O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat


 
zamonaviy texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayoniga jalb 
etish; 

 
resurs, energiya, va suvni tejovchi texnologiyalardan keng foydalanish; 

 
mexnat unumdorligini oshirish;

 
boshqarish tizimini sifatini oshirish; 

 
qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish va boshqalar. 
Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar esa asosiy tarmoqlarning iqtisodiy 
samaradorligini oshirish, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarini 
ishlab chiqarish, zamonaviy texnika va texnologiyalar kiritish asosida ishlab 
chiqarish unumdorligini oshirishda o‘z aksini topadi. Bunda iqtisodiy, tashqi muhit, 
ekologiya va innovatsion omillarni inobatga olgan holda raqobatbardosh tarmoqlarni 
rivojlantirish ko‘zda tutilgan. 
Yuqorida ko‘rib chiqilgan iqtisodiyotning barcha elementlari orasida 
shakllangan va o‘zgarib boradigan proporsiyalar, o‘zaro nisbatlar tarkibiy 
o‘zgarishlarni tavsiflaydi. 
O‘tish davri iqtisodi ham bir necha davlatlarni tashkiliy, siyosiy-iqtisodiy 
jihatdan o‘zgartirishni taqozo etdi. Ma’muriy – boshqaruv tizimidan bozor 
iqtisodiyoti tizimiga o‘tish jarayonida tarkibiy o‘zgartirishni mohiyati iqtisodiy o‘sish 
sur’atlarini ta’minlash uchun bozor iqtisodiyoti talablariga to‘g‘ri kelmaydigan ishlab 


120 
chiqarishni yo‘q qilish yoki qayta tashkil etish; samarali, raqobatbardosh ishlab 
chiqarish va faoliyat turlarini tashkil etishdan iborat bo‘ldi. Ularni o‘sishi samarasiz 
sohalarni pasayishining o‘rnini to‘ldirib, YaIM hajmi, ishlab chiqarish va qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlari hajmi barqarorligiga erishiladi. Keyinchalik maqbul xarajat 
bilan keng talab etilayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarib berolmayotgan eskirgan 
quvvatlarning pasayish hajmini samaraliroq sohalar ishlab chiqarish hajmi va o‘sish 
sur’atlari ustun bo‘la boshlaydi. Shu bilan birga ishlab chiqarish tarmoq tarkibiy 
tuzilishida tarkibiy siljishlar sodir bo‘la boshlaydi: raqobat shartlariga, jamiyatning 
real talablari va bozor talabi tarkibiga moslashgan ba’zi sohalar ulushi oshadi, 
boshqalariniki kamayadi. Ishlab chiqarish va savdoning hududiy joylashtirilishida 
ham o‘zgartirishlar bo‘ladi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra hududlar 
differensiatsiyasi kuchaytirilishi mumkinligi kerakli choralarni qabul qilishni talab 
etadi. 
Davlatning 
tarkibiy 
o‘zgartirishlar borasidagi chora-tadbirlari “yangi 
iqtisodiyot” korxonalarini shakllantirish, qayta ishlab chiqarish sohalarini turli 
tumanligini ta’minlash, yangi sohalar – xizmatlar sohasini rivojlantirish, bank 
sohasini qayta tashkil etish, tashqi bozorlarga moslashuvchanlik kabi masalalarni hal 
etishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozimdir. Ushbu jarayonlar barcha sohalarni 
diversifikatsiyalashuvi bilan birga olib boriladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, jahon iqtisodiyotining rivojlanishi, undagi 
turli ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar nazariy qarashlarda yangi 
yo‘nalishlarni keltirib chiqaradi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin