212
sarmoya konsentratsiyasi emas. Ayrim tadqiqotchilar, jumladan, E. Toffler, F.
Fukuyama, D. Bell, J. Neysbit kabi olimlar: «Aynan innovatsion texnologiyalarga
tayangan davlatgina yuksak taraqqiyot darajasiga erishadi», degan fikrni ilgari
surishadi. Aslida ham shunday. Zero, sanoatlashgan iqtisodiyot o‘rnini asta-sekin
innovatsion iqtisodiyot egallashi oddiy haqiqatdir. Natijada, yangidan-yangi bozorlar
kashf etiladi. Binobarin, innovatsion maqsadlarni ro‘yobga chiqarish uchun xususiy
investitsiyalarga
imtiyozlar
berish,
zamonaviy
banklarni
shakllantirish,
innovatsiyalarni kafolatlash hamda sug‘urtalash, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yirik texnologik loyihalar uchun milliy va xorijiy
sarmoyalarni keng jalb etish talab qilinadi. Bundan tashqari, bu borada, innovatsion
siyosatni tartibga soluvchi qonunlarni takomillashtirish ham muhim ahamiyatga
egadir. Butun jahon intellektual mulk tashkiloti (WIRO) o‘z hisobotlarida yuqoridagi
talablarga qat’iy amal qilayotgan 20 ga yaqin davlatda innovatsion rivojlanish tobora
jadallashayotganini e’tirof etadi. Shveysariya, AQSH, Shvetsiya, Buyuk Britaniya,
Gollandiya, Finlyandiya, Gonkong, Singapur, Tayvan, Yaponiya, Janubiy Koreya,
Malayziya, Daniya va Irlandiya ana shular sirasidandir
44
.
Adabiyotlarda «innovatsiya» atamasiga berilgan ko‘plab ta’riflarni topish
mumkin. Biroq, tadqiqotchilarning ushbu iqtisodiy toifaga alohida e’tibor
ko‘rsatishlariga qaramay, ilmiy g‘oya haligacha «innovatsiyalar» tushunchasining
ham nazariya, ham amaliyot talablariga javob beradigan, shuningdek, ularni amalga
oshirishning muayyan subyekti – davlat, mintaqa, tarmoq va korxona nuqtai
nazaridan to‘g‘ri bo‘ladigan universal ta’rifini ishlab chiqmagan.
Dostları ilə paylaş: