186
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning va xususiylashtirishning bu bosqichda
ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov
asosida hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. Ko‘chmas mulk
va qimmatli qog‘ozlar bozorining yangi muassasalari barpo etildi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan samara
ikki yoqlama tavsifga еgа. Bir tomondan, u aholining bo‘sh turgan mablag‘larini
o‘ziga
jalb qilib, ularning bozorga taziqini pasaytiradi. Ikkinchi tomondan, yangi
mablag‘larni ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida
raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu yerda shuni ta'kidlash lozimki,
xususiylashtirish
iqtisodiyotning
davlatga
qarashli
bo‘lmagan
sektorini
shakllantirishning yagona yo‘li emas. Tashabbuskorlik asosida yakka tartibdagi
xususiy
mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli xil kooperativlar, shirkatlar,
ma'suliyati cheklangan jamiyatlar ko‘rinishidagi kichik va o‘rta
korxonalarni tashkil
qilish - ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi.
Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirishning
Dostları ilə paylaş: