turmush darajasi
–
bu jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanishi darajasi, qondirilganlik
miqyosi va ularni qoniqtirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettirruvchi
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Bunday talqin turmush darajasining sifat
va miqdor ko‘rsatkichlarini yanada to‘laroq ifodalashga imkon yaratadi.”
1
40
Ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan zarur kafolatni ta’minlash, aholi turmush
darajasini baholash va bu borada izlanishlar o‘tgan XX asrning 20-yillarida
boshlanib, bu izlanishlar deyarli obyektiv xarakterga ega bo‘lgan.
Ideologik nuqtai
nazardan, keyingi yillarda bunday aholi turmush darajasini obyektiv baholash
ma’lum darajada o‘zgardi. Bundan tashqari, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti
davrida iqtisodiyotning rivojlanish ko‘rsatkichlari tizimini yoritishda asosiy e’tibor
ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga qaratilib, boshqa iqtisodiy jarayonlar-
40
Ishmuhammedov A.E., Kalanova A.Z., Sunnatov M.N., Ijtimoiy soha iqtisodiyoti. // Darslik – T.: TDIU, 2007-yil,
165b
201
shaxsiy iste’mol, aholi turmush darajasi, xalq farovonligiga kam ahamiyat berilgan.
Bularning hammasi bu sohada bo‘layotgan izlanish sur’atlarida, ko‘rsatkichlar tizimi
rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.
Aholi turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimining rivojlantirish
borasida muhim o‘rinni yagona shaxsdan, oila, uy xo‘jaligiga o‘tish egalladi. Bu
1994-yilda milliy hisoblar tizimi metodologiyasining qabul etilishi bilan bog‘liq
bo‘lib, ilk bor makroiqtisodiy tuzilmada aholi to‘laqonli subyekt sifatida o‘z o‘rnini
topdi.
Aholi turmush darajasi, daromadlari, imkoniyatlari, iste’mol va iste’mol
talablarining qondirilishi darajasida obyektiv talqin etish muammosi dolzarb sanaladi.
Bu muammo na nazariy va na metodologik tomonlama hali yaxshi o‘rganilmagan.
Jahon iqtisodchilari tomonidan aholi turmush darajasini har tomonlama aniq
ta’riflovchi ko‘rsatkichlar metodikasini, umumlashtiruvchi ko‘rsatkichini aniqlashga
ko‘p xarakat qilishgan.
41
Rivojlangan davlatlarda aholi turmush darajasini baholash-
aholi daromadlari, oziq-ovqat iste’moli, uy-joy shart-sharoitlari, ko‘rsatkichlarini
tahlil qilish orqali oshiriladi.
BMT tavsiyasiga ko‘ra aholi turmush darajasini har tomonlama to‘liq
xarakterlash
uchun
quyidagi
ko‘rsatkichlardan
foydalanish
zarur.
Ushbu
ko‘rsatkichlar 12 guruhga ajratilgan:
1.
Mamlakatdagi demografik sharoit: tug‘ilish, vafot etish va boshqalar.
2.
Turmush sharoitida sanitariya –gigiyenik holat;
3.
Oziq-ovqat tovarlari iste’moli.
4.
Uy-joy bilan ta’minlanish darajasi.
5.
Fan va madaniyat
6.
Mehnat sharoiti va bandlik
7.
Aholi daromadlari va xarajatlari
8.
Turmush qiymati va iste’mol baholari.
9.
Transport vositalarining mavjudligi
10.
Dam olishni tashkil etish;
2
Ключкова М.С. Демография: Учебное пособие. –М: Издательство РИОР, 2008 г, с 150.
202
11.
Inson huquqi.
12.
Ijtimoiy ta’minot.
BMT statistika komissiyasi aholi turmush darajasini baholashni aholi yashash
sharoiti, iste’mol darajasi, bandlikni ta’minlash, inson erkinligi tomonlama qarashga
tavsiya etadi. Shuningdek, BMT joriy turmush darajasini alohida ijtimoiy indikatorlar
yordamida –inson barkamolligi indeksi yordamida yoritishi tavsiya etadi.
Davlat nazariyasi va amaliyotida aholi turmush darajasi ko‘pincha erishilgan
daromad darajasi, moddiy ne’mat va xizmat iste’moli xarajati, daromad bo‘yicha
tabaqalashuvchanligi bilan baholanadi. Kambag‘allik esa iste’mol savatchasini
baholash hamda minimal ish haqi bilan o‘lchanadi.
O‘zbekistonning xarakterli demografik xususiyati shundaki, unga aholi
o‘sishining yuqori sur’atlari xos. Keyingi yillarda aholi tabiiy o‘sishining bir qadar
pasayishiga qaramasdan bu ko‘rsatkich Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari
orasida eng yuqorilardan biri bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekistonda ijtimoiy-demografik holatga turli omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Ularning orasida asosiylari-jamiyatning asosi sifatida kuchli oila instituti, aholi
o‘sish darajasining kamayishi, o‘rtacha xayot kechirishning uzayishi va boshqalardir.
Mustaqillikka erishilgan paytda O‘zbekistonda shahar va qishloq orasida
sezilarli tengsizlik bor edi. Ijtimoiy va jismoniy infratuzilma qurilish ,asosan,
shaharlarda mujassamlangan edi. Qishloq joylarida tug‘ilish sur’atlarining o‘sishi
ayniqsa yuqori edi.
Shahar va qishloq orasidagi birlamchi tengsizlikning bir necha ko‘rsatkichi bor.
Ushbu tamoyillarga vaqtni o‘tkazmay chek qo‘yish zarurati mavjud. Qishloq aholisi
o‘sish sur’atining balandligi yoshlarning shaharlarga ish topish maqsadida, ommaviy
va betartib ravishda ko‘chishiga olib kelishi mumkin.
Bu asnoda bir necha masalalarni hal qilish zarur: shahar va qishloq joylari
orasida resurslarni taqsimlash tizimini takomillashtirish; qishloq xo‘jalik islohotlarini
o‘tkazish orqali qishloq joylarida iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish; qishloqda bandlik
darajasini u yerda korxonalar barpo etish yo‘li bilan ko‘tarish; shuningdek, qishloq
203
turmush sharoitini yaxshilash uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi infratuzilmani
yaratish.
O‘tgan davrda sog‘liqni saqlash va ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, uy-joy, suv,
gaz bilan ta’minlash va sanitariya sharoitlarini yaratish jihatidan qishloq
infratuzilmasini yaxshilash uchun anchagina xarakatlar qilindi. Turmush darajasining
o‘sishi tibbiy va ijtimoiy ta’minotning yaxshilanishi, tabiatni muhofaza qilish
tadbirlarning yo‘lga qo‘yilishi bilan umumiy o‘lim darajasi ham kamaymoqda.
Har bir insonning moddiy va ma’naviy turmush imkoniyatlari uning
daromadlari darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Inson daromadining darajasi qanchalik yuqori
bo‘lsa, uning o‘z zaruriy ehtiyojlarini qondirish, salomatligini saqlash, dam olishni
tashkil qilish, ma’lumot olish, bo‘sh vaqtini madaniy tarzda o‘tkazish imkoniyatlari
shunchalik ko‘p bo‘ladi.
Daromadlar ehtiyojlarni bevosita qondirish manbai sifatida aholi hayotida katta
rol o‘ynaydi. Budjetning daromad qismi ,asosan, jismoniy va yuridik shaxslardan
olinadigan soliqlardan tashkil topadi va ular ijtimoiy ehtiyojlar uchun sarflanadi, shu
tariqa aholi ehtiyojlari bilvosita qondiriladi.
Nominal va real daromadlar ko‘rsatkichi bilan bir qatorda aholi pulli
daromadlarning xarid qobiliyati ko‘rsatkichi ham alohida olib qaraladi. Bu
ko‘rsatkich aholining tovarlar va xizmatlar sotib olish bo‘yicha potensial
imkoniyatlarni aks ettiradi va aholining o‘rta hisobda jon boshiga to‘g‘ri keladigan
pulli daromadlarning tovar ekvivalenti orqali ifodalanadi. “Jon boshiga to‘g‘ri
keladigan pulli daromadlar pulli daromadlarning jami miqdorini mavjud aholi soniga
bo‘lish orqali hisoblab chiqiladi.”
42
Agar 1991-yilda eng kam ish haqiga Xalqaro mehnat tashkiloti va Jahon
sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga qat’iy muvofiq tarzda hisoblab chiqilgan
iste’mol korzinkasi qiymatining faqat 8 foizini tashkil etadigan tovar va xizmatlarni
xarid qilish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, 2017-yilda bu ko‘rsatkich iste’mol
6
Ishmuhamedov A.E., Kalanova A.Z., Sunnatov M.N. Ijtimoiy soha iqtisodiyoti. // Darslik – T.: TDIU, 2007-yil, 150-
bet.
204
korzinkasining 120 foizdan yuqorini tashkil etdi yoki 15 barobar dan ziyod, eng kam
pensiyaning xarid qobiliyati esa 9 karradan ortiq oshdi.
Uy-joy va kommunal xo‘jalik, yo‘lovchilari transporti, iqtisodiyot, sog‘liqni
saqlash va madaniyat muassasalari tarmoqlarining katta qismi davlat, respublika,
mahalliy va shahar budjetlariga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli mazkur qismning
kattagina hajmi tabiiy shakldagi ijtimoiy transfert hisoblanadi va uni aholining yalpi
daromadlari jumlasiga kiritish to‘g‘ri bo‘ladi.
“Daromad olish uchun mehnat va kapital bozorida ancha hajmda xizmat taklif
etish to‘g‘risida qaror, odatda, oila darajasida qabul qilinadi. Uy xo‘jaliklarining
yalpi daromadi birlamchi va ikkilamchi daromadlardan shakllanadi”
43
. Aholining
turmush darajasini belgilash uchun birinchi navbatda aholining jon boshiga to‘g‘ri
keladigan pul daromadlarini aniqlanishi kerak.
Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) konsepsiyalariga muvofiq, xar bir inson o‘zi
va oilasining salomatligi va farovonligini ta’minlovchi turmush darajasiga (oziq-
ovqat, kiyim bosh, uy-joy, tibbiy parvarish, ijtimoiy xizmatlar), shuningdek, ishsizlik,
nogironlik, bevalik holatlarida ta’minot olish huquqiga ega. Mana shu huquqlarning
barchasi milliy konsepsiyalar asosida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |