187
rivojlantirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni jalb etish maqsadida
xususiylashtirilgan ob’yektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi.
Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining boshlang‘ich narxlarini
sekin-asta pasaytirib borish hamda davlat, iqtisodiy nochor korxonalarni va past
likvidli ob'yektlarni nol darajadagi xarid qiymati bo‘yicha tanlov asosida investisiya
majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlandi.
2015- yildan korporativ yoki aksiyadorlik birlashmalarimiz faoliyati
samaradorligini tanqidiy baholash dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo‘yildi. Bu
o‘z navbatida xususiylashtirish jarayonlarining yangi 6- bosqichi boshlangani bilan
izohlanadi. Bunda, istiqbolda, samarasiz davlat korxonalarini tugatib, ularni jumladan
ochiq va oshkora savdolar orqali tegishli investitsiya majburiyatlari bilan “nol”
qiymatida sotish orqali to‘liq xususiy mulk shakliga o‘tkazish zarur.
Korporativ boshqaruv, bu firma, kompaniya, tashkilotlarni boshqarish. Bu
boshqaruvda birgalikda tovar yoki xizmat bozorlariga kirib borish, unda o‘z – o‘zini
topib, mavqeyini mustahkamlash, raqobat kurashida g‘olib chiqib, ishlab chiqarish
hajmini tartibga solib kengaytirish. Boshqaruv mexanizmi ko‘p va sifatli mahsulotni
kam xarajat bilan ishlab chiqish, mahsulot tannarxini kamaytirish, xom ashyo,
material, energiya, yoqilg‘i va pul mablag‘larini tejashni iqtisodiy maqsadga
muvofiqlikni ta’minlaydi.
Davlat aktivlarini “nol” harid qiymati bo‘yicha sotishda oluvchi oldi-sotdi
shartnomasida ko‘rsatilgan ma’lum investitsion majburiyatlarni, jumladan, obyektni
tiklash, yangi texnologiyalar kiritish, ishlab chiqarish vositalarini modernizatsiya
qilish, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish kabi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.
Obyektni “nol” qiymatida sotib olgan investorga – korxonani modernizatsiya qilishni,
texnik va texnologik qayta jihozlashni nazarda tutuvchi olingan investitsiya
majburiyatlari bajarilgandan keyin hamda raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish
va (yoki) xizmatlar ko‘rsatish boshlangandan keyin beriladi.
Dostları ilə paylaş: