-
iqtisodiy institutlar, xo‘jalik birliklarining o‘zaro ta’sir shakllari va ularning
tuzilmasi o‘rtasida ancha mustahkam o‘zaro aloqa va o‘zaro bog‘liqlik mavjud;
-
mazkur nazariya doirasida alohida iqtisodiy tashkilotlarning aktivlari va ular
bilan bog‘liq ishlab chiqarish chiqimlari tavsifini to‘ldirish hisobiga ularning
chegaralarini belgilovchi sabab va omillarni tushuntirib berish mumkin;
-
davlatning iqtisodiy jarayonlardagi roli va o‘rni bozorning yechilmagan
muammolarini bartaraf qilishdangina emas, balki jamiyat uchun eng kam
transaksiyaviy yo‘qotishlar bilan uning me’yor va qoidalarining bajarilishini
ta’minlashdan ham iboratdir.
Yangi institutsional nazariyada institutlar alohida o‘z-o‘zicha emas, balki ular
iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga ta’siri nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Shuning
uchun bugungi kunda, mamlakatning institutsional rivojlanishi bilan iqtisodiy o‘sish
o‘rtasidagi barqaror iqtisodiy aloqa mavjudligini topishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar
muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Hozirgi tadqiqotchilar o‘z ishlarida ushbu masalalarni iqtisodiy-matematik
modellarda institutsional omillarni iqtisodiy o‘sish sur’atiga ta’sirini kuzatish
imkoniyati
mavjudligidan
kelib
chiqishadi.
Bunda
muhim
metodologik
muammolarga duch kelinadi, ulardan biri – institutsional omillarni miqdoriy jihatdan
baholash muammosidir.
Shu nuqtai nazardan iqtisodiy o‘sishga ta’sir etuvchi miqdoriy baholash mumkin
bo‘lgan institutsional omillar toifasiga kiruvchi ko‘rsatkichlarni o‘rganish lozim.
Ilmiy manbalarda, hozirgacha ma’lum bir mamlakatning institutlari sifatini
amalda mavjud qaysi ko‘rsatkichlar to‘plami aniq va mutanosib aks ettirishi haqida
yagona fikr mavjud emas.
Iqtisodiy o‘sishga ta’sir qiluvchi institutsional muhitning aniq bir ko‘rsatkichini
137
tanlash murakkab jarayon hisoblanadi va bu tadqiqotlarda iqtisodiyot faoliyat
ko‘rsatishining institutsional omillari tizimining ta’sirini o‘rganishni nazarda tutadi.
Bunday tizimni tuzish zarurligi “institutsional omil” va “institutsional muhit
ko‘rsatkichi” kabi tushunchalarni alohida ko‘rib chiqish talabini qo‘yadi.
Iqtisodiyot faoliyat ko‘rsatishining institutsional omili deganda, institutsional
muhitni shakllantirish jarayoniga uzluksiz ta’sir ko‘rsatuvchi uzviy ijtimoiy tizim
tushuniladi. Iqtisodiyot faoliyat ko‘rsatishining institutsional omillari jumlasiga
quyidagilar kiradi: davlat apparati, biznes-tuzilmalar, fuqarolik jamiyati, demokratiya,
sud tizimi, korrupsiya va jamiyatda axborotning ochiqligi.
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha omillarning bir-biri bilan uzviy bog‘liqligi
ularning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini tahlil qilishda qo‘shimcha metodologik
murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Albatta, muayyan omilning ta’sirini baholashga
har qanday urinish uni boshqa omillar ta’siridan halos etishning murakkabligi bilan
bog‘liq bo‘ladi.
Biroq, yuqorida bayon etilgan muammolarga qaramay, institutsional omillarni
o‘lchovchi miqdoriy ko‘rsatkichlarni ko‘rib chiqish ayrim amaliy ma’noga ega. Gap
shundaki, “institutsional omil ko‘rsatkichi – iqtisodiyotning faoliyat ko‘rsatishi
ko‘rsatkichi” empirik bog‘liqlikni tahlil qilishda birinchi ko‘rsatkichning qiymati
omilning o‘z “sof” qiymatidan tashqari uning tizimning boshqa o‘zgaruvchilariga
bog‘liqligini aks ettiradi, ya’ni aytish mumkinki, bir omilni baholash orqali butun
tizim o‘lchanadi.
Davlat apparati birinchi institutsional omil hisoblanib, u yangi institutsional
iqtisodiy o‘sish nuqtai nazaridan harakatlari ijtimoiy tanlovni amalga oshirish
jarayonida o‘zining muzokara kuchini saqlab turish va oshirishga yo‘naltirilgan
amaldorlar birlashmasi (ittifoqi) sifatida tushuniladi.
Ushbu omilni Worldwide Governance Indicators indekslar turkumiga kiruvchi
davlat boshqaruvi organlari samaradorligining indikatori (Government Effectiveness)
yordamida o‘lchash mumkin. Mazkur ko‘rsatkich davlat tomonidan ko‘rsatiladigan
xizmatlar sifati, davlat xizmati sifati va uning siyosiy bosimdan xolilik darajasi,
siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish sifatining his etilishini, ushbu
138
dasturlarning bajarilishi yuzasidan hukumat majburiyatlariga ishonishni aks ettiradi.
Shu bilan bir vaqtda 189 ta mamlakat bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini tartibga
solish shartlari to‘g‘risidagi reyting indekslari Jahon banki xodimlari tahlili asosida
“Biznes yuritish” (Doing Business) jurnali axborotlarida aks ettiriladi. Ushbu jurnal
tadqiqotlarida O‘zbekiston 2011-2012-yillar davomida biznes yuritishning 3 va
undan ko‘p yo‘nalishlarida eng yuqori yutuqlarga erishgan 10 ta davlat ichidan 4-
o‘ringa ega. Biznesni yuritish shartlari qulayligi bo‘yicha 2013-yilda 189 ta davlat
ichidagi 154-o‘rindan 2014-yilda 146-o‘ringa ko‘tarilgan.
Biznes-tuzilmalarni biz iqtisodiyotning xususiy sektorida shakllangan, asosiy
maqsadi ijtimoiy tanlovni amalga oshirish jarayonidan iborat bo‘lgan, ishlab
chiqaruvchilar birlashmasi sifatida tushunamiz. Ushbu omilni qaysidir ma’noda
Worldwide Governance Indicators indekslari turkumiga kiruvchi, hukumatning
to‘g‘ri iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish hamda tartibga solish
imkoniyatlarining his etilishini aks ettiruvchi qonun yo‘li bilan tartibga solish
sifatining indikatori (Regulatory Quality) yordamida baholash mumkin.
Fuqarolik jamiyati deb, uy xo‘jaliklari sektorida shakllangan individlar va oilalar
birlashmalarini tushunamiz. Mamlakatda fuqarolik jamiyatining rivojlanish darajasini
sud tizimining mustaqiligi, o‘z fikrini ifodalash, yig‘ilishlar, uyushmalar tuzish,
ta’lim, din, iqtisodiy faoliyatning erkinligi kabi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lgan
Freedom House turkumining fuqarolik erkinliklari indikatori (Civil Liberties)
yordamida o‘lchash mumkin.
Mazkur vazifa ham The CIVICUS kompaniyasining 50 ta mamlakat bo‘yicha
hisoblab chiqiladigan fuqarolik jamiyati indeksi (Civil Society Index)dan
foydalangan holda bajariladi. Indeksni hisoblash metodologiyasi fuqarolik
jamiyatining holatini, fuqarolik jamiyatining tarkibi, fuqarolik jamiyati mavjud
bo‘ladigan va faoliyat ko‘rsatadigan tashqi muhit, fuqarolik jamiyatining a’zolari
tomonidan qabul qilinadigan qadriyatlar va fuqarolik jamiyati a’zolari harakatlarining
samaradorligi kabi ko‘rsatkichlar asosida baholashni nazarda tutadi.
Navbatdagi ko‘rib chiqiladigan institutsional omil – bu mamlakatdagi
demokratiya darajasi. Jamiyatda demokratiya darajasini bir necha indikator bilan
139
baholash mumkin. Ana shunday indikatorlardan birinchisi – World wide Governance
Indicators turkumiga kiruvchi fuqarolik huquqlari va davlat organlarining
hisobdorligi indikatori bo‘lib, u fuqarolar unda hokimiyat organlarini saylashda
ishtirok etishi darajasi hamda o‘z fikrini ifodalash, uyushmalar tuzish erkinligi va
ommaviy axborot vositalari erkinligining his etilishini aks ettiradi.
Freedom House turkumiga kiruvchi, saylovlar erkinligi darajasi va siyosiy
raqobat darajasi kabi parametrlarni hisobga oluvchi siyosiy huquqlar va fuqarolik
erkinliklari indikatori (Political Rights) ham demokratiya darajasini baholash
imkonini beruvchi yana bir ko‘rsatkich hisoblanadi.
Sud tizimining faoliyat ko‘rsatishi, xususan uning sud’yalarining mustaqilligi va
chuqur bilimga egaligi kabi xususiyatlari navbatdagi omil hisoblanadi. Sud tizimining
rivojlanish darajasini Worldwide Governance Indicators indekslari turkumiga
kiruvchi, jamiyatdagi mavjud qoidalarga ishonish darajasining qabul qilinishini va
jamiyat a’zolari tomonidan qonunlarga rioya qilinishini aks ettiruvchi, xususan
shartnomalar axborot sigmentini, mulk huquqlarining himoya qilinishini, ehtimolini
baholovchi qonun ustuvorligi indikatori (Rule of Law) yordamida qisman o‘lchash
mumkin.
Mazkur omilni International Country Risk Guide modelining qonuniylik va
huquqiy tartib indeksi ( Law and Order ) bilan ham o‘lchash mumkin. Ushbu indeks
har biri alohida baholanadigan ikkita kichik tarkibiy qismdan iborat. Birinchi kichik
tarkibiy qism (qonuniylik) sud tizimining kuchini va betarafligini (xolisligini),
ikkinchi kichik tarkibiy qism (huquqiy tartib) esa jamiyat tomonidan qonunlarga rioya
qilinishi darajasini baholaydi.
Navbatdagi institutsional omil – korrupsiya darajasi. Korrupsiya fuqarolar bilan
amaldorlar o‘rtasidagi axborot assimmetriyasining yuqori darajasi tufayli yuzaga
keladigan amaldorlar noqonuniy xatti-harakatiningbir turini o‘zida namoyon etadi.
Transparency
International
(Transparency
International’s
Corruption
Perceptions Index) xalqaro mustaqil tadqiqot tashkilotining mahsuli hisoblangan
korrupsiyani qabul qilish indeksi korrupsiya darajasini tavsiflovchi eng keng
qo‘llaniladigan ko‘rsatkich hisoblanadi. Indeks mustaqil nufuzli tashkilotlar
140
tomonidan o‘tkaziladigan turli baholashlar va biznes-so‘rovlarni birlashtiradi. U
korrupsiyaning ma’muriy va siyosiy jihatlari haqidagi axborot taqdim etadi. Indeksni
hisoblash uchun foydalanilgan baholashlar va so‘rovlar amaldorlar o‘rtasidagi
poraxo‘rlikka,
davlat xaridlari chog‘idagi ko‘zbo‘yamachiliklarga, davlat
mablag‘larining sarflab yuborilishiga hamda korrupsiyaga qarshi kurashish
borasidagi hukumat sa’y-harakatlarining samaradorligini baholashga taalluqli
masalalarni o‘z ichiga oladi.
Yana bir omil – bu axborotning ochiqligi va jamiyatda yuz berayotgan
jarayonlarning oshkoraligi. Mazkur omilni ma’lum darajada International Country
Risk Guide modelining davlatning aholi oldidagi javobgarligi darajasini o‘lchovchi
indeksi (Democratic Accountability)dan foydalangan holda baholash mumkin bo‘lib,
bunda ushbu indeks qanchalik kichik bo‘lsa hukumatning (demokratik jamiyatlarda
tinch yo‘l bilan va nodemokratik jamiyatlarda harbiy yo‘l bilan) almashishi ehtimoli
shunchalik katta.
Ushbu tahlillar quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi:
1.
Iqtisodiy o‘sishning institutsional omillarini baholash imkoniyatlari alohida
omillar
o‘rtasida noteng taqsimlangan: xalqaro tadqiqotlar bir turdagi
o‘zgaruvchilarga turli baholarni beradi, ayni paytda boshqa o‘zgaruvchilar chetda
qoladi; shuning uchun biznes-tuzilma, fuqarolik jamiyati va jamiyatda axborotning
ochiqligi kabi omillarni baholash eng katta qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
2.
Iqtisodiy o‘sishning institutsional omillari tizimi Worldwide Governance
Indicators va International Country Risk Guide indekslari turkumlaridan foydalangan
holda eng to‘liq baholanadi. Ushbu modellar tarkibiy qismlari bir yo‘la bir necha
omillarni o‘lchash uchun foydalanilishi mumkin. Shuning uchun, bizning
nazarimizda, aynan mazkur turkumlar indekslaridan institutsional omillar tizimiga
inkor etilmaydigan va to‘liq bahoni berish uchun foydalanish zarur.
Dostları ilə paylaş: |