O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

Qisqacha xulosalar 
Monopoliya – monopol yuqori narxlarni o‘rnatish hamda monopol yuqori foyda 
olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni 
amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari. 
Xususiylashtirish – iqtisodiy tushuncha bo‘lib, mulkka egalik huquqini 
davlatdan firmalar va alohida shaxslarga berilishi, xususiy sektorga davlat xizmatlari 
ko‘rsatilishini cheklashni yoki xususiy tashabbuskorlik uchun keng imkoniyatlar 
berish maqsadlarida davlatning faoliyat sohasini toraytirish. 
Xususiylashtirishning usullari: 
1) davlat mulkini bepul bo‘lib berish orqali xususiylashtirish; 


194 
2) davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish;
3) davlat mulkini bepul bo‘lib berish hamda sotishni uyg‘unlashtirish orqali 
xususiylashtirish; 
4) “nol” qiymat bo‘yicha sotish nima. 
 
Nazorat va muhokama uchun savollar: 
 
1.
Davlatning monopoliyaga qarshi aralashishining obyektiv zaruriyati qanday? 
2.
Ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi va monopoliyalar tashkil 
topishining ijobiy jihatlari nimada?
3.
Monopoliyaga qarshi qonunlarning umumiy xususiyatlari nimalar? 
4.
Monopoliyaga qarshi siyosatning zamonaviy o‘ziga xos xususiyati, uning 
asosiy yo‘nalishlari va vazifalari nimalardan iborat? 
5.
Kichik biznesning afzalligi nimada? 


195 
11-BOB. DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI 
11.1.
 
Davlat ijtimoiy siyosatining mohiyati, xususiyatlari va 
yo‘nalishlari 
O‘zbekistonda mustaqillik e’lon qilingandan so‘ng aholi turmush darajasini 
yuqori daraja ta’minlash, inson manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va uni har 
tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida ijtimoiy 
yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga ega kuchli 
demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish maqsadida keng 
qamrovli islohotlar amalga oshirila boshlandi. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish 
uchun hamda jamiyatning ijtimoiy barqarorligi, iqtisodiy rivojlanishi, tinchligi 
hamda ta’minoti inson sog‘lom va farovon hayot kechirishi uchun davlat kuchli 
ijtimoiy siyosat olib borishi zarur.
Bizning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘limiz respublikaning o‘ziga xos turmush 
shart-sharoitlari va xususiyatlarini, xalq an’analari va urf-odatlarini har tomonlama 
hisobga olishga asoslangan. Ayni paytda, bizning yo‘l-jahon amaliyotida to‘plangan, 
iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlar orttirgan ijobiy tajribalarni ham hisobga oladi. 
O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li
 
- respublika va 
uning xalqi manfaatlariga mos keladigan, ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor 
iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan iqtisodiyotdir. Bozor munosabatlariga o‘tish 
insonning ijodiy va mehnat salohiyatini namoyon qilishdagi, boqimandalik xissini 
bartaraf etishga, yo‘qolib ketgan egallik tuyg‘usini qayta tiklashga imkon beradi. 
Faqat bozorgina mahsulot ishlab chiqaruvchining hukmini bartaraf etib, 
respublikaning g‘oyat katta boyliklaridan samarali foydalanishni ta’minlay oladi. 
Ijtimoiy soha o‘z ishiga quyidagilarni qamrab oladi: 

Maorif, madaniyat va san’at; 

sog‘liqni saqlash;

ijtimoiy ta’minot; 

uy-joy kommunal xo‘jaligi; 

aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish; 


196 

chakana savdo va umumiy ovqatlanish;

jismoniy tarbiya, sport va boshqalar. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish birinchi navbatda hayotimizda, iqtisodiyotimizda 
barqarorlikka erishish bilan chambarchas bog‘langan. Shuning uchun ham 
iqtisodiyotimizning moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish iqtisodiy islohotlarimizni 
amalga oshirishning muhim shartidir. Iqtisodiyot barqaror rivojlangandagina bozor 
munosabatlariga muvaffaqiyatli o‘tishi mumkin. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish – 
bozorni shakllantirish yo‘lidagi qonuniy va muqarrar bosqichdir. Biz iqtisodiyotni 
barqarorlashtira borib, bozor munosabatlarini normal rivojlantirish uchun shart-
sharoitlarni vujudga keltiramiz. Islohotlar barqarorlikning g‘oyat muhim sharti 
bo‘lmish - aholini ijtimoiy himoya qilish, haqiqatdan ham asosiy, uzluksiz, ustuvor 
yo‘nalish hisoblanadi. Bozor islohotlarining hamma bosqichlarida oldindan 
o‘tkaziladigan kuchli ijtimoiy siyosat O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot 
yo‘lining etakchi prinsiplaridan biridir. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin