7.4 Tarkibiy siyosatni amalga oshirishda iqtisodiyot raqobatbardoshligini
oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari
Jahon iqtisodiy hamjamiyati rivojlanishining hozirgi bosqichi jahon xo‘jaligi
aloqalarining globallashuvi va baynalminallashuvi bilan tavsiflanadi, bunday sharoitda
xalqaro raqobat va milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshlik muammolari dolzarb
ahamiyat kasb etadi.
Har qanday mamlakatda ichki bozorda raqobatning mavjudligi bozor xo‘jaligi
muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishining asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi, jahonning
ko‘plab mamlakatlarida, shu jumladan, o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda
raqobat to‘g‘risida qonunlarning qabul qilinganligi va mazkur masalalar bilan
shug‘ullanuvchi milliy tashkilotlarning tashkil etilganligi ushbu holatni tasdiqlab turibdi.
Xususan O‘zbekistonda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat
qo‘mitasi (Monopoliyaga qarshi qo‘mita) tashkil etilgan bo‘lib, uning faoliyati
respublika iqtisodiyotida raqobat muhitini yaratish, mulkchilikning turli shakllaridagi
korxonalar va firmalar, shu jumladan, mulkchilikning turli shakllaridagi korxonalar va
131
firmalar xo‘jalik faoliyatini yuritish uchun teng raqobat imkoniyatlarini barpo etishga
yo‘naltirilgan.
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi – bu iqtisodiyotning muhim
ko‘rsatkichlari holatini tashqi parametrlarga nisbatan yalpi baholashni o‘zida mujassam
etgan qiyosiy tavsif hisoblanadi, shu sababli milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi
xalqaro raqobatda namoyon bo‘ladi.
Iqtisodiyotning raqobatbardoshligi namoyon bo‘lishning ko‘p darajali shakllariga
ega bo‘lib, uning xususiyati ham shunda namoyon bo‘ladi: tovarning
raqobatbardoshligi; xodimning raqobatbardoshligi; tovar ishlab chiqaruvchisining
raqobatbardoshligi; tarmoqning raqobatbardoshligi; mamlakatning raqobatbardoshligi
(yoki milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi).
Mamlakatlarning raqobatdoshligi konsepsiyasi tarixan milliy iqtisodiyotning
xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘rnini belgilab beradigan qiyosiy afzalliklar (arzon
ishchi kuchi, boy tabiiy resurslar, qulay geografik joylashuv, iqlim, infratuzilma
omillari va h.k.) nazariyasiga asoslangan.
Qiyosiy afzalliklar mamlakatga tabiatdan berilgan bo‘lib, ular abadiy emas va
takror ishlab chiqarilmaydi. Mazkur afzalliklar fan va texnikaning rivojlanishi, ishlab
chiqarish bilan integratsiyalashuvi, ishlab chiqarish darajasida globallashuvi va
tovarni ishlab chiqarishdan tortib to uni iste’molchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan
barcha bosqichlarda innovatsiyalarga asoslanadi.
O‘zbekiston quyidagi qiyosiy afzalliklarga ega:
-
qishloq xo‘jaligi rivojlanishi uchun qulay tabiiy-iqlim sharoitining
mavjudligi;
-
boy tabiiy resurslar va rekreatsiya resurslariga egaligi;
-
boy madaniy-tarixiy merosga ega ekanligi, ichki va tashqi turizmni
rivojlantirish imkonini beradi;
-
qulay geografik joylashuvi;
-
xalqning mehnatsevarligi va tadbirkorlik qobiliyatiga ega bo‘lgan mehnat
resurslarining mavjudligi.
O‘zbekistonning raqobat sohasidagi o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qiladigan
132
bo‘lsak, quyidagilarni alohida ta’kidlab o‘tish joizdir:
-
mamlakat siyosiy va huquqiy tizimining barqarorligi;
-
insonni rivojlantirishga (ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ehtiyojlarga) katta
mablag‘lar yo‘naltirilayotganligi;
-
aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasining ortib borayotgani;
-
mehnat resurslarining raqobatdoshligi;
-
mamlakat aholisi ta’lim darajasining yuqoriligi va hokazo.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, mamlakatimizning o‘ziga xos ajralib turadigan
jihatlari bilan birga milliy iqtisodiyotimizning raqobat sohasidagi jihatlarini ham
rivojlantirish zarur. Iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish maqsadida quyidagi
omillarga asosiy e’tiborni qaratish lozim. Xususan: mamlakat siyosiy va huquqiy
tizimining barqarorligi, mehnat resurslarining raqobatdoshligi va aholi ta’lim
darajasining yuqoriligi.
34
Shunday qilib, raqobat nuqtai-nazaridan o‘ziga xos xususiyatlari o‘zgaruvchan
bo‘lib, inson kapitalining rivojlanishi, yuksak innovatsion texnologiyalar, intellekt
bilan bog‘liq va o‘z tabiatiga ko‘ra cheksizdir. Mamlakatning qiyosiy va raqobat
sohasidagi jihatlarni aniq farqlash lozim.
Raqobatdoshlik tushunchasiga iqtisodiy adabiyotlarda firmalarning muayyan
sharoitda o‘z raqobatchilariga nisbatan tovarlarni loyihalashtirish, tayyorlash va
sotish borasidagi real va potensial imkoniyatlari qanchalik yuqori ekanini
bildiradigan kategoriya sifati ta’rif beriladi.
AQShning Garvard universiteti professori M. Porter fikricha, mamlakatning
raqobatdoshligi darajasini uning milliy kompaniyalari ishlab chiqarayotgan
mahsulotlar, firmalar, tarmoqlar raqobatdoshligini ta’minlaydi. Shuning uchun
dastlab
mamlakat
raqobatdoshligini
emas,
balki
milliy
kompaniyalar
raqobatdoshligini tahlil etish lozim. Amerikalik olim mamlakat kompaniyalarining
muvaffaqiyatini ta’minlaydigan qulay muhitni yaratish quyidagi to‘rtta muhim
ko‘rsatkichga bog‘liq ekanini ta’kidlaydi
35
:
34
O‘zbеkiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish muammolari: nazariya va amaliyot .// Mualliflar jamoasi: R.O. Alimov,
A.F. Rasulov, A.M. Qodirov va boshqalar // S.S. G‘ulomov tahriri ostida. –T.: Konsauditinform-Nashr, 2006. 26-b.
35
Портер М. Конкуренция. /Пер. с англ. - М.: Издательский дом "Вильямс", 2002. С. 176.
133
ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganlik;
talab ko‘rsatkichlari;
o‘zaro yaqin va xizmat ko‘rsatadigan tarmoqlar;
raqobat muhiti va firma strategiyasi.
Milliy kompaniyalarning ana shu shartlar doirasidagi samarali faoliyati
mamlakatning raqobatdoshlik reytingini belgilab beradi.
Jahon amaliyotida mutaxassislar milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini
aniqlash uchun 340 dan ortiq ko‘rsatkich va 100 dan ortiq usuldan foydalanishadi.
Mamlakatning raqobatdoshligini aniqlashda quyidagi holatlar asosiy omil bo‘lib
xizmat qiladi: iqtisodiy salohiyat va iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari; sanoat ishlab
chiqarishining samaradorligi; ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanish darajasi va uni
o‘zlashtirish sur’atlari; xalqaro mehnat taqsimotida qatnashish; ichki bozor hajmi va
dinamikasi; iqtisodiyotda davlatning roli; moliya tizimining egiluvchanligi; mehnat
resurslari bilan ta’minlanganlik va malaka darajasi; ichki siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy
holat; iqtisodiyotning jahon bozori kon’yunkturasi talabiga moslashish darajasi va
qobiliyati h.k.
Jahon iqtisodiyotining barqaror rivojlanish sur’atlarini ta’minlash, xalqaro
raqobatni vujudga keltirishning muhim sharti dunyo mamlakatlari iqtisodiyotining
ochiqligi bilan belgilanadi. O‘zbekiston iqtisodiyoting erkinlashuvi tobora
chuqurlashib, ochiqlik darajasi ortib jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvi kuchayib
bormoqda.
Shunday qilib, mamlakatning raqobat jihatdan ustunliklarini ishlab chiqarishning
asosiy omilari: tabiiy resurslar, arzon ishchi kuchi va mamlakat mavqei va hududi
bilan belgilanadigan qulayliklar hisobidan shakllantirish mumkin, ana shunda ushbu
ustunliklar biz O‘zbekistonda ularning mavjudligini kuzatgan omillarning qiymati
bilan belgilanadi.
Bundan tashqari respublikaning raqobat jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari unda
sarmoya eng yaxshi texnologiyalar, litsenziya va nou-xauga investitsiya qilinadigan
faol investitsiya siyosatiga asoslanishi mumkin, shu bilan birga, mazkur
texnologiyalar mamlakat ichida doimiy ravishda takomillashib boradi. Sarmoyaning
134
iqtiso-diyot ichida safarbar qilinishi, kapital qo‘yilmalar hajmining o‘sishi omillarning
takomillashuviga (infratuzilmaning rivojlanishiga, mehnat resurslari sifatining
yaxshilanishiga) olib keladi.
O‘zbekiston iqtisodiyotining raqobat jihatdan ustunliklari innovatsiyaga tayanishi
mumkin, bu yaqin o‘n yilliklarda respublika milliy xo‘jaligini rivojlantirishning
istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi va u milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligining ichki
salohiyatini o‘z ichiga oladi. Ushbu holatda mamlakat texnologiyalarining rivojlanishi
va joriy etilishi yuz beradi hamda, eng asosiysi, korxonalar (firmalar) global
strategiyalarni ishlab chiqishni boshlab, chet elda keng ko‘lamli investitsiyalarni
amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |