O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat


-rasm. Mamlakat iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishining turlari



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

7.1-rasm. Mamlakat iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishining turlari
27
 
26
Данилов А.С, Юлдашев З. Ю. «Национальная экономика» Учебное пособие. Т. «Янги аср авлоди» 2003г 
Mamlakat iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishining turlari 
Iqtisodiyotning tarmoq tarkibi 
Alohida tarmoqlarning YaIMdagi ulushi ko‘rinishida 
aniqlanadi 
Kapitalning 
kontsеntratsiyalashuvi darajasi 
jihatidan tarkibi 
Yirik va kichik biznеsning iqtisodiyotdagi ulushi 
ko‘rinishida aniqlanadi 
Ijtimoiy-iqtisodiy tarkibi 
Davlat mulki va xususiy mulk korxonalarining 
YaIMdagi ulushi ko‘rinishida aniqlanadi 
Iqtisodiyotning takror ishlab 
chiqarish va funksional tarkibi 
Istе’mol xarajatlari, yalpi invеstitsiyalar va sof 
eksportning YaIMdagi ulushi ko‘rinishida aniqlanadi 
Iqtisodiyotning hududiy tarkibi 
Alohida hududlarning YaIMdagi ulushi ko‘rinishida 
aniqlanadi 


117 
Lekin, bu tarkib iqtisodiy munosabatlarning murakkablashuv jarayoni natijasida 
boshqacha izohlanishi mumkin, ya’ni beshinchi tarkib o‘rniga kapitalning 
konsentratsiyalashuvi darajasi jihatidan tarkibiy tuzilmaviy mutanosiblikni keltirish 
mumkin. Tashqi iqtisodiy tuzilmaviy nisbatni esa iqtisodiyotning takror ishlab 
chiqarish tarkibi bilan birga izohlash ma’qulroq. Shunga ko‘ra tuzilmaviy 
nisbatlarning turlarini quyidagicha farqlaymiz: 
Bir qancha olimlar iqtisodiyotni barqaror o‘sishi, aholi farovonligini oshirish 
borasida izlanishlar olib borishgan. Shulardan iqtisodiyot tarkibini, iqtisodiy o‘sishni 
o‘rgangan rossiyalik olim V.I. Kushlin tuzilmaviy munosabatlarning turli tumanligini 
besh asosiy blokka bo‘ladi:
28
1.
Siyosiy – iqtisodiy. Bunda iqtisodiyot tarkibini tarmoqlar, sohalar, hududlar, 
faoliyat turlari orasida mutanosib taqsimlangan turli ishlab chiqarish kuchlari 
yig‘indisi sifatida aks ettiriladi ; 
2.
Tashkiliy – boshqaruv. Boshqaruv darajalari bo‘yicha iqtisodiyotni tuzishga 
imkon beradi, ya’ni korxonalar, korporatsiyalar, hududiy iqtisodiyot, iqtisodiy 
zonalar va hududiy komplekslarni turli infratuzilmalar bilan bog‘laydi; 
3.
Takror ishlab chiqarish. Jamg‘arish va iste’mol, ishlab chiqarish va bozor 
talabi, ishlab chiqarish, ijtimoiy va shaxsiy iste’mol, ilmiyva muhandislik 
tayyorgarlik, marketing va tarkibiy – tadbirkorlik tayyorgarligi, ishlab chiqarishning 
investitsion va aqliy tayyorgarligi va boshqa o‘zaro bog‘liqliklarni tuzilmaviy 
nisbatlarga misol qilib keltirish mumkin. Bunday mutanosibliklarni YaIM dagi ulushi 
tahlili iqtisodiy holatni izohlaydi; 
4.
Texnologik. Iqtisodiyotning texnik – texnologik tarkibini izohlaydi; 
5.
Resursli munosabatlar. Asosiy resurslarni takror ishlab chiqarishning o‘zaro 
bog‘liq jarayonlari bilan iqtisodiyotda resurlardan samarali foydalanishni tashkil 
etuvchi aloqalar, munosabatlar majmuidan iborat. 
27
“Mamlakatimizni modеrnizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir” hamda
“Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” nomli ma’ruzalarni 
o‘rganish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. Toshkеnt 2010 y. 
28
В.И.Кушлин “Экономическая трансформация: цели, направление, динамика”. Москва. Издательство РАГС 
2000 г.


118 
Fikrimizcha, iqtisodiyot birliklarining o‘zaro munosabatlarini ana shu besh asosiy 
blokka ajratilishi iqtisodiyotning tuzilmaviy murakkabligini izohlashdagi nisbatan 
optimal variant hisoblanadi.
Mamlakat iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishi shakllanishida uning tabiiy resurs 
salohiyati, geografik joylashuvi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanganligi darajasi 
kabi omillar muhim ahamiyatga ega bo‘lsada, uni o‘zgartirish va takomillashtirishda 
davlatning tarkibiy siyosati hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin