O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

ikkinchi bir yo‘nalish 
alohida sohalar, iqtisodiyot sektorlari va investitsiya obyektlarining investitsion 
jozibadorligi omillarini tahlil qilishga asoslanadi. Bu esa makro va mikro darajalarda 
maqbul shartlar to‘plamini shakllantirishga imkon beradi. Tadqiqotlarda “investitsion 
jozibadorlik” tushunchasini turlicha talqini duch keladi. Investitsiya qilish obyektiga 
nisbatan u “investitsiya obyektining faoliyatini iqtisodiy natijalari negizida 
investorning maqsadlariga kafolatli, ishonchli va o‘z vaqtida erishish” imkoniyati 
sifatida tushuniladi. 
Investitsion jozibadorlikni investitsiya jarayonining alohida ma’lum obyektiga 
investitsiyalarning nafligi (samarasi) sifatida talqin etish mumkin. Shu bilan birga, 
“naflik” to‘g‘risidagi tushunchalar va investitsiyalarning nafligi – investitsion 
jozibadorlik tushunchalari sezilarli farqga ega. Investitsion jozibadorlikni baholash 
jarayoni me’yor va qoidalari bir biriga o‘z ta’sirini ko‘rsatadigan har darajada bir 
biriga bo‘ysunadigan baholash institutlarining tizimi bilan ifodalanadi.
Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida chet el 
mablag‘lari uchun iqtisodiyotning investitsion jozibadorligini aniqlovchi beshta omilni 
ajratish mumkin, garchi ularning har birining ahamiyati turlicha bo‘lsa ham ular 
ko‘pgina mamlakatlar uchun umumiydir: malakali ishchi kuchining mavjudligi; uzok 
muddatli rejalarda mamlakat bozorining sig‘imliligi va miqdori; mamlakatning jug‘rofiy 
joylashishi; boy tabiiy resurslarning mavjudligi; davlat boshqaruv organlarining siyosati 
va harakatlari. O‘zbekistonda ushbu omillar mavjudligini hozirgi kunda mamlakatimizga 
jalb etilayotgan investitsiyalar hajmini barqaror o‘sib borayotganligi isbotlaydi. 
 
Qisqacha xulosalar 
Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko‘paytirishga, 
ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi 
ko‘rinishidir.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin