tanlashimizda ko’pincha kim ehtiyojlarimizni
qoniqtirsa, o’shani tanlaymiz, maksimal qoniqish esa ikki inson o’xshashdan ko’ra
ko’proq to’ldiruvchi ehtiyojlarga ega bo’lganda olinadi.
R.Vinch to’ldiruvchilikning ikki tipini ajratgan. Birinchidan, ikki inson bir -
birining turli ehtiyojlarini qoniqtirishi mumkin. Misol uchun, A da kimdir uni
himoya qilishiga nisbatan kuchli ehtiyoj bor, B da esa - kimgadir qaramlika nisbatan
kuchliehtiyoj mavjud. Ikkinchidan, ikki inson ham bir xil ehtiyojni qoniqtirishi
mumkin, misol uchun, A da ustunlik qilishga nisbatan kuchli ehtiyoj bo’lishi, B da
esa xuddi shu ehtiyoj kuchsizroq namoyon bo’lishi mumkin. Shuningdek, bunday
to’ldiruvchilik biz ayol yoki erkak bilan ish ko’rishimizga bog’liq bo’lmaydi. Garchi
ko’plab misollar ushu nazariyani tasdiqlasa ham, ko’plab tadqiqotchilar uni qabul
qilishmaydi va u ko’proq faraziy xarakter kasb etadi hamda qo’shimcha tekshiruvga
muhtoj deya hisoblashadi.
246
4. Istalmagan axloqni so’ndirish usuli.
Milliy-etnik yoki urug’chilik asosida
yuzaga kelgan yoki ijtimoiy- madaniy omillar bilan bog’liq bo’lgan ustuvorlik hissi
kompleksini yo’qotish muolajasining aynan o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Mana
shu xususiyatlarini ko’rib chiqaylik:
-Milliy-urug’chilik asosidagi ustuvorlik hissi kompleksi juda kuchli bo’ladi va
afsuski, inson tug’ilgan va yashayotgan ijtimoiy muhit tomonidan ko’pincha
qo’llab- quvvatlanadi. Bu kamchilikni faqatgina avvalgi yashash muhiti uchun
odatiy bo’lgan odatlar va an'analardan ancha farq qiladigan boshqa ijtimoiy-
madaniy muhit sharoitida inson uzoq vaqt davomida yashashi holatidagina yo’qotish
mumkin. Natijada u albatta yangi madaniyatni qabul qilishga, bu madaniyat u o’sib
katta bo’lgan madaniyatdan hech ham kam emasligiga ishonishga majbur bo’ladi.
Bu esa shu inson turli millat, elat, urug’ kishilarining madaniyati, odatlari, an'analari,
shaxsiy qadr-qimmatlari deyarli bir ekanligi, o’zining taxminan bir xil ustunliklari
va kamchiliklariga ega ekanligini amaliy tan olishiga olib keladi.
Ijtimoiy-madaniy harakterdagi ustuvorlik hissi kompleksini insonni har
qanday ijtimoiy quruhlarda ham (diniy, iqtisodiy, siyosiy va boshqalar) ko’plab
ijobiy va salbiy tomonlari ham borligiga ishonch hosil qiladigan yangi, yanada
boyroq va turli hil hayotiy tajribalar egallashi hisobiga yo’qotilishi mumkin.
Dushmanlik kompleksidan qanday qilib qutulish mumkin? Ko’pchilik
hollarda dushmanlik yoki tajovuzkorlik-bu insonning unchalik muvaffaqiyatli
bo’lmagan hayotiy tajribasi oqibati hisoblanadi. Faqatgina tajovuzkorlik organik
asosga ega bo’lgan va inson miyasi patologik faoliyati, hususan "tajovuzkorlik
markazi" deb ataluvchi faoliyati bilan bog’liq holatlar bundan mustasno.
Tajovuzkorlik o’ziga xos ichki va tashqi rag’batlar bilan qo’llab-quvvatlanib
turiladi, bunda uning ta'sirini yo’qotib insonda tajovuzkor xulq yuzaga kelishi va
namoyon bo’lishining oldini olish mumkin bo’ladi. Tajovuzkorlikning ichki
raqobatlari qatoriga quyidagilar kiradi:
-Insonning barcha odamlar bir-birlariga nisbatan dushman ekanliklariga qattiq
ishonishi.
247
-Mehribonlik- shaxsning ijobiy hislati sifatida umuman mavjud emasligiga
ishonishi, insonning bunday xulq-atvor shakli ortida aslida uning shunchaki kuchli
shaxs bo’la olmasligi va boshqa odamlardan ustunlik qila olmasligi yotadi, deb
hisoblashi.
-Faqatgina insonlarga nisbatan dushmanlik yoki tajovuzkor harakatlar qilish
orqali kerakli natijaga erishish mumkinligiga ishonishi.
-Atrofdagi barcha odamlar unga nisbatan dushman ekanliklari va yomonlik
qilish uchun sabab izlayotganliklariga ishonishi.
Tajovuzkorlikning tashqi raqobatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
-Mazkur insonning oldida boshqa, u uchun muhim bo’lgan va umuman
olganda, agressiv yo’nalgan ko’pgina kishilarning bo’lishi; bunda u ularga taqlid
qiladi va ularning agressiv xulq-atvorini normal holatdek ko’rib chiqadi.
-Agressiv xulq-atvorining ijobiy natijalarini ko’p marotaba kuzatish.
-Insonning o’ta hissiy zo’rihishi shart-shariotlarida bajariluvchi xatti-
harakatlari.
-Mazkur insonni qurshab turgan kishilarining ijtimoiy qadriyatlari orasida
"qo’pol kuch" deb nomlanuvchi urfning ustunlik qilishi.Bularning barchasi birga
olinganida kishilarning psixologiyasi va xulq-atvorida tajovuzkor tendensiyalar
(yo’nalishlar) paydo bo’lishiga va ularning barqaror yomon odatlarga aylanishiga
sabab bo’lib, ularning psixologik nuqtai nazardan komplekslarni namoyon qiladi.
Insonning tajovuzkor xulq-atvor tendensiyasini bartaraf qilish uchun quyidagini
bajarish zarur. Birinchidan, agressivlikning ifodalanish tashqi shart- sharoitlarini
bartaraf qilish yoki hech bo’lmasa kishida o’ziga nisbatan ularning salbiy psixologik
ta'siriga immunitet ishlab chiqish. Bunga erishish uchun insonda shunday
dunyoharash, madaniyatni tarbiyalash kerakki, ular agressiv xulq-atvor bilan
nomutanosib bo’lsin. Shuningdek, insonda o’ziga xos ichki qarshilik ko’rsatishni,
boshqa kishilarga nisbatan agressiv aktlarni bajarishga qodir emaslikni ishlab
chihishzarur. Buning uchun esa, insonni bolalikdan boshlab shunday odamlar
qurshab olishi kerakki, ular o’z namunalari bilan agressiv qatti-harakatlarsiz hayotda
deyarli hamma narsaga va ancha oson erishish mumkinligini ko’rsata olishlari lozim.
248
Himoya reaksiyalariga o’ta moyillik kompleks ko’rinishida quyidagi shart-
sharoitlarga qat'iy rioya qilinganida bartaraf qilinishi mumkin:
1.
Insonning o’z himoya reaksiyalari aslida kam samarali ekanligini, ular uni
tashvishlantiruvchi muammolarni hal qilmasliklarini anglab yetishi;
2.
Kishilar bilan muloqotda psixologik xavfsizlik vaziyatini inson uchun
yaratib berish.
3.
Insonda himoya reaksiyalaridan farqlanuvchi xulq-atvorning maqsadga
muvofiq, oqilona shakllarini ishlab chiqish.
Yuqorida aytilganlarni aniq misollarda izohlaymiz.
Qachonki, insonning real hayotida yoki faqatgina tasavvurida uning "Men" iga
xavf solayotgan vaziyat yuzaga kelsa, odatda shunda inson himoya reaksiyalarini
qo’llashga murojaat qiladi. Bunda gap shunday vaziyat haqida ketyaptiki, u
insonning insoniylik sha'nini kamsituvchi, o’z-o’zini baholashiga salbiy ta'sir
qiluvchi, o’zining shaxsiy xulq-atvori va psixologik sifatlari bilan bog’liq bo’lgan
yoqimsiz kechinmalarni tug’diruvchi vaziyat hisoblanadi. Biroq ko’pincha
insonning "Men"iga real xavf paydo bo’lmaydi yoki aslida bu xavf eng avval
boshida mijozning tasavvuridagidek jiddiy bo’lib chiqmaydi.Shuning uchun
psixolog-maslahatchining birinchi vazifalaridan biri shundaki, u nima uchun mijoz
himoya reaksiyalaridan foydalanishini, u ularga qachon murojaat qilishini va ushbu
reaksiyalar aniq nimalardan iboratligini aniqlashi darkor.
Dostları ilə paylaş: |