O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

 
Mavzu yuzasidan savollar 
1. 
Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar deganda nimani tushunasiz? 
2. 
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish deganda nimani 
tushunasiz? 
3. 
Iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasi qanday turlarga bo‘linadi? 
4. 
Iqtisodiyot tashqi siyosat tuzilmasi deganda nimani tushunasiz? 
5. 
Kapitalning kontsеntratsiyalashuvi darajasi jihatidan iqtisodiyot tarkibi 
qanday aniqlanadi? 
6. 
Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini o‘zgartirishda amalga oshirilishi belgilangan 
qanday vazifalarni bilasiz? 
7. 
Milliy iqtisodiyotda raqobatbardoshlik tushunchasiga ta’rif bering? 
8. 
Iqtisodiyotda amalga oshiriladigan tarkibiy o‘zgarishlar bo‘yicha qanday 
nazariyalarni bilasiz?
9. 
Iqtisodiy o‘sishning institutsional omillari qanday omillarni o‘z ichiga oladi? 


144 
8-BOB. BARQAROR IQTISODIY RIVOJLANISHNI TA’MINLASHDA 
DAVLAT IQTISODIY DASTURLARINING AHAMIYATI 
8.1. Dasturlarning turlari va mohiyati. Iqtisodiy dasturlash subyektlari
Davlat iqtisodiyotini tartibga solishning yuqori shakli davlatning iqtisodiy 
dasturi hisoblanadi. Uning maqsadi global maqsadlarda davlat iqtisodiyotini tartibga 
solishning hamma elementlaridan har tomonlama foydalanish.
Iqtisodiy siyosat doirasida davlatning turli dasturlari ishlab chiqiladi va amalga 
oshiriladi. Dasturlarda ko‘zlangan maqsad, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, 
ulardan kutiladigan natijalar, ularni moliyalashtirish manbalari aniqlanadi.
Dasturlar milliy iqtisodiyot uchun ustuvor bo‘lgan muammolarni hal etishga 
qaratiladi. Bular jumlasiga tanglikdan chiqish, oziq-ovqat, energiya ta’minoti, 
texnologiyalarni yangilash, infratuzilmalarni rivojlantirish, eksport salohiyatini 
oshirish, qoloq hududlarni rivojlantirish kabi dasturlar kiradi. Dasturlarda belgilangan 
muammolarning hal etilishi iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishga turtki beradi. 
Hukumat xo‘jalikni tartibga solishda masalani murakkabligi o‘lchoviga ko‘ra 
qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli masalalardan tashkil topgan. Ularni 
yechimini va organini aniqlash, bu yechimlarni bajarishdagi javobgarlik, kerakli 
mablag‘lar ajratish va moliyaviy tartiblashni aniqlash. Shunday maqsadli dasturlarni 
obyektlari odatda sohalar bo‘ladi. Ko‘pincha qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy, hududlar 
sohalari bo‘ladi. 
Dasturlar odatdagi va favqulodda bo‘ladi.
Odatdagi o‘rta muddatli umumiqtisodiy dastur qonun bo‘yicha besh yil har yili 
to‘g‘rilab turish va bir yilga uzaytirishdan tashkil topadi. Favqulodda dasturlar 
nihoyatda og‘ir xolatlarda ishlab chiqariladi. Masalan: inqiroz sharoitlarida, xavfli 
investitsiyalar, ommaviy ishsizlik va xokazo. Davlatning dasturlari rivojlanish 
darajasi har xil mamlakatda turlicha. Amalda hamma davlatlarda bozor iqtisodiyoti 
maqsadli dasturlarda amalga oshadi. Shu maqsadli dasturlarni eng eskilaridan - 
AQSHda Tejssi basseynini hududiy energetik o‘zlashtirish, Fransiyada yadro 
energetikasini rivojlantirish dasturi, Janubiy Italiyaning xo‘jaligini rivojlantirish 


145 
kabilar shular jumlasidandir. Janubiy Koreya urushdan keyingi iqtisodiyotini tiklash, 
yangi yerlarni xususiylashtirish va tuzilmaviy qayta tiklash umummilliy favkuloddagi 
dasturlar sifatida ma’lum.
60 yillar oxirida maqsadli va favkuloddadagi milliy dasturlar tajribalari bazasida 
bir qator mamlakatlar umummilliy o‘rta muddatli dasturga o‘tishdi, xalq xo‘jaligida 
muhim ko‘rsatkichlarga 
erishildi, bu mamlakatlarga 
Fransiya, Yaponiya, 
Niderlandiya, Skandinaviya mamlakatlari, Janubiy Koreya kiradi. Yuqorida sanab 
o‘tilgan mamlakatlardan tashqari Germaniya, Avstriya, Ispaniya, Finlyandiya, 
Xindiston, Turkiya, Quvayt, bir qator Lotin Amerikasi davlatlarida umumiqtisodiy 
o‘rta muddatli dasturlar kuchli rivojlanishga olib keldi. 
Bozor iqtisodiyoti tayanchi, AQSHda – umummilliy dastur yo‘q, ammo 
maqsadli va favkuloddagi dasturlar keng qo‘llaniladi. Alohida mamlakatlarda 
dasturlashni davlat oldidagi iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatga ko‘ra rivojlanish darajalari 
turlicha bo‘lishi, masala harakteri va maosh tabiga bog‘liq bo‘ladi.
 
Iqtisodiy dasturlash subyektlari – dastur tuzishga javobgar, ularni uzluksiz 
amalga oshirishni nazorat qiluvchi davlat organlaridir. Dastur maxsus davlat organi 
tomonidan ishlab chiqiladi, agar u bo‘lmasa unda iqtisodiyot vazirligi va Moliya 
vazirligi yoki maxsus vazirliklar o‘rtasidagi organda amalga oshiriladi. Buning uchun 
iqtisodiyot vazirligi qoida bo‘yicha loyihani o‘zi tayyorlaydi, alohida tadbirlarni 
ketma – ketli, muddatli, maqsadli amalga oshirishda ierarxiyani tashkil ettiradi, 
bajarishga javobgarlik beruvchi bosqich deb ataladi. Moliya vazirligi dasturni 
moliyalashtirish rejasini ishlab chiqadi. Dasturni ishlab chiqishda Markaziy bank, 
tadbirkorlar uyushmasi, savdo va sanoat palatalari, kasaba uyushmalari vakillari keng 
jalb qilinib, har xil komissiya va ekspertlar uyushmasi tuziladi. Dastur va moliyaviy 
reja har yili parlament tomonidan tasdiqlanadi, shu bilan birga yil davomida ularni 
bajarilishi hisobotlari eshitilib turiladi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin