227
Hozirgi vaqtda ilmiy ishlanmalardan foydalanishning samaradorlik darajasini
oshirish, fundamental va amaliy tadqiqotlarning natijalarini ishlab chiqarishga joriy
etish eng muhim hamda dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Iqtisodiy rivojlanishda innovatsiyalarning o‘rni va ahamiyati oshib borishi
sharoitida,
bu sohadagi davlat boshqaruvi, uning tashkil etilishi va olib borilishi
alohida muhim masala bo‘lib hisoblanadi
59
.
Innovatsion jarayonda innovatsiyalar samaradorligini aniqlash muhim
ahamiyatga ega.
Samaradorlikni quyidagi yo‘nalishlar bilan aniqlash lozim:
1)
texnik samaradorlik — mahsulot ishlab chiqarish jarayonida yer,
mehnat va
moddiy resurslardan foydalanish darajasini aks ettiruvchi natural va qiymat
ko‘rsatkichlari (hosildorlik, energiya sig‘imi, mahsulot sifati, unumdorlik va boshq.)
ning majmui bilan tavsiflanadi;
2)
iqtisodiy samaradorlik — tannarx, rentabellik, ishlab chiqarilgan mahsulotdan
olingan daromad va foyda ko‘rsatkichlari, moliyaviy barqarorlik, to‘lov qobiliyati va
boshqa ko‘rsatkichlarni aks ettiradi;
3)
ijtimoiy
samaradorlik
—
ish
haqi
fondi
ko‘rsatkichlari,
mexanizatsiyalashganlik darajasi va boshqa ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi;
4)
ekologik samaradorlik — tuproqning hosildorligi ko‘rsatkichlari, atrof-
muhitning ifloslanishi, yer maydonlarining kamaytirilishi
va tabiat muhiti
o‘zgarishining boshqa omillari bilan aniqlanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda ilm-fanga assignatsiyalarning 55 foizidan ortig‘i
biznes sektori mablag‘lari va 34 foizdan kami esa davlat mablag‘lari hisobidan
moliyalashtiriladi. Bunda davlat mablag‘laridan eng kam hajmda moliyalashtirish
bo‘yicha ketma-ket ravishda Shvetsiya,
Finlyandiya, Daniya, Norvegiya lider
hisoblanadi, ulardan keyingi o‘rinlarda Yaponiya va AQSH turadi. Barcha
mamlakatlarda xorijiy va boshqa milliy manbalar ulushi ancha kamligicha (o‘rtacha
summasi 5-10 foiz) qolmoqda. AQSHda 2010-yili innovatsiyalarga xarajatlar 3,2
59
K. Shodimetov. muqobil energiya manbalaridan foydalanish va uning iqtisodiy istiqbollari. – T.: “ILM ZIYO”. 2014,
29 бет
228
foiz, Yevropa Ittifoqi (YI) da 0,5 foizga ko‘tarilgan. Bunda faqatgina Finlandiyada
ilmiy tadqiqot ishlariga davlat tomonidan ajratiladigan budjet xarajatlari 4,4
foizni
tashkil etgan. Yaponiya 2010-2012-yillarda ilmiy tadqiqotlarga qilingan xarajat
bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lda ushlab qolgan. Hindiston va Xitoyda esa innovatsion
faoliyatga qilingan xarajatlar sezilarli darajada ajratilganligi izohlanadi. Umuman,
rivojlangan va progressiv rivojlanayotgan davlatlar innovatsion rivojlanishga
o‘tishining asosiy omillaridan biri moliyaviy infratuzilmaning rivojlanganligidir.
An’anaviy investitsiya loyihalaridan farqli o‘laroq,
ishlanmalar va innovatsion
loyihalar tatbig‘i bilan bog‘liq kreditlarning xatar (risk)ligi juda yuqori. Shunga
qaramay, bir qator rivojlanayotgan mamlakatlar (masalan, Xitoy, Janubiy Koreya,
Hindiston va b.) tajribasiga ko‘ra, innovatsion loyihalar uchun moliyaviy tizim
tarmog‘ini liberallashtirish va maxsus moliyaviy vositalarni rivojlantirish yo‘li orqali
ushbu risklar cheklandi. Bunday vositalar va mexanizmlar
sifatida quyidagilardan
foydalaniladi:
- riskli loyihalarni venchurli moliyalashtirish, sindikatlashgan kreditlar, fond
bozorlari orqali moliyalashtirish mexanizmlari;
- investitsion portfelni diversifikatsiya qilish orqali investitsiya risklarini
pasaytirish;
- risklarni sug‘urtalash.
Keyingi yillarda innovatsion rivojlanishda sezilarli
muvaffaqiyatga erishgan
mamlakatlar innovatsiyalarni bevosita va bilvosita moliyalashtirish usullaridan
foydalanmoqda. Ularning asosiylari:
Dostları ilə paylaş: