169
savdo vazirligi xulosalari taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda, xizmat
ko‘rsatuvchi bank tomonidan - “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi,
Iqtisodiyot vazirligi
hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi xulosalari taqdim
etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda. So‘ngra esa loyiha tashabbuskori
Vazirlar Mahkamasining tegishli Axborot-tahlil departamentiga DTIAni tegishli
tushuntirish xatini, ko‘rib chiqiladigan materiallarni, shuningdek, ko‘rsatilgan
vakolatli ekspertiza organlarining xulosalarini ilova
qilgan holda ikki nusxada
kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturida nazarda tutilgan kapital
qurilishni mablag‘ bilan ta’minlash va uni kreditlash ishlari, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari
mexanizmini takomillashtirish chora - tadbirlari tug‘risida"gi Qarorida ko‘rsatilgan
tartibga asosan amalga oshiriladi. Unga muvofiq investitsiya loyihasini
markazlashtirilgan manbalar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlash har qaysi obyekt
bo‘yicha ajratilgan kapital qo‘yilmalar limitlar doirasida qat’iy amal qilgan holda,
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi va Moliya Vazirligi bilan kelishilgan
qurilishlarning aniq mo‘ljalli ro‘yxati va qurilishlarning
belgilangan tartibda
tasdiqlangan titul ro‘yxati asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi - bu davlat tomonidan xorijiy
investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ustuvor va birinchi galda bajarilishi kerak
bo‘lgan davlat tomonidan rag‘batlantiriluvchi yo‘nalishlarni ishlab chiqish vositasida
amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda xorijiy investorlar uchun qulay
investitsiya muhitini yaratish va ular kiritgan mablag‘larning yuqori iqtisodiy
samaradorligiga erishish uchun mukammal huquqiy baza, tegishli institutlar yaratish
tizimidir. Ustuvor yo‘nalishlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Birinchi ustuvor yo‘nalish - ommaviy turar joy qurilishi;
Ikkinchi ustuvor yo‘nalish - zamonaviy kommunikatsiya vositalari, transport
va aloqa vositalarini ishlab chiqarish, transport va informatsiya tarmoqlarini yaratish
va modernizatsiya qilish;
170
Uchinchi ustuvor yo‘nalish - yukori texnologiyalar. Yuqori texnologik va jahon
bozorlarida
raqobatdosh, import mollarining o‘rnini bosa oladigan tovarlarni ishlab
chiqarishni tashkil etish;
To‘rtinchi ustuvor yo‘nalish - zaxiralarni tejovchi ekologik toza texnologiyalar.
Mineral boyliklarni yer ostidan qazib olish va tabiiy xom ashyoni to‘liq va kompleks
qayta ishlash uchun eng yangi fan-texnika yutuqlaridan foydalanish;
Beshinchi ustuvor yo‘nalish – fermerlik va dehqon xo‘jaliklari tarmog‘i, ishlab
chiqarish, qayta ishlash, qadoqlash, transportirovka qilish, sotish va shifobaxsh
qo‘shilmalari bo‘lgan ekologik va oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha andozalarga amal
qilgan holda nazorat qilish texnologiyasini o‘zlashtirib
olgan qayta ishlovchi va
savdo korxonalarning ko‘magi asosida ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlarini
chiqarish.
Dasturning tahliliy qismi tarkibida investitsiyalarning takror ishlab chiqarish va
texnologik tarkibini hisobga olgan holda, umuman Dasturda, iqtisodiyot sektorlari va
tarmoqlari, moliyalashtirish manbalari va hududlar, amalga oshirish yo‘llari bo‘yicha
kapital qo‘yilmalar tarkibi belgilanadi.
Dasturning yangi ichki mahsulot usishiga, iqtisodiyotning tarmoq va hududiy
o‘zgarishiga va import tarkibiga, ishlab chiqarish kuvvatlarini va ijtimoiy soha
obyektlarini ishga tushirish hajmlariga ta’sirining prognozlashtirilgan natijalari hisob-
kitob qilinadi.
Investitsiya Dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlashda buyurtmachilar
quyidagi tartibga amal qilishlari kerak:
- dasturni amalga oshirishning 1- yiliga kelgusi yillar
loyiha-qidiruv ishlarining
aniq ro‘yxati va moliyalashtirish bilan ta’minlangan qurilishlarning aniq ro‘yxati
tuziladi;
- dasturni amalga oshirishning 2-yiliga unga kelgusi yillar loyiha-qidiruv
ishlarining aniq ro‘yxati va birinchi yildan o‘tuvchi ko‘rishlarning prognoz ro‘yxati
va dasturni amalga oshirishning birinchi yilida loyiha xujjatlari tayyorlangan va
tasdiqlangan, birinchi yilida tanlov savdolariga qo‘yiladigan yangidan boshlanadigan
obyektlar kiritiladi;
171
- dasturni amalga oshirishning uchinchi yilida unga kelgusi yillar loyiha-qidiruv
ishlarining aniq ro‘yxati va tanlov savdolari natijalariga ko‘ra belgilangan amalga
oshirish muddatlarini hisobga olgan holda qiymati belgilangan tartibda
aniqlashtirilgan birinchi va ikkinchi yildan o‘tuvchi qurilishlarning prognoz ro‘yxati,
loyiha xujjatlari, ikkinchi yildan tayyorlanadigan va tasdiqlanadigan yangidan
boshlanadigan obyektlar kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: