O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

 
Investitsiya siyosati
 – 
bu, investitsiya resurslarini shakllantirish va ularning 
kerakli sohalarga yuborilishini ta’minlashga qaratilgan siyosat. 


177 
Investitsiya dasturi - bu respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy 
rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral xomashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat 
resurslari kabilardan oqilona foydalanish yo‘li bilan respublikaning ayrim tarmoqlari 
va mintaqalarini tarkibiy o‘zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik 
vazifalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan chora-
tabdirlar kompleksidir. 
Nazorat va muhokama uchun savollar: 
1.
Davlatning investitsiya munosabatlarni tartibga solishi qanday usullar orqali 
amalga oshadi? 
2.
Investitsiya funksiyasi va avtonom investitsiya nima? 
3.
Investitsiya siyosatining mohiyati va ularni tadbiq etish yo‘llari qanday? 
4.
O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishida investitsiyalarning o‘rni nimalardan 
iborat? 
5.
Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari nimalar? 


178 
10-BOB. XUSUSIYLASHTIRISH, MONOPOLIYAGA QARSHI 
SIYOSAT VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI 
10.1.
 
Davlatning monopoliyaga qarshi aralashishining 
obyektiv zaruriyati 
Bozor iqtisodiyotida har kimning farovonligi bozorda o‘ziga qarashli tovarni: 
o‘z ishchi kuchini, malakasini, o‘zi ishlagan buyumni, xususiy yer uchastkasini yoki 
tijorat operatsiyalarini tashkillashtirish mahoratini va shu kabilarni qanchalik 
muvaffaqiyatli sotaolishi bilan aniqlanadi. Kim xaridorga eng yaxshi tovarni va eng 
nafli shartlar bilan taklif qilsa, u raqobatda yutib chiqadi va farovonligini oshirishga 
o‘zi uchun yo‘l ochib beradi. Iqtisodiyotda raqobat ruxi taraqqiyotning yordamchi 
“dvigateli” (harakatga keltiruvchi omili) bo‘lib xizmat qiladi va insonlarning xo‘jalik 
faoliyati shakllarida sezilarli iz qoldiradi. Raqobatchilar bilan bo‘lgan iqtisodiy 
vaziyat ko‘pincha asosli ravishda “kurash” so‘zi bilan ta’riflanadi, adabiyotda 
bozorning har xil modellarida turlicha namoyon bo‘ladigan “raqobat kurashi” ifodasi 
odatdagidek bo‘lib qoldi. 
Xo‘jalik subyektlari ixtiyorida bo‘lgan monopollik hukmronligi darajasiga 
bog‘liq ravishda quyidagi bozor modellarini (strukturasini) ajratib ko‘rsatishadi: 1) 
mukammal raqobat bozori; 2) monopolistik raqobat; 3) oligopoliya: 4) sof 
monopoliya. Agar nomlangan strukturalarning birinchisida firmalar xech qanday 
monopoliya hukmronligiga ega bo‘lmasalarda, to‘rtinchisida – bir firma bozorda 
absolyut monopollik holatini amalga oshiradi. 
Monopollikka qarshi siyosat monopoliya bozor raqobatini siqib chiqarishi 
natijasida jamiyat iqtisodiy va o‘zga talofatlar ko‘radi degan xulosaga asoslanadi. 
Demak, jamiyat monopoliya taraqqiyotiga to‘siq bo‘lishi yoki u bor joyda uning 
faoliyatini to‘xtatishga yordam berishi orqali iqtisodiy foyda oladi. Amaliyotning 
ko‘rsatishicha, ayrim firmalar monopollik xukmronligining kuchayishi ijtimoiy 
talofotlarga olib keladi: birinchidan, bu talofotlar iste’molchilarga firma-
monopolistlar mahsuloti uchun raqobat bozorlaridagi xuddi shunday tovarlarga 
qaraganda ancha yuqori narxlar to‘lashlarida namoyon bo‘ladi; ikkinchidan, firma 


179 
tomonidan monopollik xukmronligini egallash ko‘pincha yuqori narxlarni ushlab 
turish maqsadida tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni rejalashtirilgan 
cheklanishiga olib keladi, bu esa monopoliya resurslarni turli tarmoqlar orasida 
samarasiz taqsimotini tug‘dirishini anlatadi; uchinchidan, monopoliya ko‘pincha 
ishlab chiqarishning texnik turg‘unligiga, mahsulot sifatining, mehnat sharoitining 
yomonlashishiga va shu kabilarga olib keladi.
Monopolizmning iqtisodiyotdagi bu va boshqa salbiy tomonlari davlatlarni 
monopollikka qarshi siyosatni ishlab chiqishga va qo‘llashga majbur qiladi – 
monopolistik faoliyatni ogohlantirish, cheklash va to‘xtatishga yo‘naltirilgan davlat 
hokimiyatining kompleks chora-tadbirlari, bozorning barcha xo‘jalik subyektlarini 
imkon darajasida teng raqobat sharoitlari bilan ta’minlash va insofsiz raqobat 
kurashiga yo‘l qo‘ymaslik. 
“Monopoliya” atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya’ni, 
grekcha “monoc” - yagona, bitta va “poleo” - sotaman) tarkib topsada, biroq uning 
iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani quyidagicha 
ta’riflash o‘rinli deb hisoblaymiz: monopoliya – monopol yuqori narxlarni o‘rnatish 
hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit 
makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, 
korporatsiyalar)ning birlashmalari.
38
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning 
to‘planishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning to‘planishi ishlab chiqarish vositalari, 
ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda 
to‘planishini namoyon etadi. 
Ishlab chiqarish to‘planishining asosiy sababi bo‘lib olinayotgan foyda 
hajmining ko‘payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda ko‘paytirib borish 
maqsadida tadbirkor olingan qo‘shimcha mahsulot (foyda)ning bir qismini 
kapitallashtiradi, ya’ni unga qo‘shimcha ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi 
38
Bu mazmundagi ta’riflar quyidagi manbalarda ham berilgan: Шишкин А.Ф. Экономическая теория: Учебное 
пособие для вузов. 2-е изд. Кн.1. – М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 1996, 597-б.; Борисов Е.Ф. 
Экономическая теория: учеб. – 2-е изд., перераб. и доп. - М.: ТК Велби, Изд-во Проспект, 2005, 208-б.; Основы 
экономической теории. Политэкономия: Учебник /Под ред. д-ра экон. наук, проф. Д.Д.Москвина. Изд. 3-е, 
исправл. – М.: Едиториал УРСС, 2003, 499-б. 


180 
sotib oladi. Bu esa ba’zi bir korxonalarning o‘sishi hamda ishlab chiqarish 
miqyoslarining kengayishiga olib keladi. Shu bilan birga raqobat amaldagi 
kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish tendensiyasini 
keltirib chiqaradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish to‘planishining moddiy asosi bo‘lib 
kapitalning to‘planishi va markazlashuvi hisoblanadi. 
Kapitalning to‘planishi – bu qo‘shimcha qiymatning bir qismini jamg‘arish 
(kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishidir. Bu jarayon quyidagi 
ko‘rsatkichlar orqali tavsiflanadi: korxonadagi ishlovchilar soni, korxonaning ishlab 
chiqarish quvvati, qayta ishlanayotgan xom ashyo miqdori, tovar aylanmasi hajmi, 
foyda hajmi. 
Kapitalning to‘planishi kapitalning markazlashuvi jarayoni bilan yanada 
to‘ldiriladi. Kapitalning markazlashuvi – bu bir kapital tomonidan boshqa birining 
qo‘shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aksiyadorlik jamiyati 
shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o‘sishidir. 
Monopoliyalarning turlarini bir necha mezonlarga ko‘ra ajratish mumkin. 
1. Bozorni qamrab olish darajasiga ko‘ra: sof monopoliya, oligopoliya va 
monopsoniya. 
2. Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko‘ra: tabiiy monopoliya, 
legal monopoliya, sun’iy monopoliya. 
Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy tomoni 
mavjud. Uning ijobiy tomoni asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon bo‘ladi: 
1) monopoliya ma’lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va 
xarajatlarning tejalishiga olib keladi; 
2) monopolist bo‘lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalariga nisbatan 
monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini 
joriy etish uchun ko‘proq rag‘bat va imkoniyat mavjud bo‘ladi.
Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jixatlarni ko‘rsatish mumkin: 
1) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi;
2) daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi;
3) iqtisodiy turg‘unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi;


181 
4) iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to‘sib qo‘yilishi.
Bundan ko‘rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishiga ancha jiddiy 
ta’sir ko‘rsatishi, taraqqiyot yo‘liga g‘ov bo‘lishi ham mumkin. Shunga ko‘ra, 
bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlat 
tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo‘llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat 
deb ataladi.
Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lishini taqozo 
qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo‘lishi 
mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda 
raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi. 
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr 
davomida, o‘z-o‘zidan, evolyusion yo‘l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin erkin 
raqobat muhitini keltirib chiqargan. 
Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat 
cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham 
qatnashadi. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidek, davlatning monopoliyalarga qarshi 
siyosatida o‘z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning 
monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat 
muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo‘lganda qaytadan tiklash, 
raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan 
mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respublikada sog‘lom raqobatga shart-sharoit 
hozirlash, 
iqtisodiy 
subyektlar 
mustaqilligini 
kengaytirish 
orqali 
ularni 
raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-
tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin