193
soliq tushumlari hajmining o‘sishini ta’minlash;
aholi daromadlari darajasini barqarorlashtirish va boshqalar.
O‘zbekistonda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi
buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining qabul
qilinishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratdi.
Kichik korxonalar va mikrofirmalar ushbu dastur doirasida o‘z ishlab chiqarishlarini
texnologik jihatdan yangilash va zamonaviylashtirishga, mahalliy xomashyo negizida
qo‘shimcha qiymat darajasi yuqori, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh
mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga muvaffaq bo‘ldilar.
Kichik biznes subyektlari tashqi iqtisodiy aloqalarda ham faol ishtirok eta
boshladilar. Ularning eksport salohiyatini yanada kengaytirish, kichik korxonalar va
mikrofirmalarga zamonaviy, chet el bozorlarida raqobatdosh mahsulot ishlab
chiqarishni ko‘paytirishda va uni eksportga chiqarishda zarur huquqiy, moliyaviy va
tashkiliy yordam ko‘rsatish, mamlakatimizning eksport qiluvchi tadbirkorlarini tashqi
bozor konyukturasi o‘zgarishlari xavf-xatarlaridan ishonchli himoya qilishni
ta’minlash maqsadida “Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” huzurida “Kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash
jamg‘armasi” tashkil etildi. Uning respublika mintaqalarida hududiy filiallari mavjud
bo‘lib, Jamg‘arma mablag‘larining boshlang‘ich miqdori 5,0 milliard so‘mni tashkil
etadi
18
.
Dostları ilə paylaş: