158
hajmiga kutilayotgan daromad normasi ham ta’sir ko‘rsatadi, chunki ko‘rilayotgan
foyda investitsiyalashga undaydi. Kutilayotgan foyda normasi qanchalik yuqori
bo‘lsa, investitsiyalash hajmi shunchalik yuqori bo‘ladi, va aksincha.
Investitsiyalar xajmiga ssuda foizi stavkasi katta ta’sir ko‘rsatadi, chunki
investitsiyalash jarayonida qarzga olingan mablag‘lardan ham foydalaniladi. Agar
kutilayotgan sof foyda normasi o‘rtacha ssuda foizi stavkasidan yuqori bo‘lsa bu
qo‘yilmalar investor uchun daromadlidir. Shuning uchun o‘rtacha foiz stavkasini
o‘sishi investitsiyalash jarayonini susayishiga olib keladi.
Investitsiyalar hajmiga kutilayotgan inflatsiya sur’atlari ham o‘z ta’sirini
o‘tkazadi. Bu ko‘rsatkich qanchalik yuqori bo‘lsa investorning kelajakdagi foydasi
shunchalik qadrsizlanadi va investitsiyalarni rag‘batlantiruvchi omillar qisqarib
boradi.
Makroiqtisodiy tahlilda investitsiyalar dinamikasini belgilovchi omil sifatida
real foiz stavkasi qaraladi. Real foiz stavkasi ortishi bilan investitsiyalar hajmi
kamayishini kuzatishimiz mumkin. Chunki investorlar uchun qarz bahosi ortib, ular
ko‘rsatadigan foyda normasini pasaytirib qo‘yadi.
Avtonom investitsiyalarning grafigi investitsiyalar hajmi foiz stavkasi
dinamikasiga teskari proporsional tarzda o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Avtonom invstitsiya funksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega:
Dostları ilə paylaş: