12.3.
O‘zbekistonda milliy innovatsion tizimni joriy etish va boshqarish
Global miqyosda kechayotgan tendensiyalar mamlakat, uning mintaqalari,
barcha faoliyat sohalari, birinchi navbatda, fan-texnika va innovatsiyalar sohasini
yanada rivojlantirish ssenariylarini ishlab chiqishda, albatta, hisobga olinishi lozim.
Ilmiy-texnik va innovatsion faoliyatni kuchaytirish, yuqori texnologiyali va ko‘p ilm
talab qiladigan ishlab chiqarishlarni rivojlantirish hisobiga iqtisodiyotni tarkibiy
qayta qurish, yuqori texnologiyali ukladga o‘tish O‘zbekistonning jahon
55
Akramova Sh. Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda oliy ta`limning o`rni. Население Узбекистана: состояние,
проблемы и перспективы: Монорафия/ Под.ред. академика Р, Убайдуллаевой. - Т.: 2012. С.209
56
Akramova Sh. Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda oliy ta`limning o`rni. Население Узбекистана: состояние,
проблемы и перспективы: Монорафия/ Под.ред. академика Р, Убайдуллаевой. - Т.: 2012. С.209
220
iqtisodiyotiga teng huquqli hamkor sifatida kirib borishidan umid qilishga imkon
beradigan zarur shartlardan biri hisoblanadi.
Jamiyatning rivojlanishi bilan fan o‘sish tendensiyalari va o‘ziga xos
qonunlariga, ish usullari, texnika va texnologiyalariga, mehnatni tashkil qilish tizimi
va tamoyillariga, maxsus tayyorlangan kadrlarga ega bo‘lgan inson faoliyatining
mustaqil bir sohasiga aylandi. Bu boshqa ko‘pchilik sohalardan farqli ravishda, o‘sish
chegarasini bilmaydigan, doimiy ravishda rivojlanib boradigan sohadir. Shu bilan
birga, fan sohasi uchun ajratiladigan resurslar – mehnat resurslari, moliyaviy resurslar
va moddiy resurslar – ma’lum bir chegaraga ega. Aynan resurslar cheklanganligi bu
resurslardan ilmiy-texnik faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari va turlarida maqsadli
foydalanishga yo‘naltirish taktika va strategiyasini ishlab chiqishga majbur qiladi.
Milliy innovatsion tizimni shakllantirish konsepsiyasi o‘tgan asrning 80 yillar
boshidan rivojlana boshladi. Bunda “milliy” so‘zi tavsifi aynan “davlat” innovatsiya
tizimi degan mazmunni anglatadi.
Turli mamlakatlarning milliy innovatsion tizimi bir biridan farq qiladi. Shu
kungacha milliy innovatsion tizimining yagona ta’rifi mavjud emas. Shuningdek,
turli mamlakatlar milliy innovatsion tizimi oldiga turli maqsadlar qo‘yilishi mumkin.
Fransiyada milliy innovatsion tizimining asosiy vazifasi qo‘shimcha ish o‘rinlari
tashkil qilish, Germaniyada ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirishdan iborat, deb
hisoblanadi. Bunda Yevropalik ekspertlarning bergan baholariga ko‘ra, har ikki
milliy innovatsion tizimning umumiy samaradorligi deyarli bir xil.
Innovatsiya faoliyatining rivojlanishiga na davlat turi, na siyosiy tadbirlar ta’sir
ko‘rsata oladi. Innovatsiya faoliyati federal davlatlarda ham (AQSH, Germaniya),
unitar davlatlarda ham (Fransiya), konstitutsion monarxiya davlatlarida ham (Buyuk
Britaniya, Gollandiya, Ispaniya), shuningdek, kommunistik tartibga ega davlatlarda
(Xitoy) ham muvaffaqiyatli rivojlanaveradi. Bunda umumiylik shundaki, xorijda
innovatsion jarayonlarning rivojlanishi barqaror siyosiy vaziyat va barqaror faoliyat
yuritayotgan iqtisodiyot sharoitida yuz beradi.
221
Rivojlanishning innovatsion tizimida milliy innovatsion tizimni shakllanishiga
alohida e’tibor qaratiladi. Milliy innovatsion tizim tushunchasi innovatsion
iqtisodiyotning muhim belgisi sifatida fanga XXasrning 70-yillarida kirib kelingan.
2002-yildan boshlab faoliyat yuritayotgan Yevropa innovatsion tablosida
Yevropa davlatlaridan tashqari yana jahonning 40dan ortiq mamlakati ishtirok etdi.
Unda milliy innovatsion tizim va innovatsion siyosat to‘g‘risidagi axborotlar juda
keng qamrovli ko‘rsatkichlar asosida taqdim etiladi.
AQSHning oxirgi 50-yillik tajribasi tahlili shuni ko‘rsatadiki, dunyoda ro‘yxatga
olingan texnologik yangiliklarning 60 foizi ushbu mamlakatda yaratilgan. G‘arb
mamlakatlarining tajribasida esa ma’lum bir davr davomida yaratilgan texnologik
yangilikning
soni
emasi,
balki
uni
mamlakat
iqtisodiyotida
qanchalik
o‘zlashtirilganligi innovatsion rivojlanishning bosh mezoni sanaladi.
K.Frimanning fikriga ko‘ra, milliy innovatsion tizim – jamiyat tomonidan
iste’mol qilinadigan yangi texnologiyalar, mahsulotlar va xizmatlarning
yaratilishidagi yangi bilimlarni ishlab chiqishda, saqlashda, tarqatishda va yangi
texnologiyalarga aylanishida qatnashadigan iqtisodiy subyektlar va ijtimoiy
institutlarning (qadriyatlar, me’yorlar, huquqlarning) murakkab tizimi hisoblanadi
57
.
Milliy innovatsion tizimi konseptsiyasi Yevropa ittifoqining bir qator a’zo
mamlakatlarida, shuningdek, AQSH va Yaponiyada keng rivojlangan. Milliy
innovatsion tizimi innovatsion faoliyat subyektlari majmuidan, ular o‘rtasidagi
bilimlarning yuzaga kelishi, tarqalishi va ulardan foydalanish jarayonlarini ta’minlab
beruvchi munosabatlardan tashkil topadi. Innovatsiya tizimining asosiy elementlari
qatorida innovatsiya infratuzilmasi, moliyaviy infratuzilma, ilmiy salohiyat kabi
kichik tizimlarni sanab o‘tish mumkin. Ularning har birida tadqiqotlarni
moliyalashtirishning asosiy qismi (100 foizgacha) budjet manbalaridan (ham federal,
ham mintaqaviy budjetlardan) amalga oshiriladi.
Globallashuv jarayoni yanada jadallashgan bugungi kunda davlatning barqaror
taraqqiyotini innovatsion faoliyat tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasida
57
Freeman C. Technology Policy and Economic Performance. L.: Printer Publishers, 1987. 570 р.
222
innovatsion faoliyatni tartibga solish, rag‘batlantirishda ko‘plab
normativ huquqiy
hujjatlari chiqarilgan.
Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanish ahamiyatliligi hududiy qonunchilikda
innovatsion faoliyat subyektlarini rag‘batlantirish va ularga davlat tomonidan
ko‘maklashishga muhim e’tibor qaratadi. Normativ huquqiy hujjatlar innovatsion
faoliyat olib boruvchi iqtisodiy subyektlar faoliyatning turli aspektlariga qaratilgan
keng miqyosdagi davlat tadbirlarini belgilab beradi. Bundan tashqari taklif
qilinadigan tadbirlar o‘zini ta’sir etish kuchi, ko‘maklashish darajasi hamda davlat
hokimiyat organlarning iqtisodiy subyektlar faoliyatida ishtirok etishi bilan
farqlangan. Bundan tashqari, innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash, hududiy qonunchilik bilan muvofiqlashtirilgan, innovatsion faol
hududlarda ushbu faoliyat turining rivojlanishiga imkoniyatlar yaratadi.
Innovatsiya va innovatsion faoliyat bilan bog‘liq qonun hujjatlarini bir necha
asosiy guruhlarga ajratish mumkin:
-
ilmiy va innovatsion faoliyat to‘g‘risidagi qonunlar
-
innovatsion faoliyat subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash
to‘g‘risidagi qonunlar
-
ilmiy, innovatsion faoliyat va ilmiy texnik siyosat to‘g‘risidagi qonunlardir.
Ko‘rib chiqiladigan qonunlar ilmiy va innovatsion faoliyat olib borish
jarayonidagi iqtisodiyot subyektlari orasida paydo bo‘ladigan munosabatlarni
qonunlar tartibga soladi
.
Innovatsion faoliyatning rivojlanishi quyidagi ko‘rsatkichlar orqali baholanadi:
-
tadqiqot o‘tkazuvchi va qayta ishlovchi tashkilotlar ulushini aniqlash;
-
innovatsion faollik darajasini aniqlash (foiz hisobida);
-
innovatsion faol tashkilotlar ulushini aniqlash;
-
innovatsion faol tashkilotlar mahsulotlaridagi texnologik innovatsiyalarga
qilingan xarajatlar ulushi (foiz hisobida);
-
texnologik innovatsionlarga nisbatan innovatsion mahsulotlar hajmi;
-
yalpi ichki mahsulotga nisbatan texnologik innovatsionlarning xarajat ulushi;
223
-
YaIMga nisbatan muhim texnologik o‘zgarishlar yoki yangi joriy qilingan
innovatsion mahsulotlar hajmi;
-
YaIMga nisbatan takomillashtirilgan innovatsion mahsulot hajmi.
Ushbu ko‘rib chiqilgan ko‘rsatkichlar innovatsion faoliyatni uning joriy etilish
tomonidan harakterlaydi. Yuqorida sanab o‘tilgan 8ta ko‘rsatkich asosida innovatsion
faoliyat indeksi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |