О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi о‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi



Yüklə 100,09 Kb.
səhifə4/19
tarix07.11.2022
ölçüsü100,09 Kb.
#67752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
MEHMONALIYEV AHADJON BITIRUV ISHI (1)

Bitiruv ishining maqsadi
Harbiy qism va muassasalarda muddatli harbiy xizmatchlarning ruxiyatini uning xizmatga bo’lgan munosabatini o’rganish va mavjud muammolarini bartaraf etish uchun psixologik xizmatning joriy etilishining o’ziga xos katta ahamiyati hozirgi kunda shaxsiy tarkibning xizmat olib borishida bir qator psixologik to’siqlarning oldini olishga nisbatan talabning ortib-borayotganligida yaqqol ko’rish mumkin. Harbiy xizmatchilar amaliyotchi psixologlarga asosan o’zlarining shaxs xususiyatlarini, irodaviy sifatlari, his-tuyg’ulari, o’z-o’zini boshqarish imkoniyatini, intellektual salohiyat darajasini psixodiagnostik uslublar yordamida aniqlash va o’z imkoniyatlarini ruyobga chiqarish, rivojlantirish, kasbga yo’naltirish, shaxslararo munosabatlardagi muammolarni hal etish masalalari bo’yicha murojaat qilishlari mumkin. Shu bilan birgalikda muddatli harbiy xzmatchilarning xizmat jarayoniga ta’sir etuvchi psixalogik omillarni aniqlashimiz va ularni samarali bartaraf etishimiz mumkin.
Bitiruv ishining obyektini
Mudofaa vazirligi maxsus operatsiya kuchlari bo’linmlalari 24231-harbiy qism muddatli harbiy xizmatchilarida yuzaga kelayogan ruxiy zo’riqishlarni bartaraf etish.
Mavzuning predmeti
Muddatli harbiy xizmatchilarni xizmat jarayoniga ta’sir etayogan psixalogik omillarni bartaraf etish va “Axloqiy ruxiy ta’mnotni mustaxkamlash” konsepsiyasida nazarda tutilgan tadbirlarni sifatli amalga oshirishdan iborat.
Bitiruv ishi nazariy va amaliy ahamiyati
Harbiy muassasalarda psixologik ishlarning dolzarb muammolari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: harbiy xizmatchilarning kayfiyatiga, shaxsiyatiga, sog’lom axloqiy-ruhiy holati va jangovar salohiyatiga salbiy ta’sir etuvchi shaxsiy muammolar; atrofdagilar bilan vujudga keladigan nizolar; turli shakldagi deviant (og’ishgan) xulq-atvorlar; guruhiy (jamoaviy) muammolar-harbiy jamoaning axloqiy-ruhiy muhitini buzuvchi muammolar; jamoa ichidagi munosabatlarga to’sqinlik qiluvchi nizoli vaziyatlar (shaxsiy, axloqiy, xizmat); nizoli vaziyatlarda jamoaning kichik guruhlarga bo’linib ketganligi, harbiy xizmatchilar o’zaro kelisha olmasligi, jamoada ijobiy qadriyatlarning yo’qolishi va hokazolar. Yuqoridagi muammolardan kelib chiqib harbiy psixologlar amalga oshiradigan ishlar ketma-ketligida eng muhim yo’nalishlardan biri bu-psixologik maslahat ishlarini yo’lga qo’yish.
shu bilan belgilanadiki, tadqiqot natijasida olingan xulosalar “Harbiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti” fani bо‘yicha tashkiliy xarakterga ega bо‘lgan hujjatlarni ishlab chiqish uchun amaliy dastur bо‘lishi mumkin. Olingan xulosa va bildirilgan takliflardan ta’lim muassasalari faoliyatida, harbiy psixologiya fanlarini о‘qitishda va takomillashtirishda foydalanish mumkin.



Yüklə 100,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin