197
olish.
Ikkinchi bosqich (1995-1999-yillar) -
aholini yoppasiga ijtimoiy himoya qilish
tizimidan uni maqsadli himoyalash tizimiga o‘tish. Dolzarb
ekologik muammolarni
yechishda davlat va nodavlat tashkilotlarining faoliyati. Sog‘liqni saqlash va va
aholining sog‘lig‘ini himoya qilish tizimining yangi sifatli pog‘onasiga o‘tish.
Uchinchi bosqich (2000-yildan – bugungi kunga qadar) -
aholini aniq
yo‘naltirilgan himoya qilishning chuqurlashuvi. Xalqning, ayniqsa, qishloq aholisi
turmush
farovonligining yaxshilanishi, mehnat bozorini rivojlantirishdagi faol
siyosatning amalga oshirilishi, ish o‘rinlarining yaratilishi.
O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular
quyidagilardan iboratdir:
-
ijtimoiy siyosatni o‘tkazishda davlatning boshqarish funksiyasiga egaligi;
-
ijtimoiy islohotlarning bosqichma-bosqichligi;
-
aholining yashash darajasini keskin tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik;
-
mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish idoralari mahallalar orqali aholiga aniq
manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish;
-
ijtimoiy islohotlarning iqtisodiy va huquqiy asoslarini yaratish.
-
davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning
asosiy vazifalari quyidagilardan iborat qilib belgilangan:
-
aholining iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash;
-
mahsulot, xizmat va uy-joyning kuchli ichki iste’mol bozorini shakllantirish;
-
aholining to‘lov talablarini keng miqiyosda qondirish va uning o‘sishini
ta’minlash;
-
aholining daromad va mulkka egalik darajasining
keskin tabaqalashuvining
oldini olish;
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning
maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda davlat ijtimoiy siyosati quyidagi asosiy
yo‘nalishlarda olib borilmoqda:
-
davlat ijtimoiy iste’mol fondlarini tashkil etish va ulardan jamiyatning har bir
a’zosining foydalanishini kafolatlaydigan qonunlarni qabul qilish;
198
-
davlatning markazlashgan ijtimoiy sug‘urta fondini tashkil etish;
-
ko‘rsatilgan xizmatlar va samarali mehnatlari uchun davlat tomonidan
beriladigan imtiyozlar;
-
ish haqi va pensiya minimumining davlat tomonidan kafolatlanishi;
-
ko‘p bolali oilalarga to‘lanadigan nafaqalar;
-
kam ta’minlangan aholi tabaqalariga moddiy yordam ko‘rsatish;
-
bolalikdan nogiron va boshqa mehnat qobiliyatini yo‘qotganlarni ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash;
-
talabalar uchun to‘lanadigan davlat stipendiyalari;
-
ishsizlik nafaqasi;
-
eng muhim oziq-ovqat mahsulotlari turlarini belgilangan narxlarda sotilishini
ta’minlash;
-
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjet
hisobidan qoplash;
-
ijtimoiy sohaning eng muhim tarmoqlari (sog‘liqni saqlash, ta’lim, jismoniy
tarbiya, sport va madaniyat) moddiy bazasining rivojlantirishni qo‘llab-
quvvatlash va mustahkamlash.
Demak, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
tub demokratik islohotlar
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat barpo
etishga qaratilgan. Buni ijtimoiy sohadagi islohotlarni amalga oshirish orqali
ta’minlash mumkin. Chunki, har qanday jamiyatning rivojlanganlik darajasi ijtimoiy
masalalarning qay darajada hal etilayotganiga bog‘liq. Ijtimoiy masalalar mamlakat
taraqqiyotining muhim omili sifatida iqtisodiy rivojlanishga ta’sir etadi.
Shuning
uchun ham O‘zbekiston Respublikasida davlat ijtimoiy siyosati ijtimoiy islohotlarni
davomli amalga oshirib borish orqali aholi turmush darajasini barqaror o‘stirib
borishdan iboratdir.
Aholi turmush darajasi davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatidan kelib chiqib,
umuman jihatdan jamiyat va xususiy jihatdan uning ayrim a’zolari farovonligi
to‘g‘risida tasavvur beradi.
Dostları ilə paylaş: