147
Invalidlarning ijtimoiy integratsiyasi - bu imkoniyati cheklan-
gan shaxslarni ijtimoiy hayot va turli sohalarga aktiv ravishda jalb
etilishi.
Intellekt – insonning umuman bilish faoliyati; fikrlash
qobilyati, tafakkuri, aqli.
Interorizatsiya – tashqaridan ichkariga o‘tish; Vigoskiyning
fikricha, har qanday inson psixikasi avvalo tashqi, odamlar o‘rta-
sidagi muloqot va mehnat yoki boshqa bir faoliyat kabi hosil bo‘ladi,
so‘ngra interorizatsiya natijasida individning psixikasi komponentiga
aylanadi.
Infantilizm – kattalarda bolalar va o‘smirlarga xos bo‘lgan
psixik xususiyatlar va xulq-atvorning saqlanib qolishi.
Jazava – bu nervozlikni bir ko‘rinishi bo‘lib, ichki organlar
funksiyasi va sezuvchanligi shuningdek harakat sohasi va
psixikaning turlicha buzilishi bilan xarakterlanadi.
Kompensatsiya – ta’lim - tarbiya jarayonida sog‘lom sezgi
a’zolariga tayanish yoki qisman buzilgan funksiyalarni qayta qurish
orqali me’yordan chiqqan analizator o‘rnini to‘ldirish.
Ruhni ko‘tarish kompleksi – bu chaqaloqning onasini ovozi
uning yuzi va silashiga nisbatan hissiy harakatli ijobiy reaksiyasi.
Dostları ilə paylaş: