O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

 
10.2.
 
Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishning mohiyati, 
shakllari va usullari 
Xususiylashtirish – iqtisodiy tushuncha bo‘lib, mulkka egalik huquqini 
davlatdan firmalar va alohida shaxslarga berilishi, xususiy sektorga davlat xizmatlari 


182 
ko‘rsatilishini cheklashni yoki xususiy tashabbuskorlik uchun keng imkoniyatlar 
berish 
maqsadlarida 
davlatning 
faoliyat 
sohasini 
toraytirishni 
bildiradi. 
Xususiylashtirishda ikki asosiy vazifani hal etishdan iborat: 
1.
Mulk o‘zining huquqiy egasini topadi; 
2.
Xususiylashtirish ko‘p ukladli iqtisodiyotni va rag‘batlantiruvchi raqobatni, 
turli mahsulot ishlab chiqaruvchi muhitni vujudga keltiradi. 
Shakllanayotgan xususiy mulk ikki turdan iborat: 
1.
Yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlarning, dehqon va 
fermerlarning xususiy mulki. 
2.
Aksiyadorlar jamiyatlaridagi aksiyalar, uyushmalardan iborat bo‘lgan 
koperativ xususiy mulk. 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish 
xususiylashirishdan tashqari, bu mulk 
hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirishni ham ko‘zda tutadi. 
U bir qator yo‘llar bilan amalga oshiriladi: davlat korxonalarini hissadorlik 
jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish; 
mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher) bo‘yicha fuqarolarga bepul 
berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat 
korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat 
mol-mulkini auksionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k. 
Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo‘lib, ularni 3 guruhga ajratish 
mumkin: 1) davlat mulkini bepul bo‘lib berish orqali xususiylashtirish; 2) davlat 
mulkini sotish orqali xususiylashtirish; 3) davlat mulkini bepul bo‘lib berish hamda 
sotishni uyg‘unlashtirish orqali xususiylashtirish. 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ko‘rsatib o‘tilgan 
yo‘llari hamda usullaridan qaysi birini tanlash undan kutilgan maqsadga bog‘liq. 
Masalan, Rossiyada davlat mulkini vaucher orqali bepul taqsimlash usuli qo‘llanildi. 
Bundan ommaviy xususiylashtirishdan ko‘zlangan maqsad qisqa muddat ichida 
cheklar bozorini joriy etish hisobiga mulkdorlarning g‘oyat keng qatlamini vujudga 
keltirishdan iborat edi. Agar tadbirkorlikni rag‘batlantirish ko‘zda tutilsa, 
xususiylashtirish tanlab olingan ozchilik o‘rtasida o‘tkaziladi. Agar xususiylashtirish 


183 
chetdan kapitalning kirib kelishiga, yo‘l ochishi zarur bo‘lsa, davlat mulkini xorijiy 
tadbirkorlarga berish shaklida amalga oshiriladi. Mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarishda ayrim usullarga ustuvorlik berish boshqa usullarni qo‘llashni rad 
etmaydi, aksincha, ularni ham qo‘llash zarurligini bildiradi. Masalan, korxona 
jamoasiga ustunlik berilib, davlat mulkini aksiyalashtirish, bu aksiyalarni sotib 
olishda shu jamoadan tashqari kishilar va chet el kapitalining ishtirok etishi ham 
bo‘lishi mumkin. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish sharoitga qarab pulli, pulsiz 
yoki imtiyozli tarzda o‘tkaziladi. O‘z shakli va usulidan qat'i nazar bu tadbir xilma-xil 
mulkchilikni vujudga keltirishni ta'minlaydi, chunki davlat mulki hisobidan nodavlat 
mulkining barcha shakllari va turlari rivojlanadi. 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkchilikning 
rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan davlatning monopol hukmronligiga chek
qo‘yib, jamiyatda faollik ко'rsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbusaga keng yo‘l va 
imkoniyatlar ochib berishdan iborat. Aslida xususiylashtirish iqtisodiyotning davlat 
zimmasidan soqit qilish yo‘llaridan biri bo‘lib, davlat mulkini ma'lum darajada 
haqiqiy egalari - fuqarolarga berish demakdir. Ko‘pincha xususiylashtirish - bu davlat 
mulkini ishlovchilarga berish, deb talqin qilinadi. Aslida mamlakatning barcha 
aholisiga davlat mulkini bo‘lib berib bo‘lmaydi, bunda aholining hammasi mulkka 
ega bo‘lib, ishlab chiqarishni tashkil etish, uni boshqarish ishlab chiqarish hamda 
mahsulotni ayirboshlash kabi mashaqqatli ishlarni o‘z zimmasiga olavermaydi. 
Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqansh jarayonida, avvalombor, 
xususiylashtirish yo‘li bilan yaxshi iqtisodiy natijalarga erishgan mamlakatlar 
tajribasidan to‘laroq foydalanish va ular yo‘l qo‘ygan xatolar takrorlanmasligi 
kerakki, bu bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishini ta'minlashi mumkin. 
Xususiylashtirishni amalga oshirish uchun davlat mulkini xususiylashtirishning keng 
ko‘lami dasturini ishlab chiqarish zarur. 
Huquqiy jihatdan xususiylashtirilgan barcha korxonalarga erkin iqtisodiy 
xo‘jalik yuritish huquqi berilishi va davlat sektori bilan teng imkoniyatlargа еgа 
bo‘lishi kerak. Davlat sektoriga nisbatan bu korxonalarga soliqlarni birmuncha 
kamaytirish va ayrimlarini ma'lum muddatga soliqdan ozod qilish zarur. 


184 
Xususiylashtirish natijasida aholi orasida ijtimoiy jihatdan tabaqalanish yuz 
beradi va kishilarning bajargan ishiga qarab oladigan haqi turlicha bo‘lib, aholining 
daromadlarida ham tabaqalanish yuz beradi. Kishilar turli sohalarda, masalan, 
biznesda turli shakllardagi mulkka еgа bo‘lib, акsiуа sotib olish va korxona mulkida 
o‘z hissalarini oshirib borishga harakat qiladilar. 
Xususiylashtirish orqali korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib, ma'lum 
jamoa va shaxslarga sotilgandan keyin faoliyatlarini bozorning shafqatsiz raqobat 
qonunlari asosida tashkil etadi. Bozor korxonalarining yashovchanligini va ularni 
doimo raqobat kurashida o‘z manfaatlarini himoya qilishga majbur etadi. Mabodo 
korxona raqobat kurashiga dosh berolmay sinsa, oldingi davrdagidek davlat 
byudjetidan mablag‘ hisobiga uni saqlab qolish hollariga xususiylashtirish orqali 
barham beriladi. 
Xususiylashtirish mulkning bir shaklidan ikkinchi shakliga o‘tishni aks 
ettirmasligi kerak, balki xususiylashtirish oldiga qo‘yilgan vazifa katta bo‘lib, ya'ni 
xususiylashtirish orqali avvalo barcha sohani o‘z qaramog‘ida turli uslublar orqali 
birlashtirib turgan davlat hukmronligini iqtisoddan ajralish uchun bir qancha 
tadbirlarni ishlab chiqish kerak bo‘ladi. 
Birinchi Prezidentimiz iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishda quyidagi 
ustuvor vazifalar belgilab berdi: 
1.
Xususiylashtirishni yanada chuqurlashtirish va amalda mulkdorlar sinfini 
shakllantirish. 
2.
Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish.
Bu vazifalar Prezidentning 1994-yil 21-yanvardagi: “Iqtisodiy islohotlarni 
chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni 
rivojlantirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilab berildi.
2001-2005-yillarda xususiylashtirish jarayonida, ya’ni iqtisodiy islohot xususiy 
mulk 
davlat 
tasarrufidan 
chiqarilib 
xususiylashtirilganida 
ular 
yanada 
chuqurlashtirildi, davlat aralashuvi cheklab borildi. Chet el sarmoyalari jalb qilindi. 
2005 
– 2010-yillarda iqtisodiyot, xususiy mulkni deversifikatsiyalash, 
modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni lokalizatsiyalash masalalari kiritildi.


185 
O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga 
yondashuvning muhim xususiyati – uni dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga 
oshirishdan iborat. 1992-1993-yillar xususiylashtirishning 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin