О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi о‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi


II BOB. Harbiy faoliyat psixologiyasi



Yüklə 100,09 Kb.
səhifə9/19
tarix07.11.2022
ölçüsü100,09 Kb.
#67752
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
MEHMONALIYEV AHADJON BITIRUV ISHI (1)

II BOB. Harbiy faoliyat psixologiyasi.

Harbiy xizmatchi, Vatan himoyachisi kasbini tanlash yoki muddatli harbiy xizmatga chaqirilish inson hayotida muhim voqea hisoblanadi. Muddatli harbiy xizmatni o‘tashga chaqirilgan, oliy harbiy ta’lim muasasasiga o‘qishga kirgan yoki shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tash istagini bildirgan yosh (o‘smir) inson, avvalo, o‘zi uchun odatiy bo‘lgan hayot tarzidan, yurish-turishdan voz kechishga majburdir. Chunki harbiy bo‘linmalarda, jamoalarda hayot va faoliyat umumharbiy Nizomlar, qatt’iy subordinatsiya, harbiy intizom talablari bilan meyorlashtirilgan.


Rivojlangan davlatlarning olimlari olib borgan ruhiy tadqiqot natijalari harbiy-kasbiy faoliyatning asosiy xususiyatlarini ajratib olish imkonini beradi. Harbiy xizmatchilarga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatuvchi keng ko‘lamli omillar mavjud. Ushbu omillarning ta’siri u yoki bu xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uchta darajaning birida amalga oshishi mumkin: biologik, ruhiy va faoliyatli. Olib borilgan tadqiqot natijalari yana bir bor harbiy xizmatni ijtimoiy faoliyatning boshqa turlaridan keskin farq qilishini namoyon etdi. Bu ruhiy omillar turli ravishda harbiy xizmatchilarning ruhiy holatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Tinchlik vaqtida harbiy xizmatchilarning ruhiy holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan omillardan quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
1. O‘z irodasini va xoxish-istagini boshqa kishiga – komandirga bo‘ysundira olish;
2. O‘zining professional vazifalarini bajarishga doimo tayyor bo‘lish;
3. Xizmat vaqti reglamentiga amal qilinmaslik;
4. Yaqin qarindoshlardan uzilib qolish;
5. Yashash joyi va xizmat jamoasini tez-tez o‘zgartirib turish;
6. Hayotiy istiqbollarning cheklanganligi, xizmat bilan bog‘liq ma’lum bir cheklovlar;
7. Kelajakdan qo‘rqish, mavhumlik (fuqarolik hayotiga moslasha olmaslik).
Yakkaboshchilik tamoyili ongli ravishda o‘z irodasini va xoxish-istagini boshqa kishiga – komandirga bo‘ysundira olishni taqozo etadi. Bu ijtimoiy-ruhiy tomondan shaxsiy erkinlikni va tanlov huquqidan cheklanish demakdir. 
Shaxsiy erkinlikni cheklanganlik zarurati harbiy xizmatni qat’iy reglamentga asoslanganligidan kelib chiqadi (bunga kun va ish tartibini, nizom talablarini va boshqa talablarni majburiy bajarilishini kiritish mumkin). Umuman olganda zamonaviy inson erkinlikni xush ko‘radi va birovga majburan bo‘ysunish unda turli ko‘rinishdagi salbiy hissiyotlarni: yoqimsizlikni, serjaxillik, tushkunlik va boshqalarni keltirib chiqaradi.
Biroq bo‘ysunush, itoat etish har doim ham harbiy xizmatchi uchun og‘ir botmaydi, qiyinchilik tug‘dirmaydi. Buning uchun komandir (boshliq) ma’lum bir talablarga javob berishi kerak. Agarki, harbiy xizmatchilar o‘z komandirlari (boshliqlari) ni hurmat qilsalar, uning kompetentligiga ishonsalar, uning g‘amxo‘rligi va e’tiborini, bo‘ysunuvchilarga hurmatli va adolatli munosabatni xis etsalar bo‘ysunush ruhiy zo‘riqish yoki yuklamani keltirib chiqarmaydi. SHu bilan birga komandir (boshliq) o‘zining har bir buyrug‘i, ko‘rsatmasi va talablarini asoslab bersa va oxir oqibat bu talablarning barchasi bo‘ysunuvchilarning va harbiy xizmat manfaatlarini ko‘zlab berilayotganligini tushuntura olsa, ularga bo‘lgan munosabat ham shunga yarasha bo‘ladi.
Harbiy xizmatchilar qonun, nizomlar va boshqa rahbariy hujjatlarning talablariga qat’iy amal qilishni nafaqat belgilangan vazifalarni sifatli bajarilishini, mustahkam intizomni va tartibni ta’minlashini, balki har bir harbiy xizmatchining huquqiy himoyalanganligini ham ta’minlashini tushunishlari kerak.
Harbiy xizmatning ruhiy omillaridan yana biri bu o‘zining professional vazifalarini bajarishga doimo tayyor bo‘lish zarurati hisoblanadi. Bu omil xizmat vazifalarini har doim, har qanday sharoitda, bevosita hayot uchun xavfli sharoitlarda bajarilishining o‘zi ma’lum bir ruhiy zo‘riqishlarni keltirib chiqaradi. Tinchlik davridagi harbiy-professional faoliyat – bu jangovar harakatlarga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatdir. U jangovar texnikalarni, zamonaviy urushlarni olib borish usullarini o‘rganishni, egallagan bilimlarini jangda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Har bir harbiy xizmatchi uning professional tayyorgarlik darajasidan bo‘linmaning jangovar qobiliyati va qudrati bog‘liqligini, professional tayyorgarligi yuqori bo‘lgan harbiy xizmatchini jangda tirik qolish imkoniyati ko‘proq, uning jang vaqtida ruhiy jarohat olish ehtimoli kamroq ekanligini tushunishi lozim. O‘zining jangovar qobiliyatini va mahoratini oshirishdan manfaatdor bo‘lgan harbiy xizmatchi katta qiziqish, tirishqoqlik bilan va ruhiy qarshiliksiz jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari vaqtida shug‘ullanadi.
Sifatli harbiy-professional tayyorgarlikning zarurligi to‘liq anglab etilmayotgan joyda turli ko‘rinishdagi e’tirozlarni: «Buni nima keragi bor? Komandir bizni qiynashdan boshqa narsani bilmaydi» kabi fikrlarni ko‘rishimiz mumkin. Tabiiyki, bunday sharoitda optimal ruhiy holat haqida gapirishni hojati yo‘q. Odamlarda mavjud bo‘lgan e’tiroz, qo‘zg‘alganlik bevosita harbiy xizmatga va komandirga bo‘lgan munosabatda o‘z aksini topadi.

Yüklə 100,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin