209
mumkin. Chunki, har qanday jamiyatning rivojlanganlik
darajasi ijtimoiy
masalalarning qay darajada hal etilayotganiga bog‘liq. Ijtimoiy masalalar mamlakat
taraqqiyotining muhim omili sifatida iqtisodiy rivojlanishga ta’sir etadi.
Shuning
uchun ham O‘zbekiston Respublikasida davlat ijtimoiy siyosati ijtimoiy islohotlarni
davomli amalga oshirib borish orqali aholi turmush darajasini barqaror o‘stirib
borishdan iboratdir.
O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish
borasida samarali tizimning
yaratilgani o‘z ijobiy natijalarini bermoqda. Bu tizimning yaxshi tomoni byurokratik
apparatdan
voz kechilganlik, haqiqatdan ham kam daromadli aholiga yordam
ko‘rsatish umumiy xarajatlarning pasayishi tufayli ijtimoiy yordam ko‘rsatish
samarasining oshganligida namoyon bo‘ladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar:
1.
Ijtimoiy siyosatning mohiyati nima?
2.
Ijtimoiy siyosatning yo‘nalishlari va o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
3.
Aholi turmush darajasi deganda nimani tushunasiz?
4.
Aholi turmush darajasi ko‘rsatkichlarini izohlab bering?
5.
O‘zbekistonda aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy
himoyalash masalalari
nimalardan iborat?
6.
Ijtimoiy siyosat nechta bosqichlardan iborat va uning maqsadlari nimalardan
tashkil topadi?