О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi о‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi



Yüklə 100,09 Kb.
səhifə3/19
tarix07.11.2022
ölçüsü100,09 Kb.
#67752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
MEHMONALIYEV AHADJON BITIRUV ISHI (1)

Annotation
External and internal factors that affect the psychology of our boys serving in the ranks of our professional army are highlighted in this qualification graduation thesis on the topic of psychological factors affecting the service process of conscripts. Also, effective methods and methods of eliminating psychological factors affecting conscripts during their service have been revealed.
In military units and institutions, the special importance of the introduction of psychological service to study the mentality of conscripts, their attitude to service and to eliminate their existing problems is the demand for preventing a number of psychological obstacles in the service of personnel. it can be clearly seen that it is increasing. Military servicemen are trained by practicing psychologists to determine their personality traits, willpower, emotions, ability to self-manage, level of intellectual potential using psychodiagnostic methods, and to realize their potential, develop, and pursue a career. they can refer to issues related to education, solving problems in interpersonal relationships. Together with this, we can determine the psychological factors that affect the service process of conscripts and effectively eliminate them.
KIRISH
Bitiruv ishining dolzarbligi: O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida “Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” degan konseptual g’oya asosida ma‟naviy-ma‟rifiy ishlarni tashkil etish, harbiy xizmatchilarning bilimi va ma’naviy saviyasini oshirish, axloqiy-ruhiy xislatlari va huquqiy bilimlarini mustahkamlash bo’yicha samarali mexanizmlarni yaratishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasi Qurolli Kuchlar tizimida izchil amalga oshirilishi belgilab qo’yilgan. Ushbu qaror asosida harbiy okruglar boshqaruv apparatlarida, brigadalarda va alohida batalonlarda “harbiy psixolog” (ofitser) lavozimi joriy etildi.

Mavzuga oid ilmiy-pedagogik, metodik manbalarni o‘rganish asosida harbiyxizmatchi shaxsining psixologik muammolari dolzarb muammo ekanligini ilmiy jihatdan asoslash.


1.Harbiy xizmatchi shaxsining psixologik muammolarini o‘rganish holatininmavjud ahvoli va pedagogik shart-sharoitlarini o‘rganish.
2.Harbiy xizmatchi shaxsining psixologik muammolarinio‘rganish yo‘llariniilmiy jihatdan asoslash.
3.Harbiy xizmatchi shaxsining psixologik muammolarini o‘rganishmetodlari, yangicha andozasi hamda ularning samaradorlik darajasini aniqlash.
4.Harbiy xizmatchi shaxsining psixologik portreti haqida fikrlar.

Ushbu mavzuning ilmiy yangiligi:


1.Harbiy xizmatchi shaxsining psixologik muammolarini o‘rganish metodlari so‘ngi ilg‘or tajribalar asosida ishlab chiqish dolzarb pedagogik muammo ekanligini ilmiy jihatdan asoslandi.
2.Harbiy xizmatchi shaxsining psixologik muammolarini o‘rganishning mavjud ahvoli va shart-sharoitlarini metodologik yondashuv bilan o‘rganildi.
Harbiy xizmatchilarning ruhiy xususiyatlarini bilmasdan turib, ularni uqitish vatarbiyalash ishlarini yaxshi yulga quyib bulmaydi. Qisqacha qilib aytganda harbiy psixologiyaning maqsadi harbiy xizmatchi-lar mehnatini engillashtirish vatakomillashtirishdir. Mavzuning ahamiyati: Jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini risoladagide ktashkil etish hamda olib borish harbiy xizmatchilarda axloqiy-jangovar sifatlarni shakllantirishni ta’minlaydi. SHuningdek, bunday sifatlarni shakllantirish umumanharbiy jamoalardagi intizomning holatiga ham bog‘liq bo‘ladi.Tajribali komandirlar ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishda o‘zbo‘linmalaridagi ruhiy holatni e’tiborga olgan holda u yoki bu harbiyxizmatchining ongiga qanday ta’sir o‘tkazishni bilishadi. Bilim, ko‘nikma vamalakalarni egallashning qonuniyatlarini, insonni to‘laqonli shaxs qilib kamoltoptirish yullarini bilmagan tarbiyachilar esa xatoliklarga yul quyishadi. Bundayvaziyatda olingan natijalar quyilgan maqsad bilan mos kelmaydi, komandir esabunday nomutanosiblikning sababini bilmaydi, natijada o‘zi olib borayotgan ta’lim-tarbiya ishidagi kamchiliklarni tuzata olmaydi. O‘qitish va tarbiyalash murakkab jarayon bo‘lib, u harbiy xizmatchilar ongigashunday ta’sir etishni nazarda tutadi-ki, toki ular jangovar harakatlarni muvaffaqiyatli olib borishlari uchun zarur bulgan bilim, ko‘nikma va malakalarnio‘zlashtirib olsinlar. Shunday ta’sir ostida ularda yana siyosiy onglilik, harbiy burchga sadoqat va Vatan mudofaasi uchun mas’uliyat hissi kabi sifatlar shakllanadi. Ta’limiy va tarbiyaviy ta’sir eng avvalo insonning ruhiyatiga, ongiga qaratilgan bo‘ladi. Bunday ta’sirni to‘g‘ri tashkil etish uchun inson ruhiyatiniyaxshi bilish kerak. Inson ruhiyati uning sezgilarida, idrokida, xotirasida, tafakkurida va hokazolarida namoyon buladi. Kundalik hayotda bizning harbirimiz o‘zga kishilar ruhiy faoliyati namoyon bo‘lishini kuzatamiz va baholaymiz. Masalan, kimningdir aqliga, xotirasiga, xayolot olamiga qoyilqolamiz, tasanno aytamiz, yoki aksincha, o‘zgalardagi, ba’zan esa o‘zimizdagi tezunutuvchanlik, parishonxotirlik kabi sifatlarni qoralaymiz.Harbiy faoliyat, ayniqsa, ofitserlik faoliyati murakkab va qiyin faoliyatlardan biri hisoblanadi.Harbiy xizmatchining psixologik muammolarini o‘rganish ishlarining mavjud ahvoli haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya» tushunchasining mohiyati, ya’ni uning nimani «anglatishi» to‘grisida to‘xtalib o‘tsak.«Psixologiya» so‘zi yunoncha bo‘lib, «psixos»-ruh, jon; «logiya»-ta’limot degan ma’noni bildiradi. Hozirgi vaqtda psixologiya juda keng tarmoqli fanlardan biriga aylangan. Harbiy psixologiya ushbu fan tarmoqlaridan biri bo‘lib, o‘zining o‘rganish ob’ekti muammolari, usullari va qonuniyatlariga ega. Harbiy psixologiya harbiy xizmatchi va harbiy jamoalar ichki olami, ruhiyrivojlanish qonuniyatlari haqidagi fan bo‘lib, ofitser faoliyati bilan bevosita bog‘liq. SHuni aytib o‘tish kerakki, harbiy psixologiya nazariyadan ko‘ra amaliyotga yaqinroq, ya’ni harbiy xizmatchi o‘z faoliyatida to‘qnash keladigan muammolarni tahlil qilishga va hal etishga yo‘naltirilgan.
Ma’lumki, psixologiyada, nafaqat psixologiyada, balki umuman ijtimoiy psixologik adabiyotlarda shaxs tushunchasiga katta e’tibor qaratiladi. Psixologiya nuqtai nazaridan shaxs quyidagi belgilarga ega:
1. U aniq bir inson;
2. Muayyan jamiyatning a’zosi;
3. Muayyan jamoaga mansublik;
4 .Muayyan bir faoliyat yoki faoliyatlar turi bilan shug‘ullanadi;
5. Atrof -muhit va voqelikka nisbatan o‘zining munosabatiga ega;
6. O‘ziga xos individual xususiyatlarga ega.
Bundan tashqari shaxs uziga xos quyidagi psixologik xususiyatlarga ham ega buladi:
1. O‘z-uzini anglash;
2. Individuallik-o‘ziga xoslik;
3. O‘z-o‘zini boshqara olish (alohida reja asosida) layoqati;
4. Muayyan faoliyat turida namoyon qiladigan faolligi;
5. Ijtimoiy aloqa tizimiga qo‘shilganligi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, «inson» va «shaxs» tushunchalari bir xil ma’nonianglatmaydi. Inson -bu yig‘ma tushunchabulib, har qanday shaxsga nisbatan ham shlatilaveradi. Shaxs esa o‘zidagi jamiki individual xususiyatlar bilanbirgalikda muayyan bir insonni anglatadi.
Ofitserlar askarlarni kuzatib, ulardan bir xillari o‘qishga qobiliyatli, boshqalari kamroq qobiliyatli bo‘ladi deb hisoblar ekan, bu gapda jon bor. SHunday bo‘ladiki, askar matematikaga qobiliyatli bo‘ladi-yu, lekin o‘zining og‘zaki va yozma nutqini yaxshi ifodalay olmaydi yoki tillarga, adabiyotga, umuman ijtimoiy fanlarga bo‘lgan qobiliyatini namoyon etadi, biroq matematika, fizika, texnikani o‘rganish unga qiyinlik qiladi. Qobiliyat insonning u yoki bu faoliyatni amalga oshirishida juda kattaahamiyatga ega bo‘ladigan shaxs xususiyati hisoblanadi. Qobiliyatlar deb shunday psixik sifatlarga aytiladiki, inson ular yordamidabilimlarni, ko‘nikma va malakalarni nisbatan osonlik bilan egallab oladi va birorfaoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanadi.Harbiy xizmatchi shaxsining psixologik portreti. Harbiylar ham avvalo insondir. Inson ongi -bu hissiyotlarni, tafakkurni va ma'naviy tuyg'ularni bir butunga birlashtirgan murakkab, tarqoq va nisbatan mustaqil tizim. Ko'zgu nazariyasi ongning, odamlar hayotining ma'naviy sohasining kundalik ehtiyojlari va tashvishlari bilan bog'liqligini tushuntiradi. Insonning ongi turli jihatlarda uning ongi, sharafi va vijdoni sifatida, uning sababi, sababi va donoligi sifatida, o'z-o'zini anglash va qalbi sifatida, zamon ruhi -ijtimoiy ongning o'ziga xos tarixiy rivojlanish bosqichida individual namoyon bo'lishi sifatida namoyon bo'ladi. Va bularning barchasi tabiat, jamiyat va har bir insonning ichki dunyosini aks ettirish va aks ettirishning maxsus shakllari. Uning uchun o'zining ichki dunyosi bo'lgan o'z Menini ifodalovchi sub'ektiv dunyoni insonning individualtanasi va moddiy ijtimoiy borlig'i ustidan informatsion (instinktiv-emotsional, ma'naviy-shahvoniy, intellektual) ustki tuzilish deb atash mumkin. Ushbu ta'rif insonning ongi ham mavjudlik rejimida, ham mazmun jihatidan materiyaning o'z borligida namoyon bo'ladigan darajada aks etishi bilan to'liq mos keladi. Epistemologiyada inson psixikasi va ongining asosiy tarkibiy qismlari shu qadar qisqacha tavsiflanadi. Ongning hissiy sohasida, boshlang'ich hissiyot(ochlik, tashnalik, charchoq ...), hislar(sevgi, nafrat, qayg'u, quvonch ...), ta'sir qiladi(g'azab, dahshat, umidsizlik ...), ehtirosva hissiy farovonlik, kayfiyat(quvnoq, tushkun), ayniqsa kuchli hissiy taranglik. Inson tuyg'ularida narsalar tajriba va ularga nisbatan baholash munosabati ko'rinishida aks etadi. Ob'ektning aks etishi va unga munosabat bir-biriga bog'liq, ammo to'liq mos kelmaydi. Ko'zgu bir xil bo'lishi kerak va munosabat boshqacha bo'lishi kerak.Harbiy xizmatchi shaxsining psixologik portretibu o’ziga hosligi bilan ajralib turadi. Harbiylarning qobiliyatlar haqidagi ma’lum bilimlarga ega bo‘lishi nafaqat o‘zqo‘lostidagi harbiy xizmatchilardagi qobiliyatlarni baholashga, balki, ulardagiqobiliyatlarni kerakli yo‘nalishda rivojlantirishga imkon beradi. Harbiyxizmatchilardagi qobiliyatlarni shakllantirish ular xizmatining birinchi kunidan boshlab, ma’lum reja asosida olib boriladi. Bunda ta’lim jarayonida askar yo‘lqo‘yadigan xato harakatlar tahlili katta rol o‘ynaydi.

Yüklə 100,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin