53
Horijda aqli zaif bolalarga ko‘rsatiladigan yordam
XX asrning so‘ngi o‘n yilliklarida (60 yillar oxiridan 70 yillar
boshlarigacha) jamiyatning gumanizatsiyalashishi oqibatida, inson
shaxsining so‘zsiz qadrli deb topilishi G‘arbiy Yevropa va AQSh da
umumiy va maxsus ta’lim, hamma bolalarni ta’limini rivojlanish
muammosining demokratlashishiga sabab bo‘lgan jarayonlarga turtki
bo‘ldi. Aqli zaif bolalarga to‘xtaladigan bo‘lsak, ular uchun turli kor-
reksion muassasalar yaratildi, ularni umumta’lim muhitiga integratsiya
qilish jarayonlari rivojlandi. Bunga turli xalqaro tashkilotlar faoliyati
muvaffaqqiyatga erishish uchun yordam beradi, masalan, YUNESCO,
BMT, Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti, aqli zaiflikni ilmiy o‘rganish
xalqaro assotsiatsiyasi, aqli zaiflarga ko‘maklashish jamiyatlari xalqaro
ittifoq va boshqalar.
Angliyada og‘ir darajadagi bolalar 1970 yildan beri maxsus ta’lim
tizimiga kiritilganlar. Ular uchun maxsus maktablar, sinflar, mashq
markazlari mavjud. Xususan, aqli zaiflikning og‘ir ko‘rinishidagi
bolalar yopiq muassasalarga joylashtiriladi, bunday muassasalarning
bir qismi shaxsiy va pullik.
Maxsus muassasalarga bolalar 3 yoshligida joylashtiriladi va
individual dastur asosida o‘qitiladi. Kichik yoshda asosiy e’tibor sensor
va nutqiy rivojlanishga, o‘ziga o‘zi xizmat qilish ko‘nikmalarini hosil
qilish va predmetlar bilan turli harakatlarni amalga oshirishga
qaratiladi. Katta yoshda esa tarbiyalanuvchilar turli mehnat operatsiya-
lariga o‘rgatiladi. Ular karton qutilar yig‘ishadi, avtomobil lampoch-
kalarini qutichalarga joylash bilan shug‘ullanishadi, maktab dalasida
mehnat qilishadi va hokazo.
Ta’lim dasturida bolalarga ijtimoiy xulq – atvor formalarini hosil
qilish alohida o‘ringa ega. Haftada kamida bir marta o‘qituvchi
bolalarni sayrga olib chiqadi va sayr davomida bolalar yo‘l belgilari
bilan tanishishni, yer osti yo‘lidan foydalanishni, turli transport
vositalaridan foydalanishni o‘rganadi. Bolalar o‘zini turli holatlarda
qanday tutishni bilishlari kerak: masalan, do‘stinikida mehmonda,
kutubxonada, tibbiyot mussasasida va hokazo. Ularni unchalik qiyin
bo‘lmagan topshiriqlarni bajarishga o‘rgatishadi: pochta qutisiga xatni
solish, kir yuvish xonasiga kiyimlarni olib borish, mayda xaridlarni
54
amalga oshirish. Barcha amaliy topshiriqlar bolalrni jamiyatga
moslashtirishga qaratilgan.
Germaniyada bunday bolalarga ta’lim berish bir necha turdagi
reabilitatsion – pedagogik muassasalarda amalga oshiriladi, bular;
maxsus maktablar, tarbiyalanuvchilar uzoq vaqt turadigan turar
joylar.
Maxsus maktab va kunduzgi maktablarda doimiy vrach nazorati
va davolashiga ehtiyoj sezmaydigan bolalar ta’lim olishadi. Bu
muassasalar uzaytirilgan kunlik maktablar kabi faoliyat yuritadi. Bu
yerga kelgan bolalar yura olishlari, o‘ziga – o‘zi xizmat qilishlari va
gigienik qoidalarni bilishlari shart.
Maxsus muassasalardagi o‘qituvchilar umumpedagogik
ma’lumotdan tashqari maxsus defektologik ma’lumotga ham ega
bo‘lishlari shart.
Niderlandiya maxsus ta’lim tizimi muammoli bolalarni ajratadi.
Birinchi guruhga yengil darajadagi intellektual kamchiligi mavjud
bolalar kiradi. Jiddiy muammoli bolalarga to‘xtaladigan bo‘lsak,
intellektning qo‘pol va yaqqol ifodalangan buzilishlari nazarda
tutiladi. Jiddiy muammoli bolalar alohida maktab va sinflarda
o‘qitiladi.
Vengriya va Polshada aqli zaif bolalr uchun turli tarmoqli
muassasalar yaratilgan. Og‘ir va mujassam nuqsonli bolalar ijtimoiy
ta’minot va sogliqni saqlash maktab – internatlariga joylashtiriladi.
Yengil darjadagi rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar esa maxsus –
maktab va sinflarda o‘qitiladi.
Maktab – internatlarda bolalar 7 – yoshdan 18 – 20 yoshgacha
tarbiyalanadilar. Tarbiyalanuvchilar bilan ishlash uchun turli
dasturlar ishlab chiqarilgan. Kichik yoshlarda asosiy e’tibor nutqni
rivojlantirishga, jismoniy tarbiyaga va o‘ziga o‘zi xizmat qilishga
qaratiladi. Katta yoshlarda esa tarbiyalanuvchilarni asosan mehnat
qilishga tayyorlashadi.
Maktab internatlaridan tarbiyalanuvchilarni kattalarga mo‘ljal-
langan psixonevrologik muassasalarga yoki rebilitatsion ustaxo-
nalarga jo‘natishadi. U yerda ularni sanoat sharoitlari yengillash-
tirilgan korxonalarda ishlashga tayyorlashadi. Maktabgacha yoshdagi
bolalar bilan ishlash uchun maxsus dastur ishlab chiqilgan. Bu
bolalarni tarbiyalashni asosiy vazifalari atrof – muhit haqidagi
55
tushunchalarini kengaytirish, nutqni rivojlantirish, o‘ziga o‘zi xizmat
ko‘nikmalarini hosil qilish, jismoniy tarbiya.
Maktab yoshidagi bolalar o‘z o‘quv rejasi va dasturiga ega
bo‘lgan maxsus maktablarda ta’lim olishadi.
9-yilga mo‘ljallangan ta’lim jarayoni uch bosqichdan iborat va
har bir bosqich uch o‘quv-yilini o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqichda
nutqni rivojlantirish, sensorika, o‘yin, predmet amaliy faoliyat,
jismoniy tarbiya ustidan ish olib boriladi.
Ikkinchi bosqich davomida asosiy e’tibor o‘ziga o‘zi xizmat
ko‘rsatishga ko‘nikmalarga va xo‘jalik – maishiy mehnatga asosiy
e’tibor qaratilgan. Shu bilan birgalikda bolalarga elementar yozuv va
hisobni o‘qitish bo‘yicha ish olib boriladi va u qat’iy amaliy
xarakterga ega. Bu bosqichda o‘quvchi umum ta’lim bilimlarini
o‘zlashtirishga moyilliklari aniqlanadi yoki bola bilan faqat mehnat
mashg‘ulotlari o‘tkazilishi belgilanadi.
Uchinchi bosqichda hamma o‘quvchilar o‘zlarini psixo – fizik
imkoniyatlariga qarab A, B guruhlariga ajratiladi.
A guruhdagi o‘quchilar bilan yozuv va hisob ta’limi davom
ettiriladi.
B guruhdagi bolalar esa amaliy ko‘nikmalar hosil qilishadi.
Ikkala guruh bilan ishlashda ham asosiy e’tibor o‘quvchilarni
samarali mehnatga tayyorlashga qaratiladi.
Maxsus ta’lim tugallangach o‘smirlar himoyalangan ish
o‘rinlariga ega alohida ishlab chiqarish korxonalariga yuboriladi.
Hozirgi vaqtda Yaponiyada maxsus ta’lim tizimining asosiy
vazifalaridan biri og‘ir va ko‘plab nuqsonli bolalarni o‘qitishni
yanada mukammallashtirish hisoblanadi. Bu vazifani hal etish uchun
maxsus ta’lim Milliy institutida ushbu muammo yechimiga qaratil-
gan izlanishlar olib borilmoqda, o‘qituvchilar uchun kurslar o‘tka-
zilmoqda.
Ushbu maktablarda aqli zaif bolalarni o‘qitish maxsus mak-
tablarda, kunduzgi reabilitatsion markazlarda amalga oshiriladi.
Ko‘pgina maxsus maktablar maktabgacha yoshdagi bolalar
guruhlariga, o‘rta va yuqori sinflarga ega. Maktabning asosiy maq-
sadi – bolalarni hayotga va mehnatga moslashtirish, shuning uchun
yaxshi jihozlangan va turli sohalarda tayyorlashga mo‘ljallangan
ustaxonalarda ishlashga katta ahamiyat beriladi. Agar o‘qish
56
tugagach, tarbiyalanuvchi ishga joylasha olmasa, u ushbu ustaxo-
nalarda ishlashga qoladi.
Germaniyada chuqur darajadagi aqli zaif maktabgacha yoshdagi
bolalar maktabgacha ta’lim muassasalarida bo‘lishadi. Bu maktab-
gacha ta’lim muassasalari tibbiy – reabilitatsion yo‘nalishli maxsus
muassasalar, shuningdek oila va bolalik muammolari bo‘yicha
maslahatchilar bilan yaqin hamkorlikda ish olib boriladi. Maktab
yoshiga yetgach, bolalar ikkinchi pedagog – defektolog mavjud oddiy
sinflarda, yoki umumta’lim maktabining maxsus sinfida o‘qish
imkoniga ega.
Angliyada ta’lim (1981) asosan imkoniyatlari cheklangan
bolalar umumta’lim muhitiga jalb etilgan. Xususan, ko‘pgina gra-
fiklarda og‘ir aqli zaif bolalar oddiy maktablarning alohida dasturli
maxsus sinflarida ta’lim ola boshlashadi.
Ko‘pgina davlatlarda aqli zaif o‘quvchilarga yordam beruvchi
ijtimoiy qo‘mitalar va assotsiatsiyalar tashkil etilgan, ular asosiy
e’tiborni bunday shaxslarni ijtimoiy va mehnat adaptatsiyasiga
qaratilgan. Xususan, AQSh da “Daun sindromi” milliy jamiyati
tashkil etilgan. Yevropada esa “Daun sindormi” Yevropa assotsiatsi-
yasi tashkil etilgan. Bunday bolalar ota-onalari uchun ko‘plab
adabiyotlar chop etilmoqda. Masalan; Italiyada “Daun sindromi”
jurnali, Angilyada “Ota - onalar” jurnallari chop etilmoqda, ularda
bunday bolalar o‘ziga xos jihatlari va ular bilan ishlash metodlari
bayon etilgan.
Defektolog mutaxassislar va ota-onalar o‘rtasidagi aloqa
ijtimoiy pedagoglar tomonidan amalga oshiriladi. Ko‘pgina mak-
tablarda uch yoshgacha bo‘lgan bolalarni o‘qitish uchun ularni psixo-
fizik rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqarilgan va ota-
onalar bola hayotining dastlabki kunlaridanoq shu dastur asosida ish
olib borishadi.
Barcha muassasalarda bunday bolalarni o‘qitish uchun dasturlar
mavjud. Kichik yoshdagi bolalarni o‘qitishda asosiy e’tibor o‘z-
o‘ziga xizmat ko‘rsatish, harakat ko‘nikmalarni rivojlantirish, mehnat
faoliyati va nutqiga qaratilgan. Katta yoshlarda esa asosiy e’tibor
bolalarni ijtimoiy moslashtirishga qaratilgan.
Rosssiyada 90 yillargacha bu toifadagi bolalar internat
tarbiyalanuvchilari hisoblanishardi. Mavjud tuzimga asosan bu
57
muassasalardagi bolalar 4 yoshdan 18 yoshgacha to‘liq davlat
ta’minotida bo‘lishgan (keyinchalik ularning ko‘pchiligi psixo-
nevrologik internatlarga o‘tkazilgan). Bolalar bilan o‘qituvchilar,
tarbiyachilar, logopedlar shuningdek mehnat ta’limi bo‘yicha
instruktorlar ish olib borishgan.
Tarbiyalanuvchilarga tibbiy – ijtimoiy yordam masalalari bilan
nogironlarni tibbiy – ijtimoiy ekpertizadan o‘tkazish va reabilitatsiya
qilish federal markazi ish olib boradi. Bolalarni maxsus muassa-
salarga qabul qilish, klinik, psixologik, pedagogik me’zonlari ishlab
chiqilmoqda, tashkiliy shakllarni mukammallashtirish ustidan ish
olib borilmoqda.
Ko‘pgina bolalar internat uylarida dianostik guruhlar mavjud
bo‘lib, unga yangi kelgan tarbiyalanuvchilar yuboriladi. 3-4 oy
davomida ularning aqliy qobiliyatini rivojlanishi, o‘z-o‘ziga xizmat
qilish va mehnat faoliyati ko‘nikmalarni egallashga bo‘lgan
qobiliyatlari aniqlanadi. So‘ng vrach va pedagoglar xulosasiga asosan
tarbiyalanuvchilar, ularning psixofizik imkoniyatlariga qarab o‘quv
guruhlariga yo‘naltiriladi.
Ko‘pchilik internat uylari 5 kunlik rejimda ishlashadi, ota –
onalar shuningdek bolani maktab ta’tili va boshqa ta’tillarda olib
ketishlari mumkin. Bu bolaga juda ham muhim bo‘lgan oila bilan
aloqani saqlab qolishga va uning ijtimoiy aloqalar doirasini kengay-
tirishga imkon beradi. Internat uylarida mavjud tizim bosqichlardan
iborat.
Birinchi bosqichda maktabgacha yoshdagi bolalarda (4-8
yoshli) gigienik ko‘nikmalar, motorikani rivojlantirish, predmet
amaliy ta’lim va o‘yin faoliyatini rivojlantirish kabi vazifalar
qo‘yiladi. Nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi, maxsus
dastur asosida bolalarni maktabga tayyorlash amalga oshiriladi.
Ikkinchi bosqichda tarbiyalanuvchilarda (8-16 yosh) o‘z-o‘ziga
xizmat ko‘rsatish va shaxsiy gigienik ko‘nikmalarni mustahkamlash
bo‘yicha ish davom ettiriladi. Ularni hisob va yozuvga o‘rgatishadi,
nutqni rivojlanitirish mashg‘ulotlari davom ettiriladi. Bolalarda
xo‘jalik maishiy va ijtimoiy ko‘nikmalarni hosil qilishga alohida
e’tibor qaratiladi.
Uchinchi bosqichning asosiy vazifalari tarbiyalanuvchilarni
ijtimoiy mehnat moslashuvi hisoblanadi va u 16-18 yoshdagi aqli zaif
58
bolalarga tegishli. Bu vaqtda ularning mehnat tayyorgarligi
kuchaytiriladi. O‘quv ishlab chiqarish ustaxonalarida o‘smirlar
qog‘oz va kartondan turli buyumlar tayyorlashadi, yig‘ish ishlari,
tikish va hokazolar bilan shug‘ullanishadi.
Bu davrda tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy yo‘naltirish mashg‘u-
lotlarga alohida o‘rin ajratiladi. Ekskursiyalar davomida jamoat
joylarida, transportda, maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalarida
o‘zini tutish qoidalari o‘rgatiladi. Bu mashg‘ulotlar odatiy ijtimoiy
muhitga moslashtirishga yordam beradi. 18 yoshga to‘lgach ko‘pgina
tarbiyalanuvchilar bolalar muassasalaridan kattalarga mo‘ljallangan
psixonevrologik internatlarga o‘kaziladi. Tarbiyalanuvchilarning
ma’lum qismi maxsus muassasada o‘qishni tugatgach ota – onalar
bilan yashashadi va psixonevrologik dispanserlar davolov – mehnat
ustaxonalarida ishlashadi. Ba’zi korxonalar ularga uyda bajaruvchi
ish taklif qilishlari mumkin.
Aqli zaif o‘quvchi bir sinfda ikkinchi-yil o‘qishga qoldirilishi
mumkin emas. Qaysidir umum ta’lim kurs yoki mehnat ko‘nikmasini
egallay olmaganda bunday bolalar o‘qishi maksimal darajada indi-
viduallashtiriladi yoki mashg‘ulotlarning boshqa shakli taklif etiladi
(mashg‘ulotlarni tanlab borish va hokazolar).
Rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni yanada yuqori ta’lim
muhitiga jalb etish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Masalan,
Moskva va Peterburg ba’zi maktabgacha ta’lim muassasalarida Daun
sindromli bolalar me’yorda rivojlanayotgan tengdoshlari bilan
tarbiyalanmoqda. Aniqlanishicha, bolalarning birgalikda tarbiyala-
nishi daun sindiromli – bolalarning rivojlanishi, ijtimoiy ko‘nikmalar
paydo bo‘lishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Shuningdek, ushbu masala bo‘yicha izlanaishlar Sankt-Peter-
burgda Gersen nomidagi Davlat Pedagogika Universiteti, Raul
Vallenburg nomidagi oila va bola Xalqaro Universitetida olib
borilmoqda. Bu yerdan aqli zaif bolalarga umumta’lim predmetlar,
ijtimoiy-maishiy va mehnat ko‘nikmalarini o‘qitish bo‘yicha metodik
qo‘llanmalar chop etilgan. Bunday bolalarga yozuvni o‘rgatish
yuzasidan metodik qo‘llanmalar ishlab chiqilgan, Yekatirinburgda
tajriba maydonchasida nutq va hisobni rivojlantirish bo‘yicha ishchi
daftarlar chop etishga tayyorlanmoqda, artterapiya mashg‘ulotlari
tizimi ishlab chiqilgan.
59
Maxsus pedagogika bu toifadagi bolalar uchun samarali ta’lim
muhitini yaratish ustida faol ish olib borishmoqda, ularni o‘qitish
uchun innovatsion dasturlar ishlab chiqilmoqda. Bu shaxslarni
jamiyatga jalb etish maqsadida ijtimoiy jarayonni uzluksizligi vazi-
fasi qo‘yilmoqda. Tabiiyki, ular bilan pedagogik ishlash muvofiq
korreksiya prinsiplari va metodlarini qo‘llaydigan maxsus dasturlar
asosida o‘qituvchi defektologlar tomonidan amalga oshirilishi shart.
Aqli zaiflikning og‘ir shaklidagi bolalarda diqqatning faoliyati
ma’lum darajada buzilgan bo‘ladi: diqqat turg‘un emas, bolalar tez
chalg‘iydi, diqqatni jamlash qiyin bo‘ladi. Muayyan maqsadga
erishish uchun zarur bo‘lgan faol diqqat juda ham kuchsiz. Kichik
yoshdagi bolalarning diqqatini jalb etishga yorqin namoyon
bo‘luvchi ta’sirotlar yordamida erishish mumkin, lekin uzoq vaqt
diqqatni biror narsaga jamlab turish juda qiyin bo‘ladi.
Aqli zaiflikning og‘ir shaklidagi bolalarda sensorika sohasida
sezilarli nuqsonlar namoyon bo‘ladi. Sensor rivojlanish hissiyotlarni,
idrok etishni, tasavvurni, ya’ni tashqi signallarni periferik sezgi
organlari (ko‘z, quloq, teri orqali sezish) orqali fiziologik jihatdan
qabul qilishdan, qabul qilinayotgan barcha ma’lumotlarni bosh miya
tomonidan qayta ishlash jarayonigacha o‘z ichiga oladi. Boladagi
hissiyot va idrok etishni rivojlantirish unda ancha murakkab bo‘lgan
tafakkur qilish qobiliyatini shakllantirishda zamin tayyorlash uchun
zarur. Garchi bu bolalarda meyorida rivojlanayotgan bolalarga qara-
ganda, sezgi organlarining nuqsonlari (asosan ko‘rish va eshitish
organlari) ko‘proq uchrasa ham, lekin ularning asosiy qismida sezgi
organlari sog‘lom bo‘ladi. Aqli zaiflikning og‘ir shaklidagi bolalar-
ning ko‘pchiligida sensor faoliyatning rivojlanmaganligining sababi,
bu analizatorlarning zararlanganligi emas, balki ulardan to‘liq
foydalana olmasliklaridadir.
Masalan, bu bolalar 6-9 yoshlarida turli rangdagi buyumlar bilan
bog‘liq harakatlarini bajarganlarida ikki xil rangli oz sonli (2-6)
buyumlarning ranglarni ajrata oladilar, buyumlar soni 10-12 tagacha
oshganda esa, aynan o‘sha ranglarni ajrata olmay qoladilar. Bu aqli
zaiflikning og‘ir shaklidagi bolalarda idrok etish sohasidagi qiyin-
chilikning sababi, biron bir sezgi organlaridagi nuqsonlar emas
(chunki ular buyumlar soni ko‘p bo‘lmaganda ranglarni ajrata ola-
60
dilar), balki olingan ma’lumotlarni yetarli darajada qayta ishlan-
masligida ekanini ko‘rsatadi. Bu bolalar uchun buyumlarni yuzaki
idrok etish xosdir, ular idrok etilgan narsani tahlil qilmaydilar, boshqa
narsalar bilan taqqoslamaydilar. Bu oddiy material bilan biroz
murakkab materialni idrok etish orasidagi ko‘zga tashlanadigan
farqlarda namoyon bo‘ladi. Bola ro‘zg‘orda foydalaniladigan, oddiy
va uni o‘rab turgan buyumlarni yaxshi farqlaydi. Yangi buyumni
idrok qilish zarurati bo‘lganda uni boshqa buyumlardan farqlash va
uning yangi xossalaridan foydalanishga harakat qilmaydi, buyumni
tekshirib ko‘rmaydi. U vazifani bajarishdan bosh tortadi yoki uni
yengillik bilan xato bajaradi. Bu hollarda biz bola “bilmaydi”,
“farqlamaydi”, “tushunmaydi” deymiz. Masalan, namuna asosida
mozaikadan oddiy naqshni bajarishda u namunaning tuzilishini,
tarkibiy qismlarini, ularning ranglarini tahlil qilmaydi, faoliyat
davomida bajarilgan ish bilan namunani solishtirib ko‘rmaydi. Eng
yaxshi holatda rasm bilan uzoq o‘xshash bo‘lgan tasvirni yaratadi,
bunda o‘z xatolarini ko‘rmaydi. Og‘zaki nutqda u tovushlarni to‘g‘ri
va noto‘g‘ri talaffuz etilishi orasidagi farqlarni eshitmaydi, so‘zdagi
aniq bir tovushni eshitmaydi (fonematik eshituvning rivojlan-
maganligi).
Bolalarning tafakkuri ko‘proq xos bo‘lgan faoliyat davomida
mavjud tasavvur va tushunchalarni tartibsiz va tizimsiz tarzda
qo‘llash kabi xususiyatlari ko‘zga tashlanadi. Ma’noviy bog‘liqlikni
yo‘qligi yoki yuzaki bo‘lishi, ularni hosil qilishdagi qiyinchiliklar,
sustkashlik, fikrlashning torligi va fikrlarni umumlashtirishni
favqulotda qiyinligi ularning tafakkur qilish faoliyati uchun xosdir.
Ayniqsa, bolalarga xat-savod va hisobni o‘rgatishda tafakkurning
kamchiliklari yaqqol seziladi. Ular matnni o‘qishni o‘rganib olishlari
mumkin, lekin ularning ko‘pchiligi matnning mazmunini tushunishga
qodir emas. Bolalar matnni bir-biri bilan mantiqan bog‘liq bo‘lmagan
so‘zlar sifatida, alohida parchalardan iborat holda qabul qilishlari
sababli, o‘qiganlarini umumlashtira olmaydilar. Yo‘l qo‘yilgan
xatolarni ular sezmaydilar, shu sababli ularni bartaraf eta olmaydilar.
Bolalarda oddiy matnlarni bayon qilgan vaqtlarida ham ko‘p hollarda
o‘qituvchi so‘zlab berganlariga qisman bog‘liq bo‘lgan ko‘p sonli
qo‘shimchalarni kiritishlari kuzatiladi. Bu kabi qo‘shimchalar kiritish
61
ularning tajribasida oldindan qolib ketgan qotib qolgan aloqalarni
ongsiz qo‘llashning natijasidir.
Ayniqsa masalalarni yechishda ularda qiyinchiliklar yuzaga
keladi. Ular masalalarning shartlarini qiyinchilik bilan yodda saqlab
turadilar, zarur ma’noviy aloqalarni belgilay olmaydilar va alohida
arifmetik amallarni bajarishga o‘tib ketadilar.
Yoshi kattalashgan sari va ta’lim olish natijasida bolalarda
tasavvur va oddiy tushunchalar to‘planib boradi, lekin ular o‘zaro
bog‘liq bo‘lmaydi. Ularning fikr yuritishi juda tor va mustaqil emas:
bular atrofdagilardan o‘rganganlarini o‘z tajribalari asosida qayta
ishlamasdan takrorlashdan iborat.
Aqli zaiflikning og‘ir shaklidagi bolalarning aqliy ojizligining
psixologik mexanizmlarini o‘rganishga qaratilgan bir qator tadqi-
qotlar o‘tkazilgan. Ular uchun psixologik sustlik, vazifalarni qabul
qila olmaslikning xosligi, ularda vazifalarni bajarishning dastlabki
bosqichining qiyin kechishi (aniqlash jarayoni, zarur belgilarni ajratib
olish) aniqlangan, bu vazifani bajarishda yuzaga keladigan
favqulotda qiyinchiliklar haqida dalolat beradi.
Ko‘p hollar bolalarning faoliyatida mo‘ljallash bosqichini
deyarli yo‘qligini ta’kidlash mumkin, ular har doim vazifalarni
bajarishga, ularning shartlarini oldindan tushunib olmasdan darhol,
yengillik bilan, ”hech o‘ylamasdan” kirishadilar. Shunday qilib, bu
bolalardagi vazifalarni qabul qilishdagi katta qiyinchiliklar bilan
ularni bajarishdagi mo‘ljal olish bosqichining deyarli yo‘qligi
birgalikda ularning faoliyatidagi ilojsizlikka olib keladi. Bu
bolalarning qiyinchiligi vazifani yechimidan iborat bo‘lgan alohida
harakatlarni bajara olmasliklarida emas, balki harakatlar o‘rtasidagi
bog‘liqliklarni ko‘rmasligidadir. Kattalarning ko‘rsatmasiga binoan
mexanik tarzda bajarish vazifaning mohiyatini tushunish va shunga
o‘xshash boshqa vazifani bajarish imkonini bermaydi. Bu aqli
zaiflikning og‘ir shaklidagi bolaga xos xususiyatlarni unga o‘yin,
kundalik, o‘quv va mehnat faoliyati bo‘yicha vazifalarni bajarishni
taklif qilib kuzatish mumkin.
Aqliy vazifalarni bajarishda bu bolalarga xos bo‘lgan asosiy
qiyinchiliklarni quyidagicha ajratish mumkin:
62
a) yetarli darajada kuchli bo‘lmagan motivatsiya bilan
shartlangan vazifani sustlik bilan qabul qilish, vazifadan chetga
chiqish, psixik sustlik;
b) vazifada mo‘ljallashni, ya’ni uning qismlari o‘rtasidagi
bog‘liqlik haqidagi tushunchaning yo‘qligi;
d) o‘zining vazifani bajarishga qaratilgan faoliyatini “anglagan”
holda, ya’ni bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga ketma-ket o‘tishni,
harakatlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni amalga oshirishni, harakatning
muvofiq keluvchi usullarini qo‘llashni, vazifani bajarish uchun
ko‘rgazmali vositalardan to‘g‘ri foydalanishni tashkillashtira
olmaslik. Bolaning aqliy rivojlanishini korreksiya qilish muvaffa-
qiyatli chiqishi uchun, bajariladigan ishlar aynan shu qiyinchiliklarni
va kamchiliklarni maksimal darajada yengib o‘tishga qaratilishi
kerak.
Aqli zaiflikning og‘ir shaklidagi bolalar bilan ko‘rgazmali
didaktik materiallar asosida “rivojlantiruvchi ta’lim” qonuniyatlarini
hisobga olgan holda o‘tkazilgan eksperimental ta’lim berish, shuni
ishonchli qilib ko‘rsatdiki, bu bolalarning aqliy rivojlanishini ham
son jihatidan, ham sifat jihatidan o‘stirish mumkin. Tajriba
guruhidagi aqli zaiflikning og‘ir shaklidagi bolalar nafaqat ta’lim
dasturiga kiritilgan vazifalarni to‘g‘ri bajarishni o‘rganib oldilar,
balki ular ko‘nikmalarni odatiy ko‘chirishni ham o‘rganib oldilar.
Imkoniyati darajasidagi amaliy va o‘yin vazifalarini bajarishga
qaratilgan faoliyatda sezilarli o‘zgarishlarni kuzatish mumkin bo‘ldi:
ularning faoliyatlari maqsadga yo‘naltirilgan, anglab olingan, tashkil-
lashtirilgan, bolalar vazifalarni tezroq tushunib oladigan; ularning
faoliyatida vazifani muvaffaqiyatli bajarishga qaratilgan usul va
yo‘llar paydo bo‘ldi, ular namunalarni to‘g‘ri qo‘llay boshladilar,
tasavvurni saqlab qoladilar va qo‘llaydilar. Bularning barchasi
shunga olib keldiki, bunda bolalarning 2/3 qismi ta’lim vaqtida
o‘rgatilgan vazifalarga o‘xshash bo‘lgan yangi vazifalarni mustaqil
bajara boshladilar. Shunday qilib, bolalarning aqliy rivojlanishining
muayyan potensial imkoniyatlari aniqlandi. Lekin bu imkoniyatlarni
amalga oshirish juda katta va chuqur o‘ziga xos xususiyatga ega
bo‘lgan ishlarni bajarishni talab qiladi.
Bolalardagi aqliy qobiliyatdagi qo‘pol buzilishlar bilan
nutqning yetarli darajada rivojlanmasligi uzviy bog‘liq bo‘ladi.
63
Avvalo nutqning paydo bo‘lishi ularda sezilarli darajada kechikadi.
Ko‘p hollarda nutq 6-7 yoshga yetganda paydo bo‘la boshlaydi. Ba’zi
aqli zaiflikning og‘ir shaklidagi bolalarda bir qator-yillar davomida
nutq paydo bo‘lmaydi va deyarli rivojlanmaydi. Bu “nutqsiz” bolalar
deb aytiladigan bolalar kichik yoshdagi bolalarning 20-25% ini
tashkil qiladi. Nutqning bo‘lmasligi ular tomonidan ma’lum ma’noni
anglatishga qaratilgan imo-ishoralar, tushunib bo‘lmaydigan noaniq
tovushlar, o‘ziga xos so‘zlar bilan to‘ldiriladi.
Bunday meyordan chetga chiqishlar bosh miya yarim sharlari
po‘stlog‘ida nutq zonalarida chuqur mahalliy shikastlanishlar
borligidan guvohlik beradi.
Nutqning yetarli darajada rivojlanmasligi odatda, umumiy
psixikaning yetarli darajada rivojlanmasligiga mos keladi. Lekin
boshqacha holatlar ham uchrab turadi. Shunday bolalar borki, ularda
eshitgan intonatsiyalarini saqlab qolgan holda talaffuz qilingan
jumlalar oqimini kuzatish mumkin. Bu ma’noga ega bo‘lmagan
mexanik tarzda qaytarib aytib beriladigan nutqdir. Bunday hodisalar
asosan bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ining peshona bo‘limi
chuqur shikastlangan (olgofreniyaning peshona sindromi deb
ataladigan), shuningdek, gidrotsefaliya kasalligiga yo‘liqqan
bolalarda kuzatiladi. Bunday holatlarda hech qanday ma’noga ega
bo‘lmagan, exolalik nutq haqida gapiriladi.
Bolalar kichik yoshda begonalarning nutqini yaxshi tushun-
maydilar, ular nutqning tonini, intonatsiyasini, gapiruvchining mimi-
kasini va o‘zlarining bevosita ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan
alohida tayanch so‘zlarni anglab olishga intiladilar. Keyinchalik
bolaning lug‘at boyligi kengayib boradi, lekin bari-bir bolaning
tushunish o‘zining shaxsiy tajribasi chegaralari doirasidagina qoladi.
Kichik yoshdagi bolalarda mustaqil nutq ko‘pincha alohida so‘zlar,
qisqa jumlalar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.U modulyatsiyaning
yetishmasligi, qo‘pol duduqlanish, so‘z tuzilishining buzilishi,
agrammatizm kabi xususiyatlar bilan ajralib turadi. Ko‘pchilik bola-
lar periferik artikulatsion apparatning qo‘pol ravishdagi buzi-
lishlariga, nafas yetishmasligiga va boshqalarga uchragan bo‘ladi.
Olib boriladigan korreksion ishlar natijasida bolalarda nutq
rivojlanadi, ularning lug‘at boyligi ortib boradi. Xususan, uch yosh-
64
dan keyin ular kundalik qo‘llaniladigan predmetlarning, hayvon-
larning, sabzavotlarning va boshqalarning nomlarini biladilar, umum-
lashtiruvchi tushunchalardan foydalangan holda toifalashtirilgan
guruhlarni to‘g‘ri tuzadilar. Shu bilan birga, bolalar tasavvurida so‘z-
lar, bir turga mansubligiga ko‘ra emas, balki umumiy vaziyatga ko‘ra
birlashtiriladi (masalan, sabzavotlar guruhini tuzganda, uni ular “po-
liz” so‘zi bilan belgilaydilar, hayvonlar guruhini tuzganda, uni ular
“hayvonot bog‘i” so‘zi bilan belgilaydilar). Ba’zi hollarda bolalar
tashkil etgan guruhlarini biror nom bilan belgilashdan bosh tortadilar.
Ta’lim berish natijasida bolalar turmushdagi va mehnat faoli-
yatidagi harakatlarni, nutqda keng tarqalgan ko‘makchi so‘zlarni
(ustida, ichida, yonida, yaqinida, ostida) muvofiq tarzda qo‘llab
to‘g‘ri aytib beradilar. Lekin, ko‘makchilarni ko‘p hollarda noto‘g‘ri
ravishda “ustida” ko‘makchisi bilan almashtirilishi o‘ziga e’tiborni
tortadi. Ular ma’lum darajada alohida sifat va ravishlarni muvofiq
tarzda qo‘llaydilar.
Ijtimoiy moslashish uchun bolalarni boshqa odamlar bilan
o‘zaro muloqotga, suhbatga kirisha olishi va davom ettirishi, ya’ni
ma’lum darajada shakllangan dialogik nutqqa ega bo‘lishi zarur.
Shu narsa aniqlandiki, yangi so‘zlarni to‘planib borishi ularni
o‘z o‘zidan qo‘llanishiga olib kelmaydi. Sustkashlik, fikrni bildirish-
ga bo‘lgan o‘ta pasaytirilgan darajadagi ehtiyoj, atrof-muhitga
bo‘lgan qiziqishning pastligi – bularning barchasi lug‘atdagi so‘zlarni
faollashishini va muloqotning rivojlanish jarayonini sekinlashtiradi.
Bolalar hech qachon dialogga birinchi bo‘lib kirishmaydilar, kattalar
har doim tashabbuskor bo‘ladilar.
Dialog vaqtida bu bolalar o‘zlarini turlicha tutadilar. Ularning
ba’zilari javob berishdan oldin uzoq vaqt jim turadilar, alohida so‘zni
aytib jim bo‘lib qoladilar. Boshqalari, aksincha, juda ko‘p gapiradilar.
Asosan ularning nutqi ko‘p martta takrorlanuvchi va hotirada
muhrlanib qolgan so‘zlardan iborat bo‘ladi, lekin, mazkur vaziyat
bilan hech qanday bog‘liqlikka ega bo‘lmaydi.
Ba’zi bolalarning javoblari o‘qituvchining savolidan iborat
bo‘ladi (o‘ziga xos exolaliya). Bu asosan Daun sindromiga chalingan
bolalar uchun xosdir. Maxsus tashkillashtirilgan ta’lim natijasida
katta maktab yoshiga yetgan bolalar kommunikativ vazifani bajaruv-
chi nutqni qisman egallaydilar. Ularda o‘qituvchi bilan murakkab
65
bo‘lmagan dialogga kirishish o‘rtoqlari bilan suhbat olib borish
ko‘nikmasi hosil bo‘ladi. Ta’lim olish davomida ularda muloqotga
bo‘lgan ehtiyoj o‘sib boradi.
Aqli zaiflikning og‘ir shakliga chalingan, ayniqsa kichik
maktab yoshidagi bolalarda nutqning asosiy funksiyalaridan biri –
nutqni tartibga solib turish funksiyasi meyoridagidan nihoyatda past
darajada rivojlangan bo‘ladi.Kattalar tomonidan beriladigan yo‘riqlar
bolalar tomonidan o‘ta noaniqlik bilan qabul qilinadi va ular amalga
oshiradigan faoliyatning mazmunini va ketma-ketligini belgilamaydi.
Eng avvalo bu bir necha tarkibiy qismdan iborat bo‘lgan vazifalarni
bajarishga taalluqli bo‘ladi, bunda bolalar harakatlar ketma-ketligini
o‘zgartirib, bajarish tartibini almashtirib qo‘yadilar.
Qilingan ishlar haqida gapirib berish zarur bo‘lganda, hatto
yuqori sinf o‘quvchilari ham katta qiyinchiliklarga duch keladilar.
Murakkab bo‘lmagan amaliy vazifani bajarish bu yoshdagi ko‘p-
chilik o‘quvchilar uchun qiyin bo‘lmasa ham, lekin ularning oz
qismigina o‘qituvchining yordamisiz bajarilgan ish to‘g‘risida hiso-
bot bera oladilar. O‘quv amaliy faoliyat bilan nutq orqali ifodalash
tizimi orasidagi farq sezilarli darajada bo‘ladi. Bu toifadagi bolalar-
ning ham mantiqiy, ham mexanik xotirasi juda past darajada bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |