146
Bugungi kunda iqtisodiyotimizni
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirishga
qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturlari
ishlab chiqilgan.
Davlat dasturlarida iqtisodiyotimizning asosiy
tarmoqlarini modernizatsiya
qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli
turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini ta’minlaydigan zamonaviy
innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha maqsadli loyihalar o‘z ifodasini
topadi.
Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi
kuchi hisoblanadi, iqtisodiy
resurslarni tejamli ishlatishga, tovar va xizmatlarni ko‘plab, sifatli va arzon narxlarda
ishlab chiqarishga, bozorda faoliyat ko‘rsatuvchilarni yangilikka
intilishga undaydi
va u barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalashning maqsadi – mamlakat iqtisodiyotining
yangilash, fan sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan ustuvor sohalarni rivojlantirish asosida
mamlakat iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirish yo‘liga o‘tkazish, mamlakat milliy
iqtisodiyotining raqobatdoshligini oshirish va aholining o‘sib, o‘zgarib
borayotgan
ehtiyojlarini to‘laroq qondirish hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalashning jahon tajribasi tahlili ko‘rsatishicha,
mamlakatni modernizatsiyalash uchun dastlab mamlakat iqtisodiyotini, shu jumladan,
sanoatning hozirgi holatini chuqur va konkret baholash lozim.
2011-2015-yillarga mo‘ljallangan mamlakatni rivojlanish dasturi quyidagi
tarkibiy qismlardan tashkil topgan:
1.
2011-2015-yillarga mo‘ljallangan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
ko‘lamini kengaytirish choralari dasturi.
2.
2011-2015-yillarga
mo‘ljallangan
infratuzilmani,
transport
va
kommunikatsion qurilishni rivojlantirishni jadal rivojlantirish dasturi.
3.
2011-2015-yillarga mo‘ljallangan moliya-bank tizimini
yanada isloh etish va
barqarorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari dasturi.
147
4.
2011-2015-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi sanoatini ustuvor
yo‘nalishlari dasturi.
Shuningdek, 2015-2019-yillarga mo‘ljallangan qator dasturlar qabul qilindi.
Bular jumlasiga О‘zbekistonda 2015-2019-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va
yо‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi,
mamlakatimizda 2015-2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy о‘zgartirish,
modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta’minlash bо‘yicha chora-tadbirlar
dasturi, 2015-2019-yillarga mo‘ljallangan strategik investitsiya dasturlari kiradi.
Yuqorida qayd etilgan davlat dasturlarida mo‘ljallangan
strategik vazifalarni
amalga oshirish o‘rta muddatda quyidagi natijalarga erishish imkonini beradi:
makroiqtisodiy rivojlanishni boshqariladigan modeli asosida barqaror,
yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish;
to‘xtovsiz iqtisodiyotni modernizatsiyalash, ishlab
chiqarishni texnik va
texnologik jihatdan yangilashni amalga oshirish;
ishlab chiqarish, transport va kommunikatsiya infratuzilmasini barqaror
iqtisodiy o‘sish va aholini ehtiyojlarini qondirish talablariga muvofiq rivojlantirish;
bank-moliya tizimini barqarorligini oshirish
va investitsiya miqyosini
kengaytirishdagi rolini oshirish;
nodavlat sektorini birinchi navbatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
iqtisodiyotdagi roli va ulushini yanada oshirish;
yuqori agrotexnologiya asosida zamonaviy samarali qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishni yaratish va qishloq aholisini daromadlarini oshirish;
aholini, shu jumladan, yosh avlodni barqamol rivojlanishini ta’minlaydigan
zamonaviy ijtimoiy sektorini shakllantirish.
Dostları ilə paylaş: