300
Maple-tili tarkibiy operatorlarining (tsikl operatorlari, shartli va shartsiz
operatorlar va h.k.) sintaksisi Beysik va Paskal tillari sintaksislarining
aralashmasiga oʻxshab ketadi. Tizim bilan ishlashning dialog rejimida matematik
ifodalar Beysikdagi qoidalarga oʻxshash qoidalarga asosan kiritiladi.
Windows tarkibida ishlovchi boshqa ilovalar singari Maple 7 ham qator
elementlarga ega (1.1-rasm):
Maple 7 tizimining interfeysi quyidagilardan iborat:
•
sarlavha satri (yuqoridagi qator)
•
bosh menyu satri (ikkinchi qator)
•
asboblarning asosiy paneli (uchinchi qator)
•
koʻrinishi Maple 7 tizimining ishlash rejimiga asosan oʻzgarib turuvchi
asboblarning kontekst paneli (toʻrtinchi qator)
•
kiritish va xujjatlarni tahrirlash oynasi ishchi oyna (beshinchi qator)
•
holat satri (pastki qator).
Maple 7 tizimining interfeysi matnli izohlar, kirish tili komandalari (ular
odatdagi matematik shaklga oʻzgartirilishi ham mumkin), matematik formulalar va
grafik ma’lumotlar koʻrinishidagi hisoblash natijalari va boshqalarni oʻz ichiga
oluvchi hujjatlarni tayyorlash imkoniyatini beradi. Maple 7 qulay tarzda tashkil
qilingan ma’lumotlar tizimiga ega. Uning yordamida har qanday operator,
funktsiya yoki paketlar toʻg’risida batafsil ma’lumot olish mumkin (lekin, faqat
ingliz tilida).
Dostları ilə paylaş: