О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi о‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi


Harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar



Yüklə 100,09 Kb.
səhifə7/19
tarix07.11.2022
ölçüsü100,09 Kb.
#67752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
MEHMONALIYEV AHADJON BITIRUV ISHI (1)

1.2 Harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar.
Xizmatga oid munosabatlar xizmatni o‘tashda, jangda va kundalik hayotda nihoyatda zarur bo‘lib, har bir kishidan eng avvalo jangovar, xizmatga va mehnatga oid, ma’naviy-ma’rifiy majburiyatlarni so‘zsiz bajarishni taqozo etadi. Ushbu o‘zaro munosabatlar harbiy jamoaning tashkiliy tuzilishida rasman mustahkamlab quyilgan. Bundan tashqari ular harbiy nizom, buyruq, qoida va qo‘llanmalarda bayon etilgan bo‘ladi. Komandirlarning faoliyatlari ushbu o‘zaro munosabatlarni qaror toptirishga, mustahkamlashga va boshqarishga qaratiladi. Xizmatga oid o‘zaro munosabatlar tizimi muntazam qaror toptirib boriladi, masalan, xizmat faoliyatining u yoki bu jarayonida harbiy xizmatchilarni qayta taqsimlash, majburiyatlarni belgilash va vazifalarni taqsimlash, hisobot vaqti va shaklini ko‘rsatish, xizmatda kamchiliklar bo‘lganda jazolash va hokazo). Ammo, xizmat davrida ham, undan tashqarida ham iroda, ong va hissiyotga ega bo‘lgan kishilar o‘zaro ta’sirlashadilar. Shuning uchun ham xizmatga oid munosabatlarni shaxsiy munosabatlardan, shaxsiy munosabatlarni esa xizmatdan tashqari munosabatlardan butunlay ajratib bo‘lmaydi. Xizmat vaqtida ham, xizmatdan tashqari holatlarda ham o‘ziga xos his-tuyg‘ularga, irodaviy sifatlarga, tafakkur va dunyoqarashga ega bo‘lgan insonlar o‘zaro munosabatlarga kirishadilar. Bu esa harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi munosabatlarning chuqur ruhiy-emo-sional mazmunga ega ekanligidan dalolat beradi.
Bo‘linmadagi o‘zaro munosabatlar kishilar xulq-atvoriga juda kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Askarning o‘z komandiriga bo‘lgan ichki sub’ektiv munosabati unda harbiy xizmatga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Qandaydir sabablarga ko‘ra ushbu munosabat salbiy bo‘lsa, bo‘ysunish majburiy, xizmat jarayoni esa zerikarli bo‘ladi, natijada kelishmovchilik va ko‘ngilsiz holatlar kelib chiqadi. Aksincha, komandir va askar o‘rtasidagi ijobiy munosabat xizmatni osonlashtirib, uni sevimli mashg‘ulotga aylantiradi. Bu esa askarlarda kerakli jangovar sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Bo‘linmalardagi harbiy intizomni mustahkamlashda o‘zaro munosabatlar mazmuni katta ahamiyatga ega: qaerda o‘zaro munosabatlar harbiy nizomlar asosiga qurilgan bo‘lsa, o‘sha joyda harbiy intizom mustahkam bo‘ladi.
Harbiy bo‘linmadagi o‘zaro munosabatlar har xil ichki va tashqi omillar ta’sirida o‘zgarib turadi. Zamonaviy harbiy texnika va qurollarning murakablashganligi, ularning bir nechta kishilar tomonidan boshqarilishi bo‘linmada va har bir harbiy xizmatchidagi mas’uliyat hissini nihoyatda oshiradi. Ularni boshqarishda aniqlik va hushyorlik harakatlardagi o‘zaro muvofiqlik talab etiladi. Bularnin hammasi harbiy xizmatchilarni bitta jamoa atrofiga birlashtiradi, har bir kishining umumiy ish uchun mas’uliyatini oshiradi.
Insonlarga o‘tkazadigan ta’siriga ko‘ra, shaxsiy munosabatlar o‘zaro munosabatlar tizimida alohida o‘rin tutadi. Bunday munosabatlar stixiyali ravishda qaror topadi (yoqtirish, yoqtirmaslik, befarqlik, do‘stlik, xayrixohlik va hokazo). Kundalik hayotda bunday munosabatlarga har doim ham e’tibor berilavermaydi. Ammo, shaxsiy munosabatlar katta ta’sir kuchiga ega bo‘lib, doimiy e’tiborni hamda izchil boshqaruvni taqozo qiladi.
Kundalik harbiy xizmat jarayonida harbiy xizmatchilar amalga oshiradigan har xil o‘zaro aloqalar va muloqotlar jamoadagi o‘zaro munosabatlar tizimini tashkil etadi. Aynan ushbu jarayonda shaxslar va jamoalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlashuv shakllari paydo bo‘ladi va rivojlanadi. O‘zaro munosabatlar tizimi jamoadagi rahbarlik usullariga, ijtimoiy-psixologik muhitga, an’analarga, harbiy intizomga va shaxsiy tarkibning o‘z vazifalariga bo‘lgan munosabatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu sanab o‘tilgan omillar esa jamoaning rivojlanganlik darajasini belgilaydi.
Ma’lumki, harbiy bo‘linmalardagi o‘zaro munosabatlar umumharbiy nizomlar va ahloq me’yorlari bilan tartibga solib turiladi. O‘zaro hurmat, jangovar o‘rtoqlik, jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etish, har qanday sharoitda ham o‘rtoqlariga yordam berishga intilish kabilar harbiy nizomlarga asoslangan o‘zaro munosabatlarga xos.
Boshliqlar va bo‘ysunuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar yakkaboshchilik, turli toifadagi harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi munosabatlarda ma’lum masofani saqlash, o‘zaro hurmat va boshliqlarning obro‘si kabi tamoyillarga asoslanadi. Boshliq va komandirlarga so‘zsiz bo‘ysunish harbiy xizmatchi shaxsini erga urmaydi. Chunki, ularning qiziqishlari o‘zaro mos keladi, ular bir maqsad Vatan himoyasi uchun xizmat qiladilar. Jamoada harbiy nizomlarga asoslangan o‘zaro munosabatlarni shakllantirish ko‘p jihatdan askarlarning jamoaga moslashuviga, ularning muloqot usullariga va ruhiy jihatdan qanchalik mosliklariga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu ko‘rsatkichlarni bilgan holda bo‘linmadagi o‘zaro munosabatlarni boshqarish mumkin.
O‘zaro munosabatlarning har qanday shaklida turli xil ijtimoiy-psixologik hodisalar yuz berib turadi. Shunday hodisalardan biri taqlid bo‘lib, inson shaxsining kamol topishida uning o‘rni beqiyos, har qanday inson hayotda kimgadir taqlid qiladi, unga o‘xshashga harakat qiladi. Psixologlar tilibilan aytganda insonlardagi ijtimoiy bilim va tajriba manbalaridan biri – taqliddir.
Munosabatlarda paydo bo‘ladigan yana bir ijtimoiy-psixologik hodisa musobaka yoki o‘zaro raqobat hisoblanadi.
Musobaqa insonlarni faollashtiruvchi ta’sir kuchiga ega.
Ushbu hodisadan bo‘linmalardagi jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik darajasini oshirishda foydalanish maqsadga muvofiq.

Yüklə 100,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin