225
Salbiy ijtimoiy ta'sirga rezistentlik (mahkamlik) treningi. Trening davomida
deviant axloqqa ko`rsatmalar o`zgaradi, reklamali strategiyani tanib olish malakasi
shakllanadi, tengdoshlari bosim o`tkazganida “yo`q” deya olish layoqati rivojlanadi,
ota-onalar va boshqa kattalarning (masalan, ichkilik iste'mol qiluvchi) salbiy ta'sir
ehtimoli haqida axborot beriladi va boshqalar.
Assertivlik yoki affektiv-qadriyatli ta'lim treningi. Deviant axloq bevosita
hissiy buzilish bilan bog’liq degan tasavvurga asoslangan. O`smirlarni ushbu
muammolaridan oldindan xabar berish
uchun hissiyotlarni tanish, ularni maqbul
obrazda ifodalash va stressni mahsuldor uddalashga o`rgatiladi. Guruhli psixologik
ish davomida qaror qabul qilish malakasi shakllanadi, o`z-o`zini
baholash
ko`tariladi, o`z-o`zini aniqlash va ijobiy qadriyatlarni rivojlantirish jarayoni
rag’batlantiriladi.
Hayotiy malakalarni shakllantirish treningi. Hayotiy malalkalar tushunchasi
ostida shaxsning bir muncha muhim ijtimoiy ko`nikmalari tushuniladi. Dastavval,
bu muloqot qilish, do`stona aloqalarni saqlash va shaxslararo
munosabatlardagi
nizolar konstruktiv hal qilish malakasidir. Shuningdek, bu o`z zimmasiga
mas'uliyatni
ola bilish, maqsad qo`yish, o`z nuqtai nazari va manfaatlarini
himoyalash qobiliyati hamdir. Nihoyat, o`z-o`zini nazorat qilish, o`zi va atrofdagi
vaziyatni o`zgartirishga ishonchli axloq malakasi hisoblanadi. O`smirlar bilan
ishlashda ushbu model bir muncha istiqbollardan birini aks ettiradi.
To`rtinchi shakl
– alternativ deviant axloq faoliyatini tashkil etish.
Ishning
bu shakli deviant axloqning o`rinbosar samarasi haqidagi tasavvurlari bilan bog’liq.
Masalan, addiktsiya shaxsiy dinamika – o`z-o`zini baholashni oshirish yoki referent
muhit integratsiyasida muhim rol` o`ynashi mumkin. Taxmin qilinadiki, odamlar
kayfiyatni yaxshilovchi psixofaol moddalardan uning o`rniga nimadir yaxshiroqini
olmagunlaricha foydalanadilar. Faollikning alternativ shakllari sifatida quyidagilar
tan olindi: bilim (sayohat), o`zini sinash (toqqa sayohat, xatarli sport), ahamiyatli
muloqot, sevgi,
ijodkorlik, faoliyat (shu jumladan, professional, diniy-ma'naviy,
homiylik). Bu shakl shakllangan og`ishgan axloq holatida yordam ko`rsatishning
deyarli barcha dasturlarida amalga oshiriladi.
226
Oilaviy tarbiyada yetakchi profilaktik vazifa sifatida mustahkam qiziqishlarni
erta
tarbiyalash, sevish va sevimli bo`lishga qobiliyatni rivojlantirish, o`zini band
qilish va mehnat qilish ko`nikmasini shakllantirish yuzaga keladi. Ota-onalar bolani
faollikning xilma-xil turlariga sport, san'at, bilimga
jalb etish orqali shaxs
ehtiyojlarini shakllantirishlarini tushunishlari kerak. Agar o`smirlik yoshida ijobiy
ehtiyojlar shakllanmagan bo`lsa, shaxs salbiy ehtiyoj va bilimlarga nisbatan zaif
bo`lib qoladi.
Dostları ilə paylaş: