146
Pedagogik faoliyat – kattalarning kasbiy faoliyati bo‘lib, bunda
turli ta’sir etish vositalari yordamida ta’lim va tarbiya masalari hal
etiladi.
Dissotsiatsiya –
harakatlar va ularning motivlarini, shuningdek
ayni ta’sir qiladigan narsalarni anglab yetmaslik, psixik jarayonlarni
to‘liq emasligi va aloqasini buzilishi.
Distimiya – hayotning g‘amgin va qayg‘uli tomonlariga berilib
ketish, tushkunlik va g‘amginlik.
Disforiya – agressivlik, qo‘pollik
va qurquv bilan birga
keladigan jahl va norozilik ustunlik qiladigan kayfiyatning buzilishi.
Ma’naviylik – haqiqat, go‘zallik va yaxshilik kabi mutlaq
qadriyatlarga asoslangan va ularni
muloqot va faolioyatiga
muvofiqlashtirgan shaxsning hissiy holati.
Hayotiy faoliyat – shaxsning ijtimoiy - psixologik sharoitlarda
tashqi va ichki aktivligi.
Hayotiy pozitsiya – individning ijtimoiy qadriyat va normalar,
hayot mazmunini tushungan holda qator o‘z xatti-harakatlarini
tanlashi.
Iste’dod – bu miya va nerv sistemasining
anato-fiziologik
tu’gma o‘ziga xosligi bo‘lib, qobilyatlarning rivojlanishi tabiiy asosni
o‘z ichiga oladi.
Pedagogik qarovsizlik – tarbiyaning yetarli darajada emasligi
va tashqi muhitning nomaqbul ta’siri natijasida bolalarning xulq-
atvori va hulqining normadan og‘ishi.
Dostları ilə paylaş: