O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Mirsaidov, T. M. Sobirjonov nazariy mexanika



Yüklə 6,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/177
tarix14.12.2023
ölçüsü6,14 Mb.
#177756
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   177
Nazariy Mexanika darslik

 


103 
III-BOB. 
KINEMATIKA 
BOBNING MAQSADI: 
• Kinematikaning asosiy vazifalari bilan tanishtirish. 
• Moddiy nuqta harakat qonunining berilish usullarini oʻrganish va uning tezligi, 
hamda tezlanishlarini aniqlash. 
• Moddiy nuqta harakatining xususiy hollarini koʻrib chiqish. 
• Qattiq jismning eng sodda harakatlari: ilgarilanma va qoʻzgʻalmas oʻq atrofidagi 
aylanma harakatlarida kinematik xususiyatlarini aniqlash. 
• Qattiq jismning tekislikka parallel harakatini oʻrganish va amaliy masalarga 
qoʻllash.
• Qattiq jismning qoʻzgʻalmas nuqta atrofidagi aylanma harakatida Eyler 
tenglamalari bilan tanishtirish. 
• Qattiq jismning umumiy harakati-murakkab harakatini ilgarilanma va aylanma 
harakatlar orqali tushuntirish. 
• Moddiy nuqta va qattiq jismning nisbiy harakatini koʻrib chiqish, hamda nisbiy 
harakat tenglamalarini tabiat masalariga tadbiq qilish. 
3.1. MODDIY NUQTA HARAKATINING KINEMATIKASI. 
3.1.1. Kinematikaning asosiy tushunchalari va vazifalari. 
Nazariy mexanikaning 
kinematika
 
qismi jismlarning harakatini harakat 
sabablariga, harakatni vujudga keltiruvchi kuchlarga va jism massasiga, bogʻlamay 
oʻrganadi. Boshqacha aytganda, jism harakatining geometrik xususiyatlarini 
kinematika 
aniqlaydi. Shuning uchun ba’zida kinematikani “4 oʻlchovli 
geometriya deb atashadi”. Kinematika soʻzi lotinchadan olingan boʻlib, “kinema-
harakat” ma’nosini beradi. Kinematikaning asosiy tushunchalari quyidagilardan 
iborat: 
-
mexanik harakat
– bir jismning boshqa jismga nisbatan tutgan oʻrnining 
oʻzgarishiga aytiladi; 


104 
-
hisob sistemasi
– jismning harakati paytida fazodagi oʻrnini aniqlovchi, 
boshqa jismga bogʻlangan koordinatalar sistemasiga aytiladi. Hisob 
sistemasini o‘zaro perpendikulyarl holda uch tomonga yo‘nalgan o‘qlar 
orqali tasvirlanadi, lekin shu o‘q mahkamlangan jism tasvirlanmaydi. 
Masalan, aksariyat o‘qlar Yer shariga mahkamlanadi, lekin yerning shakli 
tasvirlanmaydi;
-

Yüklə 6,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin