221
7. Suitsidal axloqning sabablari qanday?
8. Suitsidal axloqqa yordamlashuvchi sharoitlar qanday?
9. O`z-o`zini o`ldirishga nima to`sqinlik qiladi?
10. Suitsidal axloqning ongsiz va anglangan motivlarini ayting.
2-MODUL. OG`ISHGAN XULQ PSIXOKORREKSIYASI
9-MAVZU: SHAXS OG`ISHGAN AXLOQINING PREVENTSIYASI
VA INTERVENTSIYASI.
Reja:
1. Og’ishgan hulqning preventsiyasi (oldini olish) va interventsiyasi
(bosqinchilik va zuravonlik) bo’yicha umumiy tushuncha.
2. Shaxs ogishgan hulqiga ijtimoiy psixologik ta`sir.
3. Shaxs og’ishgan hulqining psixologik interventsiyasi.
4. Og’ishgan hulqning turli shakllarida ijtimoiy
psixologik aralashuv
strategiyalari.
Tayanch tushunchalar:
tadqiqot metodikasi, tadqiqot natijatari, qayta ishlash.
gipertim, sikloid, senzitiv, lobel, psixoostenik, shizoid, paropoyal, beqaror.
konform.
1. Og’ishgan hulqning preventsiyasi
(oldini olish)
va interventsiyasi
(bosqinchilik va zuravonlik)
bo’yicha umumiy tushuncha.
Shaxsning og`ishgan xulqi turlicha ijtimoiy
institutlar tomonidan
boshqariladi. Jamoatchilik ta'siri huquqiy qonunlar, tibbiy aralashuv, pedagogik
ta'sir, ijtimoiy ko`mak va psixologik yordam xarakterini olishi mumkin.
Axloqiy
buzilish murakkab xarakteri kuchida ularni ogohlantirish va bartaraf etish yaxshi
uyushtirilgan ijtimoiy ta'sirlar tizimini talab qiladi.
Psixologik yordam ko`rib chiqilayotgan tizim bosqichlaridan biri sifatida
unda boshlovchi rol o`ynaydi va aniq ko`rinib turgan gumanistik yo`nalganligi bilan
farqlanadi. Bu fakt psixologik ishning maxfiylik,
ixtiyoriylik va shaxsiy
manfaatdorlik, inson tomonidan o`z hayoti uchun mas'uliyatni qabul qilish, o`zaro
222
ishonch, qo`llab-quvvatlash, shaxs va individuallikni hurmatlash kabi tamoyillarida
o`z aksini topdi.
Psixologik yordam ikkita yetakchi yo`nalishga ega. Bu psixologik preventsiya
(ogohlantirish, psixoprofilaktika) va psixologik interventsiya (bartaraf etish,
korrektsiya, reabilitatsiya). Psixotashxis, qoidadagiday, ishning mustaqil yo`nalishi
hisoblanmaydi va psixologik yordamning maqsadi bo`lmasligi zarur. Bu
faoliyatning yordamchi turi, muhim, biroq majburiy emas, qoidadagiday, hal
qiluvchi oraliq amaliy vazifadir.
Psixologik yordamning ikki asosiy turini batafsil ko`rib chiqamiz.
Og`ishgan axloq profilaktikasi ijtimoiy uyushganlikning
turli darajalarida
umumiy va maxsus tadbirlar tizimini ko`zda tutadi: umumdavlat, huquqiy,
jamoatchilik, iqtisodiy, tibbiy - sanitar,
pedagogik, ijtimoiy - psixologik.
Muvaffaqiyatli profilaktik ishning shartlari uning majmuaviyligi, ketma-ketlgi,
differentsialligi, o`z vaqtidaligidir. Oxirgi shart faol shakllanayotgan shaxs,
masalan, o`smirlar bilan ishlashda muhim hisoblanadi.
Shuning uchun kelgusida
og`ishgan axloqning psixologik preventsiyasi ko`pincha aynan o`smir yoshidagilar
misolida ko`rib chiqiladi. BSST (Butun jahon sog’liqni saqlash tashkiloti) birlamchi,
ikkilamchi va uchlamchi profilaktikani ajratishni taklif qiladi.
Dostları ilə paylaş: