2016-2020-yillarda
xizmatlar
sohasini
rivojlantirish dasturi
xizmatlar sohasi faoliyatini balansli rivojlantirish va
diversifikatsiyalashni ta’minlash, ular kо‘rsatadigan xizmatlarning raqobatbardoshligi
va sifatini oshirish maqsadida qabul qilingan.
Dasturga kо‘ra, xizmatlar sohasini rivojlantirish hisobiga yalpi ichki mahsulotni
kо‘paytirish, uning respublika iqtisodiyotidagi ulushini 2016-yilda 48,7 foizga
oshirish (2015-yilda 47,5 foiz) kо‘zda tutilgan. Unga kо‘ra, xizmatlar sohasi har yili
11-13 foizlik о‘sishni qayd etishi kо‘zda tutilgan.
153
Dasturda 2020-yilga borib qishloq joylarda xizmatlarni 1,8 foizga о‘stirish
belgilangan. Shuningdek, hukumat 2020-yilga borib aloqa va axborotlashtirishning
respublika iqtisodiyotidagi ulushini 2,5 foizga yetkazishni rejalashtirgan.
Shuningdek,
dastur
muhandislik-kommunikatsiya,
yо‘l-transport
infratuzilmasini rivojlantirish, tarmoqlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish hisobiga xizmatlar sohasini, tarkibiy о‘zgartirishlarni
jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, raqobat muhitini shakllantirish,
kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirishga kо‘maklashish
maqsadlariga yо‘naltirilgan.
2020-yilga kelib mobil foydalanuvchilari sonini ichki yangi baza stansiyalarini
joriy etish evaziga 27 mln nafarga yetkazishni mо‘ljallamoqda.
Shu о‘rinda, mobil aloqa 2015-yilga qaraganda uch baravar ortadi, har yilgi
kо‘tarilish kо‘rsatkichi 27 foizni tashkil etadi.
UzMobile 3,7 ming yangi baza stansiyasi, Ucell — 969 stansiya, Beeline esa 1,2
ming stansiya qurishni rejalashtirgan.
Bundan tashqari, jamoat joylarida, xususan, mehmonxonalar, aeroport va
otellarda Wi-Fi tarqatish uchun routerlar о‘rnatiladi.
"О‘zbekiston havo yо‘llari" milliy aviakompaniyasi 2016-2020-yillarda
yо‘lovchi tashish hajmini 1,3 baravar oshiradi va yiliga 3,3 million nafarga yetkazadi.
О‘sish yangi rentabelli yо‘nalishlarni yо‘lga qо‘yish, charter reyslarni
kengaytirish hamda “О‘zbekiston havo yо‘llari”ning hamkorlari yо‘nalishlaridan
foydalanish hisobiga amalga oshiriladi.
Aviakompaniya Janubiy-Sharqiy Osiyo, MDH va Yevropa mamlakatlariga о‘z
aviaparkida amalga oshirilgan yangilanishlar evaziga yangi reyslar qо‘yishni
rejalashtirgan.
“О‘zbekiston havo yо‘llari” MAK 2017-yilda bitta Mi-8 vertolyotini qabul qilib
olishni rejalashtirgan.
Samarqanddagi “Samauto” MCHJda ishlab chiqarilgan 200 ta “Isuzu” avtobusi
tabiiy gazga о‘tkaziladi. Prognozga kо‘ra, 2017-yilda 250 ta, 2018-yilda 300 ta,
2019-yilda 350 ta avtomobil gaz yonilg‘isiga о‘tkaziladi. 2020-yilgacha avtomobil
154
zavodining konveyeridan yiliga tabiiy gazda ishlovchi 1100 ta yо‘lovchi avtobusi
chiqadi.
Dasturga kо‘ra, О‘zbekistondagi banklar xizmat sohasidagi korxonalarni 2016-
yilda 1,797 trln sо‘m miqdorida moliyalashtiradi. 2020-yilga borib esa bu kо‘rsatkich
2,631 trln sо‘mga yetadi.
О‘zbekiston tijorat banklari 2016-yilda xizmat kо‘rsatish sohalari – aloqa va
axborotlashtirish, moliyaviy va transport, turar-joy va ovqatlanish, savdo, ta’lim,
sog‘liqni saqlash va boshqa xizmat kо‘rsatish sohalarini rivojlantirish maqsadida 1,8
trillion sо‘m atrofida kredit mablag‘lari ajratiladi. Dasturga binoan yildan yilga
ajratiladigan kreditlar 10 foizga oshib boradi va 2020- yilga kelib 2,6 trillion sо‘mni
tashkil etadi.
2016-2020-yillarda dastur doirasida О‘zbekistonning turli hududlarida jami 30
ta kemping, 50 ta mehmonxona va 20 ta pansionat barpo etilishi rejalashtirilmoqda.
Unga kо‘ra, 2016-yilda davlat strukturasida 15 ta, 2017-yilda 35 ta, 2018-yilda
35 ta va 2019-yilda yana 15 ta obyekt barpo etiladi.
Qishloq mintaqalarida agroturizmni rivojlantirish maqsadida yuzlab kempinglar
qurilishi
kо‘zda
tutilgan. Dasturga kо‘ra, О‘zbekistonda meva-sabzavot
mahsulotlarini saqlash uchun 2016-yilda 62 ming tonnalik, 2017-yilda 64 ming
tonnalik, 2018-yilda esa 65 ming tonnalik, 2019-yilda 66 ming tonnalik, 2020-yilda
68 ming tonnalik muzlatgich kameralari qurish rejalashtirilgan.
Qishloq hududlarida maishiy xizmat kо‘rsatish bilan shug‘ullanadigan yakka
tartibdagi tadbirkorlar 3 yilga belgilangan soliq tо‘lovlaridan ozod etiladi.
Chekka va qishloq hududlarida kir yuvish xizmatlarini taklif etadigan
mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar besh yilga yagona
soliq tо‘lovi va belgilangan soliqdan ozod etiladi.
Quyidagi yо‘nalishlarda xizmat kо‘rsatadigan yuridik shaxslar 3 yil muddatga
daromad solig‘i va yagona soliq tо‘lovidan ozod qilinadi:
1. Moliya, bank xizmatlari:
a) lizing xizmatlari;
b) sug‘urta bozorining professional ishtrokchilari xizmatlari ;
155
v) auditorlik xizmatlari;
g) buxgalteriya hisobini yuritish xizmatlari ;
d) mikrokreditlar taqdim etish xizmatlari;
y) soliq maslahatchilari tashkilotlari kо‘rsatadigan xizmatlar.
2. Maishiy xizmatlar:
a) poyabzal va teri mahsulotlarini tuzatish xizmatlari;
b) soatlarni tuzatish xizmatlari;
v) maishiy elektron va elektrik moslamalar (televizor, kompyuter, printer
texnikasi, sovutkich, konditsioner va boshqalar)ni tuzatish va texnik xizmat
kо‘rsatish;
Dostları ilə paylaş: |