О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi о‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI



Yüklə 100,09 Kb.
səhifə5/19
tarix07.11.2022
ölçüsü100,09 Kb.
#67752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
MEHMONALIYEV AHADJON BITIRUV ISHI (1)

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Harbiy muassasalarda psixologik ishlarning dolzarb muammolari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: harbiy xizmatchilarning kayfiyatiga, shaxsiyatiga, sog’lom axloqiy-ruhiy holati va jangovar salohiyatiga salbiy ta’sir etuvchi shaxsiy muammolar; atrofdagilar bilan vujudga keladigan nizolar; turli shakldagi deviant (og’ishgan) xulq-atvorlar; guruhiy (jamoaviy) muammolar-harbiy jamoaning axloqiy-ruhiy muhitini buzuvchi muammolar; jamoa ichidagi munosabatlarga to’sqinlik qiluvchi nizoli vaziyatlar (shaxsiy, axloqiy, xizmat); nizoli vaziyatlarda jamoaning kichik guruhlarga bo’linib ketganligi, harbiy xizmatchilar o’zaro kelisha olmasligi, jamoada ijobiy qadriyatlarning yo’qolishi va hokazolar. Yuqoridagi muammolardan kelib chiqib harbiy psixologlar amalga oshiradigan ishlar ketma-ketligida eng muhim yo’nalishlardan biri bu-psixologik maslahat ishlarini yo’lga qo’yish. Psixologik maslahat shunga ehtiyoji bo’lganlarga beriladi. Ular psixolog tomonidan mijoz hayotida duch kelgan muammoni dastlab o’rganib chiqish va shaxsiy suhbat asosida beriladi. Odatda, psixologik maslahat oldindan belgilangan soatda, buning uchun maxsus jihozlangan xonada, begonalar ishtirokisiz o’tkaziladi. Psixologik maslahat-amaliy psixologiyaning alohida sohasi bo’lib, harbiy xizmachilarga shaxsiy, kasbiy va hayotiy muammolarini hal etishida maslahat va tavsiyalar sifatida mutaxassis tomonidan bevosita ko„rsatiladigan yordam bo’lib, u individual, guruhiy tarzda o’tkazilishi mumkin. Maslahat berish psixologik xizmatning asosiy yo’nalishlaridan biridir. Lekin psixologik maslahat o’zi nimaligi haqida yagona tushuncha yo’q. Har bir sohada xizmat olib borayotgan psixolog ishi boshqasi bilan bir- biridan tubdan farq qiladi. Psixolog aniq harbiy jamoadagi shaxsiy tarkib orasidagi munosabatning ijobiy va salbiy tomonlarining, rivojlanadigan ijtimoiy muhitning ichida bo’ladi. U har bir shaxsiy tarkibning o„zinigina emas, shaxslararo munosabatning murakkab tizimini ham ko„radi, boshqa ish turlari bilan birgalikda vaziyatni hal qiladi. To’g’ri tashkil etilgan maslahat tufayli psixolog va ofitser yoki serjant o’z sohasini yaxshi biluvchi mutaxassislar sifatida namoyon bo’ladi.
Maslahat quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Harbiy xizmatchi muammolari bo’yicha ularning hamkorligi bilimlarining birikuviga imkon beradi va muammolarni hal qilish uchun keng ijodiy imkoniyatlar yaratadi. Maslahat berishning asosiy ahamiyati ana shunda.
2. Psixolog shaxsiy tarkibning psixologik xususiyatlari, ularning qiziqishi, mayli, ilk iqtidori kabilarni o’rganadi, mutaxassis va yetuk shaxs sifatida shakllanishiga yordam ko’rsatadi.
3. Harbiy xizmatchilarda malakalar va ko’nikmalarini egallashda uchraydigan nuqsonlar hulq-atvordagi kamchiliklar, intellektual taraqqiyot va shaxs fazilatlaridagi buzilishlarni diagnostika qiladi.
4. Boshqa sohaning mutaxassislari bilan birgalikda psixik rivojlanishdagi nuqsonlar xilma-xilligini hisobga olgan holda differensial diagnostikani amalga oshiradi. Nuqsonlarning tibbiy, defektologik yoki psixologik tabiatini aniqlaydi. Asotsial xulq-atvor sabablarini va shakllarini belgilaydi. Giyohvandlik va taksikomaniya, alkogolizm, o’g’rilikning ijtimoiy-psixologik ildizlarini tekshiradi, omillarini tahlil qiladi.
5. Iqtidorli harbiy xizmatchilar, mutaxassislarni tanlashda ishtirok qilib ilmiypsixologik tavsiyalar ishlab chiqadi.
6. Harbiy xizmatchilarda uchraydigan psixo-emotsional zo’riqishlar (stress, depressiya, suitsid) ni o’rganadi, tahlil qiladi, profilaktika va korreksion tadbirlarni tashkil etadi.
Harbiy psixolog xizmatchilar orasidagi iqtidorli mutaxassislarni tanlashda ishtirok etib ular uchun ham ilmiy ham psixologik tavsiyalar ishlab chiqadi Psixologik xizmatning ushbu yo’nalishi psixologdan inson shaxsi va individualligini tarkib toptirish jarayonida faol ishtirok etishni taqazo qiladi. Harbiy sohadagi psixologning vazifasi psixologik xizmatni muayyan mezonlarga asoslanib tashkil qilishdan iborat bo’lib, yosh davr xususiyatlariga binoan psixikaning rivojlanishi, harbiy xizmatchi shaxsining shakllanishi qonuniyatlarini amaliyotga tatbiq etish, ularning qobiliyati, maylini o’sish darajasiga qarab komandirlarga korreksion ishlarni amalga oshirishda ko’rsatmalar berishdan iborat. Psixologik xizmatning ushbu yunalishida alohida ahamiyat kasb etadigan narsa bu-harbiy xizmatchilar kasbiy o’sishida kechikish, xulqdagi buzilishlar, bo’yruqlarni bajarishdagi sovuqqonlik, mashg’ulotni o’zlashtirishning yomonlashuvi kabilardir. Shuningdek, vazifalariga (mutaxasislikka) yo’naltirish – harbiy xizmatchini layoqati, qiziqishi va qobiliyatlariga mos faoliyatni ongli tarzda tanlashga tayyorlash ham kiradi. Bu keltirilgan yo’nalishlarning uzviy va uzluksiz bog’liqligi psixologik xizmat mazmunining yaxlitligini ta’minlaydi. Psixologik xizmatga bo’lgan ehtiyoj, eng avvalo, harbiy jamoada ro’y berayotgan, shaxsiy tarkib o’rtasida kechadigan munosabatlardagi ayrim kamchiliklarni to’ldirish bilan bog’lik tarzda vujudga kelgan. Harbiy sohadagi psixologik xizmatning maqsadi – harbiy xizmatchi shaxsining xar tomonlama mukammal psixologik taraqqiyotini ta‟minlovchi oqilona, zarur shartsharoitlar, omillar, qulay vaziyat va sog’lom muhit yaratishdan iboratdir. Bugungi kunda Qurolli Kuchlarimizda psixologik xizmatning tarkibiy mazmuni harbiy xizmatchining individual psixologik xususiyatlarini o’rganish bilan birga uning harbiy xizmatchi sifatida har tomonlama kamol topishi, uning ham ma‟naviy, ham aqliy rivojlanishi, o’zligini anglashi va qobiliyatlarini namoyon etishi uchun ta’lim-tarbiya hamda ma’naviy-ruhiy sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi. Armiyani isloh qilish borasidagi ishlarning yakuniy mezoni – amaliy natijasi Qurolli Kuchlarning jangovar qobiliyati va tayyorgarligini real oshirish, ularning yuqori darajadagi uyushqoqligi va hamkorligini ta‟minlashdan iborat. Harbiy sohadagi psixologik xizmatda tadqiqot va ta‟sir ko’rsatish obyekti harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, muddatli harbiy xizmatchilar hamda Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilaridir. Demak, psixologik xizmat o„z mazmun mohiyatiga ko’ra xizmat faoliyatining barcha tizimlari uchun zarur va kerak bo’lgan ijtimoiy-psixologik hodisa ekan, biz uning omillarini bilishimiz lozim bo’ladi. Psixologik xizmatning harbiy sohadagi o‘ziga xos omillari. Harbiy qism va muassasalarda psixologik xizmatni tashkillashtirishning quyidagi jihatlarini ajratish mumkin:
 Harbiy qism va muassasalarni yuqori saviyali psixolog kadrlar bilan ta’minlash va ular malakasini oshirishni tashkil etish Harbiy qism va muassasalarda psixologik xizmatni nazariy metodologik taminlash;
 Harbiy qism va muassasalarda psixologik xizmatni uslubiy ta’minlash.



Yüklə 100,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin