III-bob. BUG’LANISH 3.1. Atmosferadagi suv bug‘ining tarkibi Yuqorida muhokama qilganimizdek, atmosfera azot va kislorod dominantlik qiluvchi murakkab gazlar aralashmasidan tashkil topgan hisoblanadi. Biroq Troposferada suv bug‘i, ayniqsa, odatiy bir necha foizli konsentratsiyasi bilan muhim tarkibiy qism hisoblanadi. Havodagi suv bug‘ining konsentratsiyasi haqida gapirganda, havo ikki hil tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi deb aytish qulay. Masalan, suv bug‘i va quruq havo. Quruq havo umumiy tushincha bo‘lib, o‘z ichiga barcha mavjud gazlarni qamrab oladi.
Bu ikki tarkibiy qismning yig‘indisi nam havo deb yuritiladi. Agar suv bug‘i, quruq havo va nam havoning zichliklari mos ravishda bir xil bo‘lsa, suv bug‘i va nam havoning nisbati turlicha ifodalanishi mumkin.
Ulardan biri aralashtirish bo‘lib, “r” nam havo namunasidagi suv bug‘i va quruq havoning massalari nisbatini ifodalaydi va zichliklar orqali quyidagicha ifodalanadi:
Har doim , vа dan anchagina kichik bo]lgani sababli aralashish nisbati va maxsus namlik odatda juda o’xshash. Aniqroq aytganda, vа ham o]lchamsiz kattaliklar hisoblanadi, lekin odatda q kg kg-1 yoki ko’pincha kg-1 birliklarda o’lchanadi. Havoning troposferadagi maxsus namligi umumiy xisobda 0-30 kg-1 oraliqda bo’ladi.
Atmosfera tarkibidagi suv bug‘ining miqdori boshqa gazlarga nisbatan juda kam. Ammo uning ahamiyati ob havoning shakllanishida juda kattadir. Chunki atmosferadagi suv bug‘laridan yomg‘irlar hosil bo‘ladi. Havodagi namlik tarkibi ham bo‘g‘lanishning muhim ahamiyati hisoblanadi. Shuning uchun gidrologlar atmosfera namligining termodinamik samaradorligini tushinish va uoarni aniqlash usullarini bilishi kerak.
Ko‘pchilik holatda amaliyotda uchraydigan suv bug‘lari aslida gaz qonuniyatlariga bo‘ysinadi. Atmosferadagi namlik asosan bug‘lanish va transpiratsiya hisobiga hosil bo‘ladi. Uning asosiy manbayi okean yuzasidan bo‘ladigan bo‘g‘lanish hisoblanadi.
Havodagi namlikning tarkibi asosan bug‘lanish va kondensatsiya sharoiti bilan bog‘liq. Shuning uchun, quyida tahminan bir xil hajmdagi suv va havoni tashkil etuvchi yopiq tizimni ko‘rib chiqamiz. Agar dastlabki holatda havo quruq bo‘lsa, bug‘lanish sodir bo‘ladi va suv bug‘larining miqdori ortadi. Havo bosimini o‘lchash natijalari shuni ko‘rsatadiki, bug‘lanish sodir bo‘lishi oqibatida bosim ortadi. Bu suv bug‘i elastikligining ortganligini ko‘rsatadi. Havoning yuqori qatlamida suv bug‘i elastikligi suv yuzasi ustidagi suv bug‘i elastikligiga teng bo‘lmagunga qadar bug‘lanish davom etadi. Agar tizim ochiq bo‘lsa, butun su bug‘lanmagangunga qadar tenglik bo‘lmaydi.
Atmosferadagi namlikning yarmiga yaqini tahminan er yuzasining birinchi mil oralig‘ida hosil bo‘ladi. Bu suv bug‘ining vertikal kutarilishi asosan konvektiv yo‘l bilan amalga oshirilishi orqali tushuntiriladi. Shuni ham alohida takidlab o‘tish kerakki, atmosfera yog‘inlari va suv bug‘lari miqdorlari orasida bog‘lanish bo‘lishi shart emas. Masalan, Janubi-G‘arbiy quruq rayonlarida suv bug‘ining miqdori ayrim xollarda, yog‘in ko‘proq yog‘adigan shimoliy rayoanlarga nisbatan yuqori
Bug‘lanish-suv balansi tenglamasining eng asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Dunyodagi eng yirik ko‘llar-Kaspiy dengizi, Orol dengizi va boshqa berk suv havzalarida ularga kelib qo‘shiladigan deyarli barcha suvlar faqat bug‘lanishga sarflanadi. Bug‘lanish suv omborlarida ham balansning katta qismini tashkil etadi. Masalan, O‘rta Osiyoning tekislik hududidagi suv omborlarida bug‘lanish qatlami 1200-1600 mm ni tashkil etadi.