124
Sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun eksportda sanoat mahsuloti, ayniqsa,
yakuniy, texnologik va ilmiy mahsulotlarning yuqori salmog‘iga ega. Ko‘pchilik
rivojlanayotgan mamlakatlarning importida xom-ashyo va materiallar ustuvor o‘rin
tutadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ajralmas qismi
bo‘lgan tarkibiy o‘zgarishlar siyosatda ustuvor sohalar va sanoat tarmoqlarini jadal
rivojlantirish asosida milliy iqtisodiyotning samaradorligini oshirish, uning
raqobatbordoshligini yuksaltirish, import o‘rnini bosadigan va eksportbop
raqobatbardosh zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va ular
ko‘lamini kengaytirish maqsadlari ko‘zda tutiladi.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida
sanoatda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni texnik qayta
qurollantirish, mahsulotning raqobatbardoshliligini yaxshilash kabi vazifalarni
amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalarining ahamiyati
yanada ortadi.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida eksportga yo‘naltirilgan
tarmoqlarni rivojlantirish asosiy yo‘nalishlari belgilab olinib, uni amalga oshirishga
kirishildi. Bu yo‘nalishlar yoqilg‘i-energetika majmuini jadal rivojlantirish hamda
neft va gaz qazib olishni kengaytirish chora-tadbirlarini ko‘rish; ishlab chiqarish va
aholi uchun eng zarur investitsion va iste’mol tovarlarini chetdan olib kelishni
qisqartirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
mahalliy sanoat imkoniyatlari negizida qayta ishlashni rivojlantirish kabi yo‘nalishlar
bugungi kunda mamlakatimiz tashqi siyosatining ustuvor ahamiyatga ega
yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: