O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

 
12.2.
 
Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot va uning mazmuni 
Innovatsion iqtisodiyot- bu bilimlarga asoslangan iqtisodiyotdir. Iqtisodiyotni 
bilimlarga asoslanishi universitetlarda texnika va texnologiyalar sohasida 
mutaxassislar tayyorlashga asosiy e’tibor qaratilishini talab etadi. Shu maqsadda 
mamlakatimizda yosh mutaxassislarni tayyorlash uchun qulay sharoitlar yaratish 
45
Макаров, В. Контуры экономики знаний / В. Макаров // Экономист. 2003. № 3.14. 


216 
maqsadida ilmiy muassasalar moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash 
bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, har tomonlama rivojlangan innovatsion 
tizimga ega mamlakatlardagina innovatsion jarayonlari samarali amalga oshirilib, 
innovatsion mahsulotlar tijoratlashtirilmoqda. Misol tariqasida olib qarasak, Yevropa 
patent idorasi tomonidan berilgan barcha xalqaro patentlarning 85 foizini universitetlar 
va firmalar hamkorligida amalga oshirilgan patentlar tashkil etadi. Bu esa 
universitetlar va firmalar hamkorligini innovatsion rivojlanishdagi ahamiyatini 
oshiradi. Bu jarayonda davlatning ishtiroki, iqtisodiyotning real sektori faoliyatining 
qo‘llab-quvvatlashi muhim ahamiyatga egadir.
XX asr oxirlariga kelib jahon iqtisodiyotining rivojlanishi sifat jihatdan yangi 
bosqichga o‘ta boshlandi. Xozirgi kunda mamlakatlarning xalqaro maydondagi va 
dunyo iqtisodiyotidagi o‘rni va raqobatbardoshligi uning tabiiy boyliklari, moliyaviy 
mablag‘larining hajmi yoki qurolli kuchlarinng qudrati bilangina emas, balki, undagi 
intellektual salohiyat, yangi bilimlarni yaratish va ulardan samarali foydalanish 
imkoniyati va qobiliyati bilan belgilanmoqda. Bugungi kunda bilimlar iqtisodiy 
o‘sishning asosiy omili, xalq faravonligi va mamlakat taraqqiyotini ta’minlaydigan 
muhim dastakka aylandi. Buni yalpi mahsuloti o‘sishining 90 foizini ilmiy-texnik 
taraqqiyot belgilab berayotgan rivojlangan mamlakatlar tajribasi tasdiqlaydi.
46
Agrar yoki industrial iqtisodiyotda tovarlarning ayirboshlanishi natijasida ushbu 
tovarlarning mamlakatdan butunlay chiqib ketishi ro‘y bergan bo‘lsa, jamiyat 
taraqqiyotining yangi bosqichining asosiy tovari bo‘lgan bilim va uning natijalarining 
sotilishiga bunday xususiyat xos emas. Tabiiy boyliklar cheklangan bo‘lsa, 
bilimlarning asosi bo‘lgan inson qobiliyatlari cheksizdir. Shu o‘rinda Tomas 
Djeffersonning quyidagi so‘zlarini eslash o‘rindir: “Meni nochorlashtirmay 
fikrlarimni olib foydalangan inson, xuddi meni qorong‘ulikka duchor etmay 
chirog‘imning yorug‘ligidan foydalangan inson kabidir”
47
. Ya’ni, bilim va uning 
46
Глазьев 
С.Ю. 
Как 
построить 
новую 
экономику. 
// 
Эксперт. 
21 
февраля 
2012. 
http://www.glazev.ru/econom_polit/294/
47
Макаров В.Л. Экономика знаний: уроки для России //Наука и жизнь, 2003. №5. 


217 
natijalarining ayirboshlanishi uning kamayishiga emas, balki undan ham ziyoda 
bo‘lishiga olib keladi
48
.
Innovatsion rivojlanish konsepsiyasi Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish 
tashkiloti (OECD), Jahon banki va boshqa qator xalqaro tashkilotlarning tashabussiga 
ko‘ra keng rivojlanmoqda. Mazkur xalqaro institutlarning tashabbusi bilan keyingi 
yillarda bir qator katta tadqiqotlar amalga oshirildiki, ular milliy iqtisodiyotni 
an’anaviy industrial iqtisodiyotdan bilimga, ilmga asoslangan postindustrial 
iqtisodiyotga transformatsiya jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. 
XX asr oxirlarida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga (OECD) a’zo 
mamlakatlar YaIMning 50 foizdan ortig‘i bilimlarga asoslangan tarmoqlarda 
yaratilgan. Ilmiy tadqiqot va ishlanmalarga o‘rtacha xarajatlar YaIMning 2,5 foiziga, 
ta’lim xarajatlari davlat xarajatlarining 12 foiziga, “o‘qish va ishlash” dual tizimi 
mavjud bo‘lgan Germaniya va Avstriya kabi davlatlarda “ish joyida ta’lim olish” (on 
the job training)ga xarajatlar YaIMning 2,5 foizgacha yetgan. 1980-yillarning 
o‘rtalaridan boshlab kompyuter va dasturiy ta’minotlarning sotib olinishi yiliga 
12foiz ga oshib borish sur’atida ro‘y berdi. OECD ga a’zo mamlakatlarda yuqori 
malakali kadrlarga talab oshmoqda. O‘rta ma’lumotlilar orasida ishsizlik 10,5 foizni 
tashkil etgan bo‘lsa, oliy ma’lumotlilar orasida 3,8 foiz ni tashkil etgan. Yuqori 
texnologiyalar, ilm talab etuvchi tarmoqlarda bandlik oshib bormoqda
49

Bilimlar iqtisodiyoti ta’lim tizimi, fanlar, patent sistemasini, kompyuter 
programmalarini ishlab chiqarish sohasi, NIOKR (Научно исследователские опытно 
– конструкторские разработки) va bilim ishlab chiqarish bilan bog‘lik boshqa 
tarmoqlarni qamrab oladi. 
Bu 
shunday 
iqtisodiyotki, 
unda 
intellektual 
salohiyat, 
ishchi 
va 
xizmatchilarning kreativ imkoniyatlari, bilimlari, tovar yaratishdan tortib uni ishlab 
chiqaruvchidan iste’molchiga yetib borgungacha bo‘lgan barcha bosqichlaridagi 
innovatsiyalar korxona strategik rivojlanishining asosiy resursi bo‘lib xizmat qiladi. 
48
Akramova Sh. Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda oliy ta`limning o`rni. Население Узбекистана: состояние
проблемы и перспективы: Монорафия/ Под.ред. академика Р, Убайдуллаевой. - Т.: 2012. С.207
49
The Knowledge Based on Economy. Organization For Economic Cooperation and Development, Paris. 1996. – P. 9-
10. 


218 
Oxirgi yillarda jahon iqtisodiy adabiyotida keng tarqalgan "bilimlarga 
asoslangan iqtisodiyot" yoki intellektual iqtisodiyot tushunchasi shu narsani 
anglatadiki, ilmiy bilimlar hamda ishchi va xizmatchilarning maxsus ko‘nikma va 
bilimlari moddiy 
va nomoddiy ishlab chiqarishning, barqaror iqtisodiy 
rivojlanishning asosiy manbai va xal qiluvchi omiliga aylanmoqda. 
“Bilimlar iqtisodiyoti” atamasi ilk bor, milliy iqtisodiyotning bilimlar 
yaratiladigan, qayta ishlanadigan va tarqatiladigan tarmog‘i sifatida 1962-yilda 
F.Maxlup tomonidan “AQShda bilimlarning ishlab chiqarilishi va tarqatilishi” 
kitobida muomalaga kiritilgan
50
. P.Druker tomonidan esa ushbu atama iqtisodiy 
rivojlanishning asosiy omili sifatida bilimlar yuzaga chiqadigan iqtisodiyot turi 
sifatida keng ommaga yoyilgan. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining 
(OECD) ta’rifiga ko‘ra “bilimlar iqtisodiyoti” bu bilim va axborotlarning ishlab 
chiqarilishi, tarqatilishi va foydalanilishiga asoslangan iqtisodiyotdir
51
. Boshqa bir 
manbada keltirilgan ta’rifga ko‘ra esa “bilimlar iqtisodiyoti” postindustrial va 
innovatsion iqtisodiyot rivojlanishining yuqori bosqichi bo‘lib, bilimlar jamiyati yoki 
informatsion jamiyatning asosidir
52
. Inson kapitali va bilim iqtisodiy taraqqiyotning 
asosiy omillaridir. Iqtisodiyotning ushbu turining rivojlanish jarayoni inson 
kapitalining sifatini oshirish, turmush sifatini oshirish, yuqori texnologik bilimlar
innovatsiya va yuqori sifatli xizmatlarni ishlab chiqarishdan iboratdir. Rus akademigi 
Ya.B. Danilevichning fikricha “bilimlar iqtisodiyoti” da “innovatsion iqtisodiyot”dan 
farqli ravishda, innovatsiyalar emas, balki, bilim asosiy ayirboshlash obyektiga, ya’ni 
tovarga aylanadi
53
. Yana bir ta’rifga ko‘ra “bilimlar iqtisodiyoti” bu o‘zining o‘sishi 
va raqobatbardoshligini ta’minlash uchun bilimlarni yaratadigan, tarqatadigan va 
ulardan foydalanadigan iqtisodiyot bo‘lib, unda bilimlar iqtisodiyotning barcha 
tarmoqlarini va iqtisodiy munosabatlarning barcha qatnashchilarini boyitadi
54

Bugungi kunda “bilimlar iqtisodiyoti”ni atamasi juda ommalashib bormoqda. 
50
Akramova Sh. Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda oliy ta`limning o`rni. Население Узбекистана: состояние, 
проблемы и перспективы: Монорафия/ Под.ред. академика Р, Убайдуллаевой. - Т.: 2012. С.207
51
The Knowledge Based on Economy. Organization for Economic Cooperation and Development, Paris.1996. – P. 7 
52
http://ru.wikipedia.org/
 
53
Данилевич Я. Б., Коваленко С.А. Имидж ученого: современные PR-технологии в экономикезнаний // Вестник 
Российской академии наук. –2005, № 1. – С. 32.
54
Стюарт, Т. Кузьмин, Е. И. ЮНЕСКО и общества знаний для всех / Е. И. Кузьмин, В.Р.Фирсов // Российский 
комитет программы ЮНЕСКО - 
http://www.ifapcom.ru/
 


219 
Mutaxassislarning 
ta’kidlashicha, 
bu 
sohada 
ko‘pgina 
izlanishlar 
olib 
borilayotganligiga qaramasdan “bilimlar iqtisodiyoti” tushunchasining mohiyati, 
uning o‘ziga xos xususiyatlari, asosiy elementlari va boshqa jihatlari aniqlik talab 
etadi
55
. Tadqiqotchi Sh. Akramova “bilimlar iqtisodiyoti”ga “kuchli ijtimoiy 
xususiyatga ega bo‘lgan va asosiy rivojlanishi bilimlarning yaratilishi, tarqatilishi va 
foydalanilishi ta’sirida amalga oshadigan iqtisodiyot sifatida qarash mumkin”
56

degan fikrni bildiradi.
 
“Yangilik kiritish” va “innovatsiya” tushunchalari bilan “tadqiqot”, “ixtiro” va 
“kashfiyot” tushunchalari chambarchas bog‘liqdir. Ilgari ma’lum bo‘lmagan 
ma’lumotlar olish yoki ilgari ma’lum bo‘lmagan tabiat hodisalarini yoki insoniyat 
muhitini kuzatish jarayoni tadqiqot deb ataladi.
Ixtiro bu – yangi uskuna, mexanizm, vosita, texnologiya, usul va inson 
tomonidan yaratilgan boshqalarda o‘z aksini topadigan tadqiqot natijasidir. 
Kashfiyot bu – tadqiqotlarning, ehtimol, qo‘shimcha natijasi hisoblanadi. 
Kashfiyotlar va ixtirolar qoidaga ko‘ra, fundamental darajada yuzaga keladi va 
kamdan-kam hollarda yakka shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Ular tasodifan 
ro‘y berishi va foyda olish maqsadini ko‘zlamasligi ham mumkin. 
Yangilik ishlab chiqarish va boshqaruv tizimiga joriy qilinganidan so‘ng bozorda 
iste’mol qilinadigan yangi mahsulotga aylanadi va uni sotishdan iqtisodiy, ijtimoiy 
yoki boshqa turdagi samara olinadi, - u yangi toifaga – innovatsiyalarga aylanadi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin